Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 Musulmon huquqining tizimi va metodlari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
islom huquqi

1.2. Musulmon huquqining tizimi va metodlari 
Fiqh 
– qonunshunoslik fani ikki qismdan iborat:  
1. Ilm ul-fiqh 
– huquqning manbalari to‘g‘risida bo‘lib, Qur’on, 
sunna, ijmo va qiyosni huquqning manbalari sifatida tan oladi va 
o‘rganadi.  
2. Ilm ul-fil-furu-al-fiqh 
– huquqning tarmoqlari to‘g‘risida bahs 
yuritadi, u musulmon huquqi normalarini kodekslashtirishga oid qonun-
chilikka bag‘ishlanadi. 
Musulmon faqihlari davlatni ilohiy hokimiyat (teokratiya) deya 
baholab, uning haqiqiy egasi – oliy zot, ya’ni Alloh, mamlakat qonunlari 
esa uning bevosita amrlaridan iborat, deb ta’lim beradilar. Binobarin, 
huquq va ilohiy ta’limot bir yaxlit tushuncha – ash-sharia – ilohiy 
qonunga jam bo‘lib, uning quyidagi: 
Ilm ul-fiqh 
– qonunshunoslik; 
Ilm ul-
tafsir 
– Qur’onni sharhlash; 
Ilm ul-hadis 
– hadislar; 
Ilm ul-kalom 

e’tiqod; 
Ilm ul-faroiz 
– meros; 
Ilm ul-usul-fiqh 
– huquqning manbalari 
to‘g‘risidagi fanlardan iborat qismlari mavjud. Islom dinining yuqorida 
keltirilgan sohalari majmuini musulmon huquqi dinimizning manbalari va 
dunyoviy qonunchilik normalari sifatida o‘ziga qamrab olgan. 
Musulmon huquqida mujtahid (huquqshunos)ning mavqei ingliz 
sudidagi advokat (himoyachi)ning maqomiga tengdir. Islom hozirgi 
zamonda rivojlanayotgan va keng tarqalgan din bo‘lib, qator 


14
mamlakatlarda davlat dini sifatida qabul qilingan, bu maqom 
konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlangan. Aksariyat musulmon 
mamlakatlarida ushbu huquq o‘z o‘rnini yangi qonunchilikka bo‘shatib 
berib, huquqiy tizimning asosini tashkil etmasa-da, haligacha oila-nikoh, 
meros va huquqning boshqa tarmoqlaridagi muammolarni hal etishda 
uning ta’siri kuchli, ahamiyati kattadir. Ba’zi davlatlarda (Saudiya 
Arabistoni, Eron, Pokiston) musulmon huquqi ijtimoiy munosabatlarni 
muvofiqlashtiruvchi faol omil sifatida qo‘llanib kelmoqda.  
Musulmon huquqi normalari – ahkomlarining afzalligi dunyoning 
barcha musulmonlari uchun majburiyligidadir. O‘zbekistonda birinchi 
bo‘lib musulmon huquqining manbalari to‘g‘risidagi masalani professor 
A. X. Saidov o‘rgandi. Uning ta’kidlashicha, musulmon huquqi tarixga 
«islom huquqi» istilohi bilan kirdi, u «islomga talpinadigan jamoalarning 
qonun ijodkori tomonidan barpo etilgan yo‘lidir», shuningdek u diniy 
hamda fuqarolik qonunlaridan iborat. Islom rivojlanishining dastlabki 
vaqtlarida musulmon huquqiga doir qonunlar faqat diniy tavsifga ega edi. 
Vaqt o‘tishi bilan, ya’ni birinchi musulmon jamoalari Madinaga ko‘chgan 
paytdan boshlab, islomning ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida 
Muhammad (s.a.v.) oilaviy va ijtimoiy turmush, shartnomalar va ixtiyoriy 
majburiyatlari, jumladan merosga oid qator yangi normalarni e’lon qildi. 
Mazkur normalar sunnani, ya’ni musulmon huquqi asosiy manbalaridan 
birining asosini tashkil etadi. 
Musulmon huquqini o‘rganish umumjahon huquqiy madaniyatining 
bir qismi sifatida islom siyosiy-huquqiy tafakkurining insoniyat 
ma’naviyatiga qo‘shgan hissasini o‘rganishdan iborat. Shu bois 
musulmon huquqini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish juda 
muhimdir: 
birinchidan
, musulmon huquqi nazariyasi va tarixi – 
musulmon huquqi islom siyosiy-huquqiy g‘oyalari tarixi. Bunda alohida 
e’tibor: 
1) O‘zbekistonda fiqhning shakllanishi, unda islomgacha mavjud 
bo‘lgan huquqiy an’analar va boshqa ijtimoiy normalarning aks etishi; 
2) islom ma’naviy merosining muhim qismi hisoblangan musulmon 
huquqi (musulmon huquqi, fiqh, usul al-fiqh)ning nazariy asoslari; 
3) musulmon huquqida diniy-axloqiy va huquqiy aqidalarning o‘zaro 
aloqadorligi; 
4)  
musulmon huquqiy doktrinasi (ta’limoti)ning jahon huquqiy 
tafakkurining bir qismi sifatidagi evolutsiyasiga qaratiladi. 
Ikkinchidan,
musulmon huquqi – islom turmush tarzining muhim 
unsuri. Mazkur o‘rinda quyidagilar: 


15
1) musulmonlarning ijtimoiy-huquqiy madaniyati va turmush tarzida 
musulmon huquqining o‘rni; 
2)  islom tizimida diniy-huquqiy va axloqiy unsurlarning o‘zaro 
munosabati
3)  musulmon huquqi hamda mahalliy urf-odat va an’analarning 
o‘zaro munosabati; 
4)  fiqh maktab (mazhab)lari va ularning mintaqaviy (joylashish) 
turli-tumanligi; 
5)  musulmon huquqi yaxlitligi va ayni davrda ko‘p xilligi. 
Uchinchidan,
 musulmon huquqining Sharq huquqiy tizimlaridagi 
tarixiy va zamonaviy o‘rni. Ushbu yo‘nalishda quyidagi asoslarni 
o‘rganish muhim milliy va amaliy ahamiyatga ega: 
1)  
o‘rta asrlar Sharq huquqiy tizimlarida musulmon huquqi 
(noislomiy tuzilmalar – «davlat» huquqi, urf-odatlar, Yevropa huquqi, 
noislomiy dinlar huquqi bilan o‘zaro munosabati); 
2)  
hozirgi zamon Sharqining huquqiy rivojlanishida musulmon 
huquqining o‘rni; 
3)  musulmon huquqining Yevropa huquqiy tizimlariga va Yevropa 
huquqiy madaniyatining musulmon huquqi tarkibiga ta’siri; 
4)  
musulmon huquqining zamonaviy huquqiy tizimlarning turli 
tarmoqlari orasidagi o‘rni. 
To‘rtinchidan,
 musulmon huquqi – hozirgi eng yirik huquqiy 
tizimlardan biri. Bunda: 
1)  musulmon huquqining boshqa huquqiy tizimlar (madaniyatlar) 
bilan o‘zaro munosabati va aloqasi; 
2)  musulmon huquqi va umuminsoniy huquqiy qadriyatlar; 
3)  
musulmon huquqining umuminsoniy huquqiy madaniyatga 
qo‘shgan ulushi; 
4)  hozirgi zamon musulmon huquqining Yevropa huquqiy mada-
niyati ta’sirida shakllanishi. 
Beshinchidan,
 musulmon huquqi va shaxsning huquqiy maqomi. 
Mazkur yo‘nalishda: 
1) musulmon huquqida shaxs maqomining diniy va huquqiy jihatlari; 
2) musulmonlarning shaxsiy maqomi haqidagi islom ta’limotlari; 
3) erkin e’tiqod tamoyili va musulmonlar maqomining huquqiy 
jihatlari; 
4) musulmonlarning nomusulmon mamlakatlardagi maqomi va uning 
huquqiy mustahkamlanganligi (Sharq va G‘arb davlatlari misolida);  


16
5) islom tamoyilining davlat bilan aloqadorligi va uni nomusulmon 
mamlakatlarda huquqiy mezonlashtirish
6) musulmon mamlakatlarida nomusulmonlarning maqomi (davlat 
fuqarolari va xorijiy davlat fuqarolari) o‘rganiladi. 
Oltinchidan,
 O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-huquqiy va 
ma’naviy madaniyatida musulmon huquqi. Ushbu yo‘nalishda asosiy 
mavzular sifatida quyidagilar o‘rganiladi: 
1)  O‘zbekistonda musulmon huquqining tarixi va musulmon huquqiy 
tafakkuri; 
2)  musulmon xulq-atvorlarini mezonlashtirish mexanizmida musul-
mon huquqi va urf-odatning o‘zaro munosabati; 
3)  
Markaziy Osiyo mamlakatlarining amaldagi qonunchiligi va 
musulmon huquqini qiyosiy o‘rganish. 
Yettinchidan,
 musulmon huquqining tarmog‘iga oid muammolar, 
hozirgi kunda musulmon huquqining tarkibi, shakli va mazmunida sodir 
bo‘layotgan evolyutsion o‘zgarishlardan iborat. Bunda musulmon 
huquqining ayrim tarmoqlari va tuzilmalari mumtoz nazariya va hozirgi 
zamon amaliyotiga solishtirgan holda tahlil etiladi. Buning uchun eng 
avvalo musulmon huquqiy mafkurasi va amaldagi huquqiy normalarning 
tizimi sifatida musulmon huquqining manbalarini o‘rganish taqozo 
etiladi. Unga Qur’oni karim, hadislar to‘plamlari va ulardan keyin 
yozilgan mumtoz asarlar, jumladan «Hidoya» taalluqlidir. O‘rta asrlarda 
musulmon mamlakatlarida amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlari, 
shuningdek, hozirgi zamon islom qonunchiligi va ushbu huquq ta’siridagi 
konstitutsiyaviy, oila va meros huquqlarini o‘rganish ham muhim 
ahamiyatga ega. Huquqshunoslar, tarixchilar, sharqshunoslar va fayla-
suflarning musulmon huquqi va umuman islomga doir asarlari, 
shuningdek islomshunoslik masalalariga bag‘ishlangan huquqiy ada-
biyotlarni ham o‘rganish muhim ahamiyatga molikdir. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə