Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


Musulmon huquqi predmetini o‘rganishning ahamiyati



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
islom huquqi

Musulmon huquqi predmetini o‘rganishning ahamiyati.
Mamla-
katimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirishning chora-tadbirlari ishlab 
chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgan sharoitda qonunlarni musulmon 
huquqiga asoslanib ilmiy tahlil qilish g‘oyat muhim. Chunki musulmon 
huquqida qonunlarga bo‘ysunish, ularni hurmat qilish, qonunbuzarlarni 
adolatli jazolash, aybsizlarga nisbatan to sudning qarori chiqquncha 
to‘g‘ri muomalada bo‘lish bilan bog‘liq muhim masalalar o‘z ifodasini 
topgan bo‘lib, ularni asrlar davomida musulmonlarning ongiga singdi-
rishga harakat qilib kelingan. Qonunlarga itoat qilish ajdodlarimizga xos 
e’tiqod bo‘lgan. Qonunlarni yaxshi bilish, ularga o‘z haq-huquqlarining 
kafolati va himoyachisi, nizolarni hal qilishning vositasi sifatida murojaat 
qilish xalqimizning azaliy odatidir.  


11
Shunday qilib, musulmon huquqi insonning barcha zaruriy huquq va 
erkinliklariga asoslanadi. Musulmonlar o‘rtasidagi munosabatlarda 
musulmon huquqini qo‘llash ham xuddi shunga asoslanadi. Mazkur 
huquq asoslanadigan ayrim diniy prinsiplar esa tomonlardan biri boshqa 
dinning vakili bo‘lgan holatlarda qo‘llanmaydi. Islomda teokratik 
jamiyatning ta’limoti hukmron bo‘lib, unga ko‘ra davlatga din yo‘l-
yo‘riqlarini bajaruvchi xizmatkor maqomi berilgan. Islom dini va 
ma’rifatiga asoslangan musulmon huquqi mazkur din va ma’rifiylikdan 
ozroq bo‘lsa-da, tasavvurga ega kishilarga tushunarli bo‘lishi mumkin. 
Musulmon huquqi musulmon xalqlarning ijtimoiy hayotini shakllan-
tirishning eng harakatchan omilidir. U hayotdagi turli siyosiy qiyin-
chiliklarga qaramay, islomning yagona va qat’iy tarkibini saqlab qolgan 
va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta’sir eta oladi. 
Musulmon huquqi tarkibi, toifalari va tushunchalariga ko‘ra jahon 
huquqiy tizimlariga qaraganda o‘ziga xos mohiyatga ega. Musulmon 
huquqi G‘arbdagi ko‘pgina mamlakatlarning davlat qurilishi va huquqiga 
katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning bugungi mutanosiblashtiruvchi mavqei 
o‘zining tarixiy shakllanishi va rivojlanishi bilan uzviydir. Musulmon 
huquqi ilk amal qilish davridan boshlab musulmonlarning yakka va jamoa 
bo‘lib yashashlarini tartibga solish vazifasini bajargan. Jamiyat 
hayotining muhim sohalari mutanosiblashtiriladigan sharoitlarda yangi 
qabul qilingan qonunlar tufayli an’anaviy musulmon huquqi birmuncha 
cheklandi. Biroq, ta’kidlash kerakki, yangi qabul qilinadigan qonunlar 
aksariyat hollarda ilgarigi tartib-qoidalarni qabul qiladi, shu bois 
hayotning muayyan sohalari (oila, meros, huquq va h.k.) ba’zi 
mamlakatlarda an’anaviy musulmon huquqi ta’sirida rivojlanib, tartibga 
solinib kelmoqda. Hatto, ayrim mamlakatlar (Eron, Liviya, Pokiston)ning 
huquqiy tizimlarida musulmon huquqining mavqei ancha yuksalib, 
siyosiy va mafkuraviy hayotdagi o‘rni kuchayib bormoqda. 
Turkiston 1917-yilgi Oktabr to‘ntarishigacha bir necha yuz yillar 
mobaynida islom va musulmon huquqi keng tarqalgan va rivojlangan 
mintaqa edi. 1928-yilda Xalq komissarlari kengashining buyrug‘iga 
asosan shariat sudlari bekor qilindi. Unga qadar fuqarolik ishlari ushbu 
sudlarda ko‘rib chiqilar edi. Respublikamiz aholisining hayot tarziga 
singgan islom dinining tartiblarini o‘rganish hozirda ham dolzarbdir. 
Demak, bunday sharoitda musulmon huquqini huquqiy fanlar sirasida 
o‘rganish markaziy o‘rinni egallamoqda. Ushbu o‘quv fanining bahs 
mavzui haqida so‘z yuritganda, musulmon huquqining boshqa huquq 
fanlaridan tafovutlanadigan ayrim prinsiplariga to‘xtalib o‘tish zarur. Eng 


12
avvalo, ta’kidlash kerakki, qaysi davlatda yashashlari, qaysi millatga 
mansubligidan qat’i nazar, barcha musulmonlar umumiy qonunchilik 
majmuiga, ya’ni musulmon huquqi qoidalariga tayanib, o‘z hayot 
tarzlarini tuzadilar. Ba’zan ayrim qoidalarda tafovut bo‘lgan taqdirda 
ham, lekin musulmon huquqining bosh qoidalari ular uchun umumiy 
hisoblanadi. Musulmon huquqshunosligi nuqtai nazaridan ular xudoga 
ma’qul bo‘lgan huquqiy arkonlardir. Aniqrog‘i, musulmonlar o‘z hayotiy 
aqidalarida fransuzlar yoki inglizlarga o‘xshab turli kodekslarga emas, 
balki yagona ma’naviy-huquqiy qonunga rioya etib yashaydilar. 
Ta’kidlaganimizdek, musulmon huquqi huquqning boshqa tizim-
laridan mohiyatiga ko‘ra tamoman farq qiladi. Musulmon huquqining 
tamoyillarini Yevropa qonunchiligining tushunchalari va tamoyillari 
asosida muhokama qilib bo‘lmaydi. Musulmon huquqi bilan tanishish 
uchun islomning diniy aqidalari to‘g‘risida qisqa bo‘lsa ham, lekin aniq 
ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Musulmon fuqarolik qonunlari diniy 
prinsiplarga bo‘ysunadi. Musulmon huquqida G‘arbiy Yevropa kodeks-
larida mavjud bo‘lmagan (masalan, vaqf va zakot to‘g‘risidagi) qoidalar 
uchraydi. Shunday qilib, musulmon huquqi asoslarini o‘rganishga 
kirishgan har qanday shaxs eng avvalo hozirgi zamon Yevropa fanining 
«huquq» to‘g‘risidagi tushuncha va tamoyillari musulmon qonunchiligi 
tizimiga muvofiq kelmasligini yodda tutishi zarur. 
Musulmon huquqi shaxslar va ashyolarga aloqador munosabatlar
jinoyat va jazo, hokimiyat va unga bo‘ysunish shakllari, davlatni 
boshqarish kabi ko‘plab qoidalar to‘g‘risida bahs yuritsa-da, lekin undagi 
tushunchalar ilohiy asosga bog‘lanadi, unda inson aqli, tarixiy mavjudlik 
ikkinchi darajali hodisa sifatida talqin etiladi. Diniy prinsiplarga 
asoslangan musulmon fiqhi real dunyoda ma’naviy poklanish va u 
dunyoda rohat-farog‘atda bo‘lish yo‘llari bayon etilgan ilohiy qonunlar 
tizimidir. U musulmonlarning diniy, oilaviy, ijtimoiy va davlatga oid 
munosabatlarini muvofiqlashtiradi. Aytish kerakki, musulmon huquqi – 
turli sohalardagi inson huquqlariga taalluqli yo‘l-yo‘riq va qoidalarning 
to‘plami emas, balki din, oila, fuqarolik, jinoyat va jazoga oid huquq 
tarmoqlarining umumiy «qomusi»dir. Musulmon huquqi – qat’iy man-
tiqqa asoslangani, musulmon faqihlari to‘plagan behisob materiallarda 
diniy, oilaviy, fuqarolik va jinoyat huquqlarining muhim qoidalari ixcham 
tarzda ifoda topgani bilan boshqalardan keskin ajralib turuvchi g‘oyat 
o‘ziga xos hodisadir.  
Musulmon huquqi tizimiga xoslik shundaki, unda sof diniy qonunlar 
musulmonlarning asosiy majburiyatlari: namoz, ro‘za, zakot, haj bilan 


13
bog‘liq usullar yordamida yoritiladi. Bundan so‘ng esa nikoh va oilaviy 
munosabatlar, qasam, savdo, vafotdan so‘ng mulk taqsimoti, hadya qilish, 
yollash, qarzlar, kafolatga olish, vaqf, mast qiluvchi ichimliklar, ovchilik, 
hayvonlar, sudlov, guvohlar, tinch kelishuv bitimi, jazolar, o‘g‘rilik, 
muqaddas urush (jihod), vasiyat to‘g‘risidagi qoidalarning bayoni o‘rin 
olgan. 
Mazkur munosabatlarda sotib olish, pul qo‘yish, qarz berish, ijara 
to‘lovi, vakolat berish, kafolatlash, kelishuv bitimlari ustuvor maqomga 
ega. Xususan, meros huquqiga alohida e’tibor berilgan. Meros huquqi
Muhammad (s.a.v.) payg‘ambardan bizgacha yetib kelgan tartibga ko‘ra, 
ushbu huquqning yarmini tashkil etadi, u alohida tadqiqot obyekti 
hisoblanib, «ilm-ul-faroiz» deb yuritiladi. 
Musulmon huquqi sunniylik mazhabi qonunchiligida maxsus fan – 
fiqh, ya’ni qonunshunoslik deb nomlanadi. Lekin ushbu fanning mohiyati 
faqat qonunshunoslikdan iborat bo‘lmay, ayni paytda u insonning islom 
diniga mansubligi borasidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi ta’limot hamdir. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə