Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyat



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə2/10
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#146016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Karimov K

Axborotning turlari


Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video. Ma’lumki, axborotlarni insonlar bir-biriga uzatish jarayonida matn ko‘rinishdagi, jadval ko‘rinishdagi, tovush ko‘rinishdagi va tasvir ko‘rinishdagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Matn. Matn bu ma’lumotlarni ifodalash shakli bo‘lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon yoki skaner yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Matnlar tarmoq orqali ma’lumotlar bo‘laklari ko‘rinishida uzatiladi.
Tasvir. Tasvir – bu biror voqea, hodisa yoki jarayonlarni o‘zida ifodalagan rasm bo‘laklari va ranglardan iborat ma’lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi, statistik ma’lumotlar diagrammasi va shunga o‘xshash ma’lumotlar tasvir hisoblanadi. Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni to‘rt guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  1. kulrang va rangli tasvirlar;

  2. ikki xil va bir necha «rangli» tasvirlar;

  3. uzluksiz egri va to‘g‘ri chiziqlar;

  4. nuqtalar yoki ko‘pburchaklardan iborat tasvirlar.

Bu turkumlash tasvirni ko‘rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog‘liq.
Animatsiya. Animatsiya ma’lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda ma’lum vaqt oralig‘ida ma’lum sondagi bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi. Natijada multiplikatsiyaga o‘xshash harakatlanuvchi (animatsion) tasvir hosil bo‘ladi. Filmlar va video ma’lumotlarning asosini animatsiyalar tashkil etadi, chunki filmlar namoyishida bir soniyada 25–30 ta tasvir tezkor almashtiriladi. Shunday qilib, videofilm tarkibidagi tasvirlarni hisoblab chiqish mumkin, ya’ni bir soatlik film 3600 soniyani, undagi tasvirlar esa 90 mingtani tashkil etadi.
Animatsiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:




Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə