Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyat


Fay tushunchasi va ularning turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə4/10
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#146016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Karimov K

Fay tushunchasi va ularning turlari


Fayl yagona, yaxlit deb qaraladigan ma’lumotlar yoki dastur kodlari majmuyidir. Fayl o‘z nomiga ega bo‘lgan va tizimda saqlanadigan ma’lumotlarning asosiy elementi bo‘lgan obyektdir. Foydalanuvchi faylni yaratishi, nusxalashi, jo‘natishi va yo‘q qilishi mumkin. Har bir fayl atributlar va undagi axborotdan iborat bo‘ladi. Faylning atributlariga, birinchi navbatda, uning nomi, axborot turi, yaratilish sanasi va vaqti, undan faydalanish usuli hamda undan foydalanishga ruxsat berish shartlari kiradi. Fayllarning quyidagi turlari mavjud:

  • matn ma’lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar;

  • grafik ma’lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar;

  • musiqa ma’lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar;– video ma’lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar.

Fayllar ustida bajariladigan amallar. Yuqorida aytilganidek, fayllar o‘z nomiga ega bo‘lgan hamda o‘zida axborotlarni jamlagan obyektdir. Shunday ekan, demak, undan foydalanish jarayonida ular ustida bir qancha amallarni bajarish mumkin.
Bular:

  • fayllarni yaratish;

  • fayllarni nusxalash;

  • fayllarni o‘zgartirish;

  • fayllarni uzatish;

  • Fayllarni konvertatsiya qilish. Odatda, fayllar o‘zida saqlagan ma’lumotlarning turlariga qarab har xil ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Ko‘pincha ushbu fayllardagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularni bir turdan boshqasiga o‘girishga to‘g‘ri keladi. Ushbu o‘girish jarayoni konvertatsiya deb nomlanadi. Konvertatsiya jarayonlari, ya’ni ma’lumotlarni bir turdan boshqasiga yoki bir formatdan boshqasiga o‘girish maxsus dasturiy vositalar yordamida amalga oshiriladi.

  • Katalog deb, fayl nomi, uning hajmi, oxirgi marta yozilish sanasi va vaqti, atributlari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi diskdagi maxsus joyga aytiladi. Katalog ham faylga o‘xshab nomlanadi, ammo kengaytma ishlatilmaydi. Har bir diskda bir nechta katalog bo‘lishi mumkin. Kompyuterda ishlash jarayonida «joriy katalog», «o‘zak katalog» degan tushuncha tez-tez ishlatiladi.

  • Joriy katalog shu daqiqida ishlab turgan katalogdir. Joriy katalog 1- bosqich, 2- bosqich va h. k. larning bittasi bo‘lishi mumkin.




Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə