Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyat



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/10
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#146016
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Karimov K


AXBOROT MATNLAR BILAN ISHLASH VA MEDIA MADANIYAT

Reja:



1. Axborot tushunchasi.
2. Axborotning turlari.
3.Axborotbirlikl,ariaxborotning o‘lchov va hajm tushunchalari.
4. Fayl tushunchasi va ularning turlari.
5. Axborot resurslari va axborot tizimlari.
6. Boshqa axborot tizimlari.
7. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tarkibiy qismlari.
8. Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish.


Axborot tushunchasi

O‘zbekiston Respublikasining 2002- yil 12- dekabrdagi 439–II sonli «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan, axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar, shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.


Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta’riflar ham berish mumkin:

  1. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar.

  2. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilimlar majmuyi.

  3. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilm iy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining yer va fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hokazolar axborot bo‘lishi mumkin.

Axborotlar quyidagi xossalarga ega: 1) mazmunga; 2) ehtiyojga; 3) qiymatga;
Axborotlarni uzatish. Axborotni uzatish deganda, ehtiyojdan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish tushiniladi. Axborotlarni uzatishning turli xil usullari mavjud bo‘lib, ular kompyuter dasturlari yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog‘i orqali uzatilishi mumkin. Aloqa tarmog‘i orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə