Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
islom huquqi

Savol va topshiriqlar 
1. Musulmon huquqining yuridik fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligini 
tushuntiring. 
2. Ichki ishlar idoralari xodimlarining musulmon huquqi sohasidagi 
bilimlarining amaliy ahamiyati qanday? 
3. Markaziy Osiyolik alloma ajdodlarimizning musulmon huquqiy 
tizimini shakllantirishdagi hissalari haqida nimalarni bilasiz? 
4. Musulmon huquqi O‘zbekiston Respublikasi huquqiy merosining 
ajralmas bo‘lagi ekanligini tushuntiring. 


17
2-BOB. ISLOMNING KELIB CHIQISHI VA MARKAZIY 
OSIYODA MUSULMON HUQUQI
2.1. Islom va musulmon jamoasining vujudga kelishi 
Musulmon huquqi islom dinining ajralmas qismidir. Ushbu din 
tamoyillariga asoslangan musulmon huquqi Arab xalifaligida VII–XIII 
asrlarda vujudga keldi. 
Islom diniga e’tiqod qiluvchilar uning yo‘l-yo‘riqlariga amal qila-
dilar, musulmon huquqiga bo‘ysunadilar. Islom tarixida islom huquqiga 
ko‘ra, faqat musulmonlar to‘laqonli fuqarolik huquqi maqomidan 
foydalanganlar. Nasroniylik yoki o‘zga dinlarga e’tiqod qiluvchilar uchun 
musulmon huquqining normalari ular jinoyat sodir etgan yoki 
musulmonlar bilan oldi-sotdi bitimlari tuzilgan holatlardagina qo‘llangan. 
Islom ta’limotiga ko‘ra, Alloh taolo Muhammad ibn Abdullohni 
o‘zining elchisi, ya’ni payg‘ambari deb tanlagan va Jabroil farishta orqali 
Qur’onni nozil qilgan. Qur’on va unga asoslangan musulmon 
qonunchiligi dunyodagi turli xalqlarni jo‘g‘rofiy va etnografik jihatdan 
ikki guruhga: musulmonlar va nomusulmonlarga ajratadi. Musulmon 
huquqi normalari musulmon jamoasining ham diniy, ham huquqiy jihat-
dan mazmunan farqli, lekin o‘zaro mushtarak bo‘lgan ijtimoiy, hujjatli 
oilaviy va shaxsiy tomonlarini mutanosiblashtirgan. 
V–VII asrlarda Arabiston aholisining asosiy tarixiy harakatdagilari 
g‘arbiy, markaziy va sharqiy viloyatlarda yashovchi arablar edi. Janubiy 
Arabiston aholisi dehqonchilik va hunarmandchilikda yuksak rivojla-
nishga erishib, o‘ziga xos madaniyatini bunyod etgan bo‘lsa-da, mazkur 
davrda inqiroz va tanazzulga yuz tutgan edi. 
Arablar jo‘g‘rofiy mavqei va turmush tarzlariga ko‘ra ko‘chmanchi 
(badaviy)lar va o‘troq aholidan iborat. Ular o‘rtasidagi siyosiy muno-
sabatlar rivojlangan, hokimiyat uchun o‘zaro kurash vaqti-vaqti bilan 
qonli to‘qnashuvlargacha borib yetar edi. Bu jo‘g‘rofiy va etnografik 
mansublik, bog‘liqlikni istisno etar, bu kurashlar tufayli nafaqat katta 
qabilalar, balki ayrim yirik guruhlar ham har xil mintaqalarga bo‘linib 
ketgan edi. O‘sha davrlarda qabilaviy qonunlar bilan birga, ibtidoiy 
qabilaviy dinlar ham katta mavqega ega edi. Badaviylar asosan ko‘p 
xudolik edilar. Ularning uncha ko‘p bo‘lmagan qismi nasroniy yoki 
yahudiy dinida bo‘lganlar. Har qabilaning tepasida rahbari sifatida saylab 
qo‘yilgan dohiy – sayid turar, u aksariyat boy urug‘ning vakili bo‘lardi. 
Arablarda yozuv uncha keng tarqalmaganligi tufayli huquqiy 
normalarni kelgusi avlodga yetkazishning birdan-bir shakli sifatida 


18
rivoyatdan foydalanilar edi. Shimoliy va Markaziy Arabistonda yashovchi 
arablarning urf-odatlari asosan ko‘chmanchi qabilalar, ularning ittifoqlari 
va ayrim qabilalarda saqlanib kelayotgan an’analar hisoblangan. Bu 
davrda arablarda chorvachilik va dehqonchilik yaxshi rivojlangani tufayli 
qabila tuzumi yemirildi. Ko‘chmanchi arablardagi urfga ko‘ra, mol 
boqiladigan o‘tloqlar va suv chashmalari jamoaning mulki sanalardi. 
O‘troq arablarda VII asrda haydaladigan yerlar va suv manbalariga 
nisbatan xususiy mulk paydo bo‘ldi. Ko‘chmanchi va o‘troq yashaydigan 
arablarning xususiy mulkiga qullar ham kirardi. Urf-odatga ko‘ra, ular 
harbiy o‘ljani egallash, xiroj olish, merosga ega bo‘lish, shartnomalar 
tuzish orqali mulkiy huquqqa ega bo‘lar edilar. Arablarning urf-odatlarini 
majburiyatli munosabatlar muvofiqlashtirar edi. Shartnoma turlaridan 
homiylik to‘g‘risidagi shartnoma ahamiyatga ega bo‘lib, u ayrim shaxslar, 
qabilalar va ittifoqlar o‘rtasida tuzilar edi. Makka va Madinaning 
dehqonchilik va savdo bilan shug‘ullanuvchi aholisi o‘rtasida ayirbosh-
lash, oldi-sotdi, qarz berish, chorakorlik kabi shartnomalar keng qo‘lla-
nilgan. Shartnomalar og‘zaki, tantanali qasam shakllarida tuzilar, bu esa 
bitimning buzilmasligiga kafolat bo‘lar, uni buzgan odam esa jazoga 
mahkum etilardi. Arablarda nikoh islomgacha bo‘lgan davrlarda 
monogamiya tamoyiliga asoslangan
1
. Johiliyat davrida nikohning bir 
nechta turlari mavjud bo‘lib, ular aslida inson tabiatiga zidligi tufayli 
keyinchalik islom ularning barchasini bekor etib, faqat doimiy nikohni 
joriy qildi. 
Arab oilasi patriarxal asosda qurilar, bu oilada otaning ustunligini 
belgilar edi. Ajralishlar cheksiz bo‘lib, erkakning tashabbusi bilan amalga 
oshirilgan. Ajralgan qalliq sepi va xotinlik huquqlaridan mahrum etilgan. 
Qadimiy arab odatiga ko‘ra, merosxo‘r nayza ishlatishga, o‘z mulkini 
qo‘lga kiritish va himoya qilishga qodir bo‘lishi shart edi. Islomgacha 
arablarning huquqiy amaliyotida shartnoma va qasamga ko‘ra, 
merosxo‘rlik qilish ham urf edi. VI asr oxirlariga kelib, merosxo‘rlar 
safiga qizlar va ayollar ham qo‘shildi. 
Islomgacha yashagan arablarda eng yomon huquqbuzarlik – jamoa 
an’analarini buzish hisoblangan, buni sodir etgan aybdor urug‘ va 
qabiladan haydalgan. Shaxsga qarshi jinoyatlar ham juda ko‘p sodir 
etilgan. Jinoyat uchun jazo talion tamoyiliga asoslanib, ya’ni «tanga jon, 
qonga qon» shaklida amalga oshirilgan. Eng og‘ir jinoyat odam o‘ldirish 
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:
ɀʆɡɠɨɧɢɣ Ⱥ
.
ɒ
.
ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɲɭɧɨɫɥɢɝɢ
. – 
Ɍ
.,2002. – 
Ȼ
. 16.; 
Ȼɚɪɬɨɥɶɞ ȼ
.
ȼ
.
ɋɨɱ
.
Ɍ
. VI. – 
Ɇ
., 1996. – 
ɋ
. 234. 


19
hisoblangan. Arablarning urflariga ko‘ra, o‘ldirilgan odam uchun uning 
qarindoshlari besh avlod davomida qotilning qarindoshlaridan o‘ch 
olishlari mumkin bo‘lgan. Bunda qotilni o‘ldirish diya
1
 bilan ham 
almashtirilishi mumkin edi.  
Arabistonda islomgacha bo‘lgan davrda spirtli ichimliklar iste’moli 
huquqbuzarlik sanalmagan. Arablar odatda qabila sudidan foydalan-
ganlar, ular sudda o‘zlarining shaxsiy sifatlariga ko‘ra saylanar edilar. 
Sudlov og‘zaki va jamoa oldida oshkora amalga oshirilgan. 
VI asrda Arabiston mustaqil davlatlar majmuidan iborat edi. Deh-
qonchilik rivojlangan vohalarda feodalizm tuzumi hukm surar edi. 
Ibtidoiy jamoa tuzumi munosabatlari chorvachilikka asoslangan hudud-
larda hukmronlik qilardi. Islomning kelib chiqishi Makka shahrida 
dunyoga kelgan Muhammad ibn Abdulloh (570–632-yillar)ning muborak 
nomi va faoliyati bilan bog‘liq. Islom dinining bashoratchisi – 
payg‘ambari, asoschisi Muhammad (s.a.v.) o‘z davrida qabila boshlig‘i – 
sayid, shuningdek harbiy yurishlar boshlig‘i, bosh qozi va da’vatchi edi. 
U barcha arab qabilalarini faqat bir dinga birlashtirib qolmay, balki ayni 
zamonda davlatga ham asos soldi. 
Arabistonda islomgacha bo‘lgan urug‘-qabila ittifoqidan farqli 
o‘laroq, Muhammad (s.a.v.) barpo etgan musulmon jamoasi diniy 
umumiylik asosiga qurilgan edi. Biroq bu jamoada urug‘ tuzumi 
davridagi normalar birdaniga tugatilgan edi. Muhammad (s.a.v.) umrining 
so‘nggi yilida Arabistonning katta qismini o‘z hokimiyati bo‘ysundirdi. 
Uning ilk izdoshlari – Abu Bakr (632–634-yillar), Umar (634–644-yillar), 
Usmon (644–656-yillar) va Ali (656–662-yillar)ni musulmon olami 
to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar deb tan oldilar. Ular mamlakatni boshqargan 
yillar payg‘ambar davri, shuningdek islomning ilk davri ilohiy hokimiyat 
(teokratiya) – xalifalikda komil boshqaruv organi sifatida qabul qilingan. 
Ilohiy va dunyoviy hokimiyat, huquq va din yagona tushunchalar 
hisoblanib, diniy jamoa boshlig‘i ayni paytda davlatning ham boshlig‘i 
hisoblangan. Xalifalar «islomni yoyish» shiori ostida juda katta davlat 
barpo etdilar. G‘olibona yurishlar tufayli Vizantiyaning anchagina qismi, 
Sosoniylar davlati, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Shimoliy Afrika va Bruney 
yarim orolidagi qator davlatlar musulmonlarning tasarrufiga o‘tdi. VII 
asrning o‘rtalariga kelib Eron, Iroq, Suriya, Falastin, Misr, Liviya, 
Mag‘rib mamlakatlari (Jazoir, Tunis, Marokash), Ispaniya, Kavka-
zortining bir qismi, O‘rta Osiyodagi viloyatlar (jumladan Samarqand, 
                                               
1
Ⱦɢɹ
 – 
ʆɥɞɢɪɢɥɝɚɧ ɨɞɚɦ ԕɨɧɢɧɢɧɝ ɛɚԟɨɫɢ
,
ɦɨɞɞɢɣ ɠɚɪɢɦɚ ɭɧɞɢɪɢɥɢɲɢ
.


20
Xorazm, Farg‘ona), Afg‘onistonning katta qismi, Shimoli-g‘arbiy 
Hindistonning ayrim tumanlari, Sitsiliya va Malta hududlari ham xalifalik 
tarkibiga kiritildi. Ushbu istilolar arab jamiyatida iqtisodiy va ijtimoiy 
taraqqiyot jarayonini tezlashtirdi. Arab jamiyatida Yevropa mamla-
katlarida qaror topgan tabaqali tuzum shaklidagi boshqaruvi urf bo‘lmadi. 
Hukmron doiralarning vakillari – feodallar foydalanadigan huquq va 
imtiyozlar musulmon huquqida mavjud emas edi. Eng nufuzli urug‘larda 
oqsoqollar mazkur urug‘ a’zolarini kuzatar, o‘z urug‘ining obro‘si 
to‘g‘risida qayg‘urar, ular ro‘yxatini tuzib berardi. Bir so‘z bilan aytgan-
da, musulmon huquqi o‘rta asrning boshqa davlatlaridagi dvoryanlik yoki 
ruhoniylik kabi tabaqalanishdan boxabar bo‘lib, arab jamiyatining boshqa 
bir xususiyati – musulmon va nomusulmonlarning huquqlaridagi 
tafovutdir.  
Yahudiy hamda nasroniy diniga sig‘inuvchilar 
zimmiylar 
deb atalardi. 
Ular muxtoriyatdan foydalanib, o‘z fuqarolik huquqiy urf-odatlari va 
oqsoqollari tomonidan boshqarilar edi. Lekin sodir etgan jinoyatlari 
uchun, shuningdek musulmonlar bilan tuziladigan bitimlarda musulmon 
huquqi bo‘yicha javobgar bo‘lar edilar. Zimmiylarga musulmonlar bilan 
nikohda bo‘lish va musulmon qullarga egalik qilish taqiqlangan edi. Ular 
musulmonlardan farqlanish uchun maxsus kiyim-kechak kiyar edilar. 
Ularga otda yurish man etilgan bo‘lib, faqat xachir yoki eshakda 
yurishlari mumkin edi. Bulardan boshqa cheklashlar ham mavjud edi. 
Arab davlatida saqlanib qolgan qulchilik tuzumi feodal munosabatlarning 
rivojini ancha keyinga surdi. Qullar qonunga ko‘ra huquq subyektlari 
emas edilar, lekin amalda bundan chekinish holatlari ham uchrardi, 
masalan, o‘z hukmdorlarining ruxsatiga ko‘ra savdo va hunarmandlik 
bilan shug‘ullanuvchi qullar erkin fuqarolar bilan bitimlar tuzilishlari 
mumkin edi. Qullikdan ozod qilish, xususan qul musulmonlarni qullikdan 
ozod etish uchun musulmon huquqining asosiy manbalarida dunyo va 
oxirat savoblari va’da qilingan. Xalifalik ilohiy davlatdan iborat bo‘lib, 
uni xalifa, ya’ni payg‘ambarning izdoshi, Allohning yerdagi vakili, noibi 
boshqarardi. Xalifa qo‘l ostida ruhoniy va dunyoviy hokimiyatni saqlab 
turar edi. Xalifalik hokimiyatining manbalari, asoslari:   1)  xalifaning 
xalq tomonidan saylanishi; 2) amaldagi xalifaning vasiyati orqali 
saylanish (keyinchalik ummaviy sulolalar tajribasida ko‘rilgan) edi. 
Vaqtlar o‘tishi bilan ikkinchi asos odat tusini oldi. Xalifa o‘zining 
vorisi sifatida mazkur lavozim uchun zaruriy talablarga ko‘ra: oila 
a’zolarining birini, hech bo‘lmaganda Muhammad (s.a.v.) mansub 
bo‘lgan urug‘, ya’ni qurayshlardan bo‘lgan, balog‘at yoshiga yetib, 


21
jismoniy kamchiligi bo‘lmagan, ilmli va erkin mulkka ega shaxsni 
tanlashi lozim edi. Bundan tashqari, bo‘lg‘usi xalifa ma’lum axloqiy 
fazilatlar ega va jasur shaxs bo‘lishi zarur edi. Xalifa hayotlik chog‘ida 
o‘zidan keyingi xalifani tayinlash to‘g‘risidagi vasiyatining qonuniy 
bo‘lishi uchun uni guvohlar oldida tuzishi shart edi. Xalifaning vazifalari: 
davlatni musulmon huquqi bo‘yicha boshqarish; islom ta’limotining 
sofligini himoya qilish; odil sudlovni amalga oshirish; harbiy ishlarga 
rahbarlik qilish; ichki xavfsizlikni ta’minlash; mansabdor shaxslarni 
tayinlash; soliqlarni yig‘ishdan iborat edi. Musulmon huquqshunos-
larining ta’limotiga ko‘ra, xalifaning hokimiyati uning vafoti yoki 
hokimiyatdan voz kechishi, majburiyatlarini bajarishga jismoniy yoxud 
axloqiy jihatdan qodirsiz bo‘lib qolishi bilan to‘xtatilar edi.  
Musulmon huquqi VII asrda shakllandi. U islom tamoyillariga 
tayanib, asta-sekin Qur’on va sunnaning mohiyatini aks ettirgan, 
mustahkamlangan diniy huquqiy tizimga aylana bordi. Muhammad 
(s.a.v.)ning vafotidan so‘ng, solih xalifalar ayni vaqtda diniy va dunyoviy 
(qonun chiqaruvchi, sudlov va ijro qiluvchi) hokimiyatga egalik qildilar. 
Arab xalifaligi tarixida ilk xalifalar davri oliy hokimiyat – sof ilohiy 
xususiyatga ega edi. Xalifalar bu davrlarda faqat ruhiy-ma’naviy 
yo‘lboshchilargina bo‘lib qolmay, ayni paytda harbiy sarkardalar (amir al-
mo‘’minin) ham edilar. O‘zga hududlarni zabt etish, uncha katta 
bo‘lmagan musulmon jamoasining qudratli saltanatga aylanishi tufayli 
Arab xalifaligi paydo bo‘ldi. Zabt etilgan hududlarda ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solish, shuningdek xalifalik hududida bir xil 
normalarni o‘rnatish uchun musulmon huquqining asosiy manbasi 
bo‘lgan Qur’onga murojaat qilindi.  
Qur’on 
– Alloh tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga yuborilgan. Unda: 
«Ey mo‘minlar, adolat bilan turuvchi hamda o‘zlaringning yoki ota-ona 
va qarindosh-urug‘larning zarariga bo‘lsa-da, Alloh uchun to‘g‘ri 
guvohlik beruvchi bo‘linglar. Bas, adolat qilmasdan nafsi havoga berilib 
ketmanglar. Agar tillaringni burib (noto‘g‘ri guvohlik bersanglar) yoki 
(guvohlik berishdan) bosh tortsanglar, albatta, Alloh qilayotgan 
ishlaringizdan xabardor bo‘ladigan zotdir»,
 – deyilgan («Niso» surasi, 
135-oyat). Qur’on nasihatlar, targ‘ibotlar va rivoyatlardan iborat kitob 
bo‘lib, 114 sura, 6666 oyatdan iborat. Unda diniy, ya’ni ibodat qoidalari 
bilan birga, fuqarolik va jinoyatga oid 500 ta huquqiy norma ham 
oyatlarda ifodalangan. Sunna Muhammad (s.a.v.)ning hikmatlari va 
ma’qullagan harakatlari, ta’limi to‘plamidir. O‘lkalarda Qur’oni karim, 
sunna va ularning sharhlari, qisman fath etilgan xalqlarning islomga mos 


22
keluvchi urflari asosida musulmon huquqi bunyod etildi. Musulmon 
huquqi diniy va huquqiy qoidalar majmui bo‘lib, musulmonlar ularga 
rioya etishlari lozim edi.  
Qur’on ayollar uchun monogamiya (bir er bilan yashash)ni belgilab, 
arablarning ko‘pxotinlik an’analarini mustahkamladi, dindorlarga bir 
vaqtda to‘rtta ayolga uylanish va hisobsiz cho‘rilar saqlash huquqini 
berdi. Nikohga kirishda Qur’oni karim er kishiga o‘z ayoliga nikohi 
uchun mahr
1
 to‘lashni buyurdi.  
Musulmon meros huquqining asosi Qur’oni karim hisoblanib, «Niso» 
surasining 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17-hamda so‘nggi ikki oyatida meros 
huquqi yoritilgan. Ushbu oyatlar va sunnaga suyanib, musulmon 
huquqshunoslari faroiz – «meros ilmi»ni ishlab chiqqanlar. Unda birinchi 
navbatda, meros oluvchilar tabaqasiga kimlar kirishi, ularning ulushlari, 
ayol kishining yolg‘iz holda hamda farzandi bo‘lgani holda qancha ulush 
olishi, marhumning merosi ochilishi bilan uning ota-onalari ulushi 
miqdori aniq ishlab chiqilgan.    
Qur’onni tadqiq etish jarayonida jinoyat va jazo to‘g‘risidagi huquqiy 
normalar Muhammad (s.a.v.) va xalifalar davrlarida ham batafsil 
ishlanmaganligi namoyon bo‘ldi. Qur’onda jinoyat hisoblanadigan xatti-
harakat va qilmishlar tizimsiz holda bayon etilgan. Ularni to‘rt guruhga 
ajratish mumkin, ya’ni: 1) dinga qarshi; 2) hokimiyatga qarshi; 3) mulkka 
qarshi; 4) shaxsga qarshi sodir etilgan jinoyatlar.  
Ilk musulmon davlatida sudlov va surishtiruv ishlari arablarning urf-
odatlari, so‘ng esa Qur’on, sunna normalari asosida amalga oshirilar edi. 
Jazo tayinlash huquqi xalifaga, joylarda esa uning noiblariga tegishli 
bo‘lgan. Jazo tayinlash diniy asosda amalga oshirilgan. Islomning 
dastlabki o‘n yilliklardagi harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar Muhammad 
(s.a.v.) va «taqvodor» xalifalarning o‘zga din vakillariga nisbatan diniy 
murosada bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Musulmon huquqining evolut-
siyasiga nafaqat islomgacha yashagan arablarning urf-odatlari, balki 
Arabiston yarim orolida keng tarqalgan turli diniy aqidalarning ham 
ta’siri bor.  
VIII asrda, ya’ni arablarning O‘rta Osiyoni istilosi vaqtida mazkur 
hududda islom dini va u bilan birga musulmon huquqi tizimini singdirish 
avj oldi. Arabistonda paydo bo‘lgan musulmon huquqi hozirgi 
                                               
1
ɆɚΣɪ
 – 
ɮɚԕɚɬ ɚɺɥɧɢɧɝ ɯɭɫɭɫɢɣ ɦɭɥɤɢ ɛʆɥɢɲɢ ɲɚɪɬɢ ɛɢɥɚɧ ɛɟɪɢɥɚɞɢɝɚɧ
ɦɨɞɞɢɣ ɬʆɥɨɜ
.
ɍɧɢɧɝ ɚɧɢԕ ԕɢɣɦɚɬɢ ԟɚԕɢɞɚ ɫɭɧɧɢɣ ɜɚ ɲɢɚ ɨԕɢɦɥɚɪɢ ʆɪɬɚɫɢɞɚ
ɛɢɪɨɡ ɬɚɮɨɜɭɬ ɛɨɪ
.


23
O‘zbekiston hududida ham katta mavqega ega bo‘lib, o‘n ikki asrdan 
ko‘proq vaqt mobaynida amal qildi. Musulmon huquqining asosiy 
qoidalari va me’yorlaridan asrlar mobaynida hech bir o‘zgarishsiz 
foydalanildi. Zero, musulmon huquqi islom dini bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lgani bois, islomning qabul qilinishi bilan musulmon huquqining ham 
joriy etilishi muqarrar edi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə