Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


Buyuk faqih Burhoniddin Marg‘inoniy va uning «Hidoya» asari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
islom huquqi

Buyuk faqih Burhoniddin Marg‘inoniy va uning «Hidoya» asari.
Musulmon huquqshunosligining ulkan namoyandasi, shayx ul-islom 
Burhoniddin Marg‘inoniyning nomi islom olamida Imom Buxoriy, Imom 
Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamahshariy, Najmiddin Kubro, 
Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror singari ulug‘ siymolarning nomlari 
bilan yonma-yon turadi.
Prezident Islom Karimov: «Nafaqat musulmon olami, balki butun 
dunyo e’tirof etgan, Alloh taolo bergan aql-zakovati bilan musulmon 
huquqshunosligi ilmida o‘ziga xos maktab yaratgan, bebaho merosi bilan 
mana shu Farg‘ona diyorini jahonga tarannum etgan ul zotning 
tariximizdagi o‘rni va obro‘si beqiyosdir»
2
, – deya uning faoliyatiga 
yuksak baho bergan edi. 
Hayotini dinu diyonat pokligi, iymon-e’tiqod ustuvorligi, ilm va 
adolat tantanasi uchun sarflagan bu mo‘tabar alloma Sharq olamida 
«Burhonuddin va milla», ya’ni «Din va millatning hujjati», degan yuksak 
e’tirofga sazovor bo‘lgan. Oddiy xalq orasida esa «Hidoyat yo‘lining 
sarboni», deya katta hurmat-e’tibor topgan. Marg‘inoniyning o‘lmas 
merosi, xususan, «Hidoya» («To‘g‘ri yo‘l») deb atalgan asari, sakkiz 
asrdan buyon musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal 
huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinmoqda. Bu mumtoz asarning 
                                               
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ
.
Ⱥ
.
Ȼɢɡ ɤɟɥɚɠɚɝɢɦɢɡɧɢ ʆɡ ԕʆɥɢɦɢɡ ɛɢɥɚɧ ԕɭɪɚɦɢɡ
.
Ɍ
. 7. – 
Ɍ
.,
1999. – 
Ȼ
. 179–185.
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ
.
Ⱥ
.
Ȼɭɪԟɨɧɢɞɞɢɧ Ɇɚɪԑɢɧɨɧɢɣ ɬɚɜɚɥɥɭɞɢɧɢɧɝ
 910 
ɣɢɥɥɢɝɢɝɚ
ɛɚԑɢɲɥɚɧɝɚɧ ɬɚɧɬɚɧɚɥɢ ɦɚɪɨɫɢɦɞɚ ɫʆɡɥɚɧɝɚɧ ɧɭɬԕ
 // 
ȼɚɬɚɧ ɪɚɜɧɚԕɢ ɭɱɭɧ ԟɚɪ
ɛɢɪɢɦɢɡ ɦɚɫɴɭɥɦɢɡ
.
Ɍ
. 9. – 
Ɍ
., 2001. – 
Ȼ
. 114. 


34
Yevropa tillariga ham tarjima qilingani, butun dunyoda katta qiziqish 
bilan o‘rganilayotgani, turli tillarda unga ko‘plab sharh va izohlar 
bitilgani Marg‘inoniy merosining umumbashariy ahamiyatidan dalolat 
beradi. Burhoniddin Marg‘inoniyning bizga qoldirgan ulkan merosi, 
erishgan shon-shuhratining zamiri avvalo uning ibratli hayoti, pok 
e’tiqodi, olijanob insoniy fazilatlaridir.  
Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya» (to‘liq nomi «Al-Hidoya fi 
sharh al-Bidoya» – «Bidoya (kitobi)ning sharhi bo‘yicha qo‘llanma») 
asari sunniylikning hanafiylik mazhabida keng tarqalgan musulmon 
huquqidan qo‘llanma (kodeks)dir. Uni Burhoniddin Marg‘inoniy 13 yil 
davomida yozgan. Alloma uni yaratishda Qur’oni karim oyatlari, 
dastlabki to‘rt xalifa, sahobalar va tobeinlarning rivoyatlari, hadislar, 
sunniylik oqimidagi to‘rt mazhab asoschilarining asarlariga tayangan. 
Marg‘inoniy bu asarda o‘z davrida mo‘min-musulmonlar uchun dolzarb 
bo‘lgan hayotiy masalalar, chunonchi oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, 
mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatiga 
taalluqli juda ko‘p murakkab muammolarni musulmon huquqi nuqtai 
nazaridan hal etib bergan. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki 
butun islom olamida ko‘plab tillarga tarjima qilinib, ma’lum va mashhur 
bo‘lib ketgan.  
«Hidoya» to‘rt jild, 57 kitob, 165 bob, 152 fasldan iborat. Birinchi 
jild 5 ta kitobdan iborat bo‘lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro‘za, 
zakot va haj)ga bag‘ishlangan. Ikkinchi jildda nikoh, emizish, taloq, qulni 
ozod qilish, topib olingan bolalarning nasabini aniqlash, bedarak 
yo‘qolganlar, sherikchilik, vaqf huquqi kabi masalalar yoritilgan. 
Uchinchi jildda oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning 
vazifalari, guvohlik, vakolat, da’vo, sulh, qarz berish, sovg‘a, ijara, 
voliylik (patronat), homiylik kabi masalalar, to‘rtinchi jildda shafoat, 
merosni taqsimlash, vasiyat, dehqonchilik va bog‘dorchilik, shartnoma, 
qurbonlik qilish, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar, xun haqi to‘lash 
kabi masalalar bayon etilgan. 
«Hidoya» hanafiylik fiqhining to‘rt asrlik rivojiga yakun yasadi. U 
XIV asrda hanafiylik mazhabida mumtoz asar sifatida tan olindi. Kitob 
yaratilgandan boshlab faqihlar, tarixchilar, davlat namoyandalari diqqat-
e’tiborini tortib kelgan. «Hidoya» bir necha asrlar mobaynida ko‘pgina 
musulmon mamlakatlarida huquqshunoslikdan eng asosiy qo‘llanma 
hisoblangan. O‘zbekistonda u XX asrning 30-yillarigacha – musulmon 
huquqi qozilari «bekor qilinib», sho‘rolarning sud tizimi joriy qilingunga 
qadar amalda bo‘lib keldi. Uni o‘rganish musulmon mamlakatlari oliy 


35
o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga kiritilgan. Kitob, ta’kidlagani-
mizdek, jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. «Hidoya»ni o‘zbek 
tilida mukammal tarjima qilishga kirishilgan. Chunonchi, 2000-yilda 
Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi nishonlanishi arafasida 
birinchi jildning arab tilidan qilingan bevosita tarjimasi bosmadan 
chiqdi1. Marg‘inoniylar sulolasi nomi bilan bog‘liq musulmon 
fiqhshunoslik maktabi nafaqat Turkiston hududida, balki butun o‘rta asr 
arab-musulmon dunyosi huquqshunoslik ilmida asrlar davomida ustuvor 
bo‘lib qolishida Burhoniddin Marg‘inoniy hal qiluvchi rol o‘ynagan. 
«Hidoya» o‘rta asrlar va hozirgi kunda ham musulmon huquqining 
qomusi, qonunlar chiqarish ibtidosi, umuman har qanday huquqiy ma’ri-
fat, ta’lim va tahsilning birlamchi ibtidosidir, u musulmon huquqidagi 
hanafiylik huquqiy maktabiga ergashuvchilargina emas, balki musulmon 
huquqidagi barcha mazhablar uchun ham andozadir.  
Burhoniddin Marg‘inoniy – imom, qonunshunos, hadisshunos, 
Qur’onni yoddan bilgan va tafsir qilgan, huquqiy bilimlarni to‘plab, ularni 
yaxlit bir fan holatiga keltirgan tadqiqotchidir. Marg‘inoniy yana bir 
qancha asarlar yozgan, ular «Nashr al-mazhab» («Mazhabning 
tarqalishi»), «Kitob at-tajnis val-maziyd» («Fuqarolik huquqini taqdim 
etish»), «Kitob ul-faroiz» («Majburiyatlar haqida kitob»), «Maziyd fi furu 
ul-hanafiy» («Hanafiylik mazhabiga qo‘shimchalar») kabilar. U asarlarida 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va 
xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy 
asoslari, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari 
tarkibi, tartibi va jinoyat ishini ko‘rish masalalarini batafsil yoritib berdi. 
Bu asarlarda adolatli bo‘lish, o‘z davrining huquqiy mezonlari asosida 
yashash, o‘zganing mol-mulkiga ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar 
qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati 
ochib berilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning o‘zi hayoti davomida 
shunday insoniy fazilatlar mujassam bo‘lgan inson sifatida yashagan. 
Ilmu urfonga fidoyiligi, kamtarligi, o‘z asarlarida biror marta ham «men» 
degan so‘zni ifodalamay, «bu zaif banda aytadi», deya xokisorlik bilan 
izoh berishida ham uning olijanob insonligi ko‘rinib turadi. 
Burhoniddin Marg‘inoniy 1197-yilning 29-oktabrida vafot etgan. U 
Samarqand shahridagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Burhoniddin 
Marg‘inoniy buyuk olim sifatida tarixda chuqur iz qoldirdi. Uch o‘g‘li – 
Jaloliddin Muhammad, Nizomiddin Umar, Imomiddin Abu Bakrdan 
so‘ng uzoq muddatlarda navbatma-navbat Samarqand shayx ul-islomi 
bo‘lib turdilar. Nevarasi Abdurahim ibn Bakr al-Marg‘inoniyning (1253-


36
y.dan so‘ng v.e.) fiqhiy asari – «Al-Fusul al-Imodiya» islom dunyosida 
keng shuhrat topdi. Evarasi Abdulavval ibn al-Marg‘inoniy (1411-y.dan 
so‘ng v.e.) Turkiyada mashhur olim va ustoz sifatida tanilgan. Amir 
Temur va Temuriylar davri (1405–1500)da Marg‘inoniy avlodlari 
Movarounnahrda uzoq yillar shayx ul-islom lavozimini egallab turdilar. 
Marg‘inoniyning ilmiy merosi hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay 
kelmoqda. Jahondagi ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida musulmon 
huquqshunosligi uning fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi.  
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Burhoniddin Marg‘inoniyning 
ilmiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, asarlarini chop etish 
ishlariga e’tibor kuchaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimovning tashabbusi bilan Marg‘inoniy vafotining 800 yilligi (1997-
y.), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana bo‘yicha) (2000-y.) keng 
nishonlandi. Marg‘ilon shahrining markazida unga yodgorlik majmui 
bunyod etilib, shu yerda unga ramziy maqbara qurildi. Prezident Islom 
Karimov buyuk faqih tavalludining 910 yilligiga bag‘ishlangan tantanada 
so‘zlagan nutqida quyidagilarni faxr bilan ta’kidladi: «Agar biz 
allomaning zamondoshlaridan biri aytgan «Ey aql egasi, «Hidoya»ni 
o‘qib, mag‘zini chaqqin, chunki u seni hidoyat yo‘liga boshlab, eng oliy 
maqsadlarga yetkazgay», degan so‘zlarini eslasak, o‘ylaymanki, u zoti 
sharifning avlodlar oldidagi tarixiy xizmatlarini yana bir bor yaqqol 
tasavvur qilgan bo‘lamiz. Shubha yo‘qki, «Kuch – adolatdadir» degan 
g‘oyani o‘z hayotining mazmuni deb bilgan Amir Temur bobomizdek 
ulug‘ ajdodlarimizning kamol topishida ham «Hidoya» singari qomusiy 
asarlarning ta’siri va ahamiyati beqiyos bo‘lgan»
1
.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə