Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyat


Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə9/10
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#146016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Karimov K

Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish
Axborot tizimining arxitekturasi keltirilgan va har bir funksional blokning vazifasi belgilangan, asosiy vazifalar ro‘yxati taklif etilgan va bunday tizimlarda yuz beradigan asosiy jarayonlarning qisqacha bayoni berrilgan. Axborot tizimlarini bundan keyin o‘rganish uchun ularda yuz beradigan jarayonlarni mufassal bayon etish zarur. Ushbu jarayonlar quyidagilardan iborat:

  • tashqi va ichki manbalardan axborot kiritish;

  • kiritilgan axborotga ishlov berish va uni qulay shaklda taqdim etish;

  • iste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni chiqarish;

  • teskari aloqa – bu kiritilgan axborotni tuzatish uchun ushbu tashkilot odamlari tomonidan qayta ishlangan axborot.


81- rasm. Axborot tizimidagi jarayonlar.
Boshqaruv deganda, tashkiliy, reja, hisoblash, tahlil, nazorat, rag‘batlantirish kabi funksiyalar amalga oshirilganida qo‘yilgan maqsadni ta’minlash tushuniladi.
Axborot tizimi o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi:

  • har qanday axborot tizimi tizimlarni tuzishning umumiy ta-moyillari asosida tahlil qilinishi, tuzilishi va boshqarilishi mumkin;

  • axborot tizimi dinamik va rivojlanib boradigan tizim hisoblanadi;

  • axborot tizimlarini tuzishda tizimiy yondashuvdan foydala-nish zarur;

  • axborot tizimining mahsuloti axborot bo‘lib, uning asosida qarorlar qabul qilinadi;

  • axborot tizimini axborotga ishlov berishning odam–kompyu-ter tizimi sifatida qabul qilish zarur.

Bugun axborot tizimi deyilganda, aksariyat kishilarning ko‘z o‘ngiga kompyuter keladi, vaholanki, u axborot tizimining bosh tarkibiy qismlaridan biridir. Umuman olganda, axborot tizimini kompyutersiz variantda ham tushunish mumkin.
Zamonaviy axborot tizimlari ulardan foydalanadigan axborot-kutubxonalarga ilgari o‘zlari foydalana olmagan bir qator yangi imkoniyatlar va sifatlarni berishi mumkin, xususan, axborot tizimi quyidagilarga yordam berishi mumkin:

  • matematik usullar va intellektual tizimlarni joriy etish hisobiga boshqaruv masalalarini hal qilishning yanada oqilona variantlariga ega bo‘lish;

  • avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni og‘ir mehnatdan ozod qilish;

  • axborotning ishonchliligini ta’minlash;

  • ma’lumotlarni qog‘oz o‘rniga magnit disklari yoki tasmalarida saqlash, bu axborotga kompyuterda ishlov berishni ancha oqilona tashkil etish va qog‘ozlardagi hujjat hajmini kamaytirishga olib keladi;

  • axborot-kutubxonalarda axborot oqimi strukturasi va hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish;

  • zamonaviy texnolgiyalardan foydalanishni ta’minlash.

Axborot-kutubxonalar faoliyatini kompleks avtomatlashtirish uchun korporativ axborot tizimlarini joriy etish zarur, ular bilan korporatsiyaning oliy bo‘g‘ini – menejerlari ish olib boradi. Bu tizimlar qarorlar qabul qilish uchun zarur. Bu esa, o‘z navbatida, menejerlarning quyi va o‘rta bo‘g‘ini darajasida joriy ishlab chiqarish funksiyalarini bajarish va ishlab chiqarish jarayonlarini operativ boshqarish bilan bog‘liq ish joylarini avtomatlashtirish masalasi oldindan hal qilingan bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar


I. A. Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O‘zbekison, 2011.
I. A. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisining Axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ–381- sonli Qarori. 20- iyun 2006- yil.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011–2015- yillarda axborot-kommunikatsion texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ № 1487- sonli Qarori. 2011- yil 23- fevral.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə