Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyat


Axborot birliklari, axborotning o‘lchov va hajm tushunchalari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/10
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#146016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Karimov K

Axborot birliklari, axborotning o‘lchov va hajm tushunchalari

Har qanday mahsulotning o‘lchov birligi mavjud, masalan, litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar. Axborotning xuddi shunga o‘xshash ham o‘lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit hisoblanadi, bir bit bu bitta «1» yoki bitta «0». Bunda signalning mavjudligi «1» bilan yoki yo‘qligi «0» bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar sig‘imini o‘lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va h. k. o‘lchamlar mavjud:


1 Kb =210 = 1024 bayt,
1 Mb=220 = 1024 Kbayt, 1 Gb =230 = 1024 Mbayt, 1 Tb =240 = 1024 Gbayt.
Zamonaviy tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish ketma-ket amalga oshiriladi, ya’ni bir bayt axborot bitlar bo‘yicha uzatiladi. Tarmoq sohasida kilobayt va megabaytlar fanning boshqa sohalaridagidek o‘nli sanoq tizimiga mos keladi.
Axborotning jamiyatda va kundalik hayotimizda tutgan o‘rni. Jamiyatni axbortlashtirish mehnat, ilmiy tadqiqot, loyiha, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish, tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini axborotlashtirish kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.
Jamiyatda axborot ham, bilim manbayi ham eng asosiy muloqot vositasi bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirishda radio, televideniye, ommaviy-axborot vositalari va Internet tizimining ahamiyati juda yuqoridir. Har kim har doim biror ishni bajarish yoki biror maqsadga erishish uchun axborotdan foydalanadi. Har
bir inson ob-havo ma’lumotiga, transport vositalari qatnovi jad valiga, bank va biznes ma’lumotlariga hamda kundalik yangiliklardan habardor bo‘lishga muhtojdir. Agarda inson kundalik axborotlar va yangiliklardan xabardor bo‘lmas ekan, u jamiyatdan uzilib qolishi muqarrar.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə