Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyat


Axborot tizimi tushunchasi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə6/10
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#146016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Karimov K

Axborot tizimi tushunchasi. Tizim deganda, bir vaqtning o‘zida ham yagona, yaxlit deb qaraladigan har qanday obyekt, ham qo‘yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmuyi tushuniladi.

  • Ma’lumki, bugungi kunda ko‘plab turli xil tizimlar yaratilgan bo‘lib, ular o‘z tarkibi va bosh maqsadlari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlardan namunalar keltirilgan




    Tizim

    Tizim elementlari

    Tizimning bosh maqsadi

    Axborot-kutubxona

    Odamlar, jihozlar, materiallar, kitoblar, binolar va boshqalar

    Foydalanuvchilarga axborot berish

    Kompyuter

    Elektron va elektromexanik elementlar, aloqa liniyalari va boshqalar

    Ma’lumotlarga ishlov berish

    Jadvalning davomi

    Telekommunikatsiya tizimi

    Kompyuterlar, modemlar, kabellar, tarmoq dasturiy ta’minoti va boshqalar

    Axborot uzatish

    Axborot tizimi

    Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, odamlar, axborot va dasturiy ta’minot

    Professional axborot ishlab chiqarish

    «Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko‘plab ma’nolarda qo‘llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo‘llanilganda, aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar to‘plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to‘ldirilgan ko‘plab dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin.


    Har bir tizim to‘rt asosiy qismdan iborat: 1) kiritish; 2) ishlov berish; 3) chiqarish; 4) teskari aloqa.
    Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo‘ladigan axborotni to‘plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi.
    Axborot tizimi qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida axborotni to‘plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o‘zaro bog‘liq majmuyi hisoblanadi.
    Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Axborot-kutubxonalarda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi bo‘lgan va usiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin bo‘lmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining o‘zi hech qan day ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi.
    Kompyuterlar va axborot tizimlari o‘rtasida farq mavjudligi ravshan. Kompyuterlar ixtisoslashgan dasturiy vositalar bilan jihoz langan bo‘lib, ular axborot tizimlari uchun texnikaviy baza va vosita hisoblanadi. Kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan ish olib boradigan xodimlar har qanday axborot tizimining majburiy tarkibi hisoblanadi.
    Axborot tizimlarining qo‘llanish sohalari turli-tuman. Shuningdek, har bir tizimga xos bo‘lgan xususiyatlar va o‘ziga xosliklar ham turli-tumandir. Muayyan axborot tizimining xususiyatlari majmuyini belgilovchi ko‘plab omillar orasida uchta asosiy omilni ajratib ko‘rsatish mumkin, bular: tizimning texnik darajasi; ishlov berilayotgan axborot xarakteri; axborotni ishlatish maqsadlari, ya’ni ushbu tizimning hal qilishda yordam berishi mo‘ljallangan vazifalari doirasi. Sanab o‘tilgan omillar ham tizimning o‘zida, ham foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan axborot shaklining, axborotga ishlov berish jarayonlari xarakterining va tizimning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasining, tizimning algoritmik va dasturiy ta’minoting tarkibini belgilab beradi.
    Axborot-kutubxonalarda texnika darajasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi tizimlarga bo‘linadi: 1) dastaki; 2) mexanizatsiyalashgan; 3) avtomatlashtirilgan; 4) avtomatlashgan.
    Tizimni sanab o‘tish tartibi ular yaratilishining tarixiy ketma-ketligini aks ettiradi.
    Dastaki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari qo‘lda bajariladi. Qo‘lda ishlov beriladigan tizimlarning axborot massivlari hajmi uncha katta bo‘lmaydi, ma’lumotlar turli tipdagi eltuvchilarda saqlanadi. Bunday tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. Aslini olganda, dastaki axborot tizimlari tizim emas, balki ma’lum belgilar majmuyi bo‘yicha zarur axborotni qidirishni yengillashtiruvchi qurilmalar hisoblanadi. Bu qurilmalar arzon, ular bilan ishlash oddiy, ularni ishlatish uchun oliy malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar talab etilmaydi. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborotga ishlov berish va qidirish uchun turli mexanizatsiyalashgan vositalardan foydalaniladi, ular orasida hisoblash-perforatsiya mashinalari eng keng tarqalgandir. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborot eltuvchilari bo‘lib, perfokartalar hisoblanadi.
    Bunday mexanizatsiyalashgan tizimlarning texnik vositalari tarkibiga perforatsiya mashinalari to‘plami kiradi, ularning har biri muayyan bir vazifani bajaradi. Perforator yordamida axborot dastlabki hujjatlardan perfokartalarga o‘tkaziladi. Saralovchi umumiy belgilarga ega bo‘lgan perfokartalarni alohida guruhlar bo‘yicha joylashtiradi.
    Avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlaridan axborotni saqlash, unga ishlov berish va qidirish uchun hamda kompyuterlarda axborotni to‘plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek, axborotni iste’molchiga chiqarib berish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish uchun ham foydalaniladi. Bu tizimlar keng funksional imkoniyatlarga ega va axborotning juda katta hajmlarini saqlash hamda ishlov berishga qodir. Bu yerda axborot eltuvchilar kompyuterlarning xotira qurilmalaridir.
    Eng keng tarqalgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) ishida axborotga ishlov berish texnologik jarayonining turli bosqichlarida (axborotni to‘plash va uni kompyuterga kiritishga tayyorlash, qidirish jarayonida) odam ishtirok etadi. Inson AATning tashqi muhitdagi «sherigi» hisoblanadi va chiqadigan axborot tizimi aynan unga mo‘ljallangandir.
    AATda barcha jarayonlar odam ishtirokisiz o‘tadi. Odatda, avtomatlashgan tizimlardan ancha yirik tizimlar tarkibida, masalan, obyektlar va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlarida foydalaniladi.
    Avtomatlashgan tizimlarning «sheriklari» robotlar, dastur vositalar va boshqalar hisoblanadi. Bunday tizimlarga kiritiladigan axborot signallar yoki biror-bir fizik kattaliklar shaklida taqdim etiladi, chiqadigan axborotdan esa boshqarish va sozlash uchun foydalaniladi.
    Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘plab axborot-ma’lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foyda lanuvchilarning axborot so‘rovlarini qondirish uchun yo‘naltirilgan. Bunday tizimlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda so‘rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimni doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan istalgan maqsadlarda foydalanadi.
    Masalan, Turin universiteti axborot-resurs markazida kutubxona zaliga disepley ekran qo‘yilgan bo‘lib, qidirilayotgan axborotlar ekranga qo‘l barmoqlari tekizish orqali qidirib topiladi. Axborot qayerda joylashganligi va ulardan foydalanish yo‘llari ketma-ketlikda beriladi.
    Axborot-ma’lumot tizimi so‘rovga muvofiq ravishda uning axborot fondida saqlanayotgan ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirish ishlarini amalga oshiradi. Qidirish bunday tizimlarda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ular axborot qidiruv tizimlari (AQT) hamdir.



    Yüklə 0,99 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə