Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
islom huquqi

BIRINCHI  BO‘LIM 
1-BOB. «MUSULMON HUQUQI» TUSHUNCHASI, PREDMETI VA 
METODLARI 
1.1. Musulmon huquqining predmeti, maqsadi, ahamiyati va 
boshqa fanlar bilan bog‘liqligi 
O‘zbekistonda adolatli demokratik huquqiy davlat qurilishi jamiya-
timizda amalga oshirilayotgan islohotlarni boshqarishning aniq mexa-
nizmini ishlab chiqishni talab etadi. Bu vazifani ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solishning tarixiy-huquqiy asoslarini hisobga olmasdan amalga 
oshirib bo‘lmaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
Islom Karimov: «Men milliy mafkura xususida bosh qotirayotgan 
olimlarimiz, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlariga yer yuzida inso-
niyat va davlatchilik paydo bo‘lganidan buyon shakllangan jamiyatning 
rivojlanish qonuniyatlarini teran o‘rganish, kishilik tarixining yuksalish 
va tanazzul davrlarini, taraqqiyotini ana shu inqirozlardan omon saqlab 
qoluvchi ijtimoiy-ma’naviy omillarni har tomonlama tadqiq etgan holda 
biror xulosaga kelishni tavsiya etgan bo‘lur edim»
1
,

 deb ta’kidlagan. 
Jahon dinlari, milliy dinlardan farqli o‘laroq, davlatlararo, millat-
lararo xususiyatga ega bo‘lgan va keng miqyosda tarqalganligi bilan 
ajralib turuvchi dinlardir
2
. Dahriylarning yaqin kelajakda dinlarning 
yo‘qolib ketishi haqidagi bashorati to‘g‘ri chiqmadi. Aksincha, XX 
asrning oxiri XXI asrning boshida dinga qiziqish ortib, uning odamlar, 
jamiyatlar va davlatlar hayotiga, siyosatiga, xalqaro va millatlararo 
munosabatlarga ta’siri kuchaydi. Hozirgi xalqaro munosabatlarda, 
shuningdek jahon siyosatida har xil diniy birlashma va tashkilotlarning 
bevosita ishtirok etishi, ya’ni din omili yanada bo‘rtib ko‘rinmoqda. Bu 
diniy birlashma va tashkilotlar asosan jahon dinlari, ya’ni buddizm, 
yahudiylik, xristianlik va islomga tegishlidir.  
Islom (arabcha – o‘zini Alloh irodasiga topshirish) ijtimoiy-
mafkuraviy hodisa sifatida nafaqat Arabiston yarim oroli rivojlanishining 
                                               
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ
.
Ⱥ
.
ɀɚɦɢɹɬɢɦɢɡ ɦɚɮɤɭɪɚɫɢ ɯɚɥԕɧɢ
 – 
ɯɚɥԕ
,
ɦɢɥɥɚɬɧɢ
 – 
ɦɢɥɥɚɬ ԕɢɥɢɲɝɚ ɯɢɡɦɚɬ ԕɢɥɫɢɧ
 // 
Ȼɢɡ ɤɟɥɚɠɚɝɢɦɢɡɧɢ ʆɡ ԕʆɥɢɦɢɡ ɛɢɥɚɧ
ԕɭɪɚɦɢɡ
.
Ɍ
.7. – 
Ɍ
.,1996. – 
Ȼ
. 84–102.
2
Ԕɚɪɚɧɝ
:
ɋɚɢɞɨɜ Ⱥ
.
ɏ
.
Ɉɫɧɨɜɵ ɦɭɫɭɥɶɦɚɧɫɤɨɝɨ ɩɪɚɜɚ
. – 
Ɍ
., 1994. 


7
tarixiy yakuni, balki qadimiyatdan o‘rta asrlarga o‘tish davrida butun 
Yaqin Sharqqa xos bo‘lgan umumiy jarayonlarning natijalaridan biridir.  
Islomning vujudga kelishi undan oldin mavjud bo‘lgan dinlar 

buddizm, yahudiylik, xristianlik va zardushtiylikning ta’siri hamda 
rivojlanishi, shuningdek, sinkretik monoteizmning o‘ziga xos shakllariga 
ega bo‘lgan Arabiston aholisi diniy ongining tadrijiy rivojlanishi bilan 
ham bog‘liqdir. V–VI asrlarga kelib Arabiston yarim orolining shimoliy 
va janubiy hududlaridagi qadimgi davlatlar parchalanib ketdi. 
Arabistonning shimol, sharq va janubidagi ayrim hududlar asta-sekin 
qo‘shni davlatlar 

Eron, Vizantiya, Aksum podsholigining hukmi ostiga 
o‘ta boshladi. Qadimgi jamiyatning negiziga putur yetgani mavjud 
ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashtirib, shakllangan ijtimoiy aloqalarning 
yo‘qolishiga olib keldi, jamiyatning turli qatlamlari – ko‘chmanchi 
qabilalar va o‘troq aholi o‘rtasidagi nizolarni kuchaytirdi. Bularning 
hammasi islomga qadar arab xalqi hayotida behalovatlikning kuchayishi, 
fatalizmning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ayni shu holat ko‘pgina eski 
xudolardan hafsalasi pir bo‘lgan arablarni ma’naviy izlanishlarga ham 
rag‘batlantirdi. Yangi Arabiston dunyosi aynan shu davrda vujudga kela 
boshladi. Ko‘chmanchilar va o‘troq aholidan iborat, taxt deyarli doim 
ko‘chmanchilar qo‘lida bo‘lgan yangi davlatlar, chunonchi Lahmiylar, 
Hassaniylar, Kindiylar podsholigi, qisman Ximyar tashkil topdi. 
Ko‘chmanchi qabilalar va shahar aholisining yangi ittifoqlari vujudga 
keldi. Yangi savdo-siyosiy markazlar (masalan, Makka) tashkil topdi. 
Arabiston xalqlarining etnik va madaniy birlashish jarayoni boshlandi. 
Yuqorida nomlari keltirilgan hududlarda yagona arab tili, ijodiyoti, 
umumiy o‘zlikni anglash kayfiyati keng tarqaldi. Urug‘doshlik tuzumidan 
ilk sinfiy jamiyatga o‘tish jarayoni kuchaydi. Siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy o‘zgarishlarni g‘oyaviy asoslashga, rivojlantirishga bo‘lgan 
ehtiyoj, intilish Arabistonning deyarli barcha hududlarida bir-biriga 
o‘xshash hodisalar 
– qabilalar 
va shaharlarni birlashtirishga, tashqi 
dushmanlarga qarshilik ko‘rsatishga yo‘naltirilgan siyosiy harakatlarni 
vujudga keltirdi. Bunday harakatlarga iloh bilan bevosita aloqadorlikni 
da’vo qilgan va o‘z faoliyatini «ilohiy ilhom» deya asoslagan shaxslar 
rahbarlik qildilar. Ilohni ular yagona va tengi yo‘q deb tavsiflab, ar-
Rahmon yoki Alloh deb atardilar.  
Islom dini va Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarlik faoliyati umumiy 
jarayonlarning muayyan va qonuniy yakuni bo‘ldi. G‘oyaviy va siyosiy 
jihatdan Muhammad (s.a.v.) juda kuchli, har tomonlama barkamol shaxs 
bo‘lgan. VII asrda Hijoz (G‘arbiy Arabiston)da paydo bo‘lib, yahudiylar 


8
va xristianlar ta’limotiga yaqin bu mafkuraviy harakat o‘ziga xos shakl-
shamoyil, ma’naviy va siyosiy qudrat kasb etdi, islom dinining vujudga 
kelishini muhim tarixiy hodisaga aylantirdi. Arabistonda tashqi 
dushmanlarga qarshi kurash uning asta-sekin siyosiy birlashuviga sabab 
bo‘ldi. Arab xalqlarining siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatdan 
o‘zaro birlashish jarayonining yakun topishida islom dini muhim omil 
bo‘ldi. Bu jarayon Muhammad (s.a.v.) va uning sahobalari 
(hammaslaklari)ni tashqi dunyo – Vizantiya va Eron bilan to‘qnashtirdi, 
yangi dinni yanada rivojlantirish uchun ularga qarshi kurashga hamda 
yangi tuzilma (umma – islom jamoasi)ni tashkil etishga rag‘batlantirdi.  
Hozirgi vaqtda islom dini izdoshlari soniga ko‘ra jahonda 
(xristianlikdan keyingi) ikkinchi o‘rinda turadigan din hisoblanadi. Yer 
yuzida qariyb 1,5 milliarddan ortiq kishi islomga e’tiqod qiladi (ularning 
90 % ga yaqini – sunniylar). Musulmonlarning uchdan ikki qismidan 
ko‘prog‘i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholisining 20 % idan ortiqrog‘ini 
tashkil etadi. Musulmonlarning qariyb 30 % i Afrikada yashaydi (qit’a 
aholisining 49 %). 120 dan ortiq mamlakatning 50 tasida musulmonlar 
aholining ko‘pchiligini tashkil etadi. Shimoliy Afrika, G‘arbiy Osiyoning 
deyarli barcha mamlakatlari (Kipr, Livan, Isroil bundan mustasno), 
Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afg‘oniston, Pokiston, Bangladesh, 
Indoneziya kabi mamlakatlar aholisining 90 % idan ortiqrog‘i 
musulmonlardir. Afrikaning bir qancha mamlakatlarida (masalan, 
Gvineya, Mali, Chad, Sudanda) musulmonlar aholining yarmini yoki 80 
% ini tashkil qiladi. Malayziya va Nigeriya aholisining qariyb yarmidan 
ko‘prog‘i musulmonlar, ba’zi (masalan, Gvineya-Bisau, Kamerun, 
Burkina-Faso, Syerra-Leone kabi) mamlakatlarda musulmonlar ozchilikni 
tashkil qilsa ham, ta’sir doirasi kuchli. Musulmonlarining soni jihatdan 
eng yirik davlatlar Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladeshdir. 
Musulmonlarning ko‘pchiligi Xitoy, Tailand, Eritreya, Efiopiya, 
Tanzaniya, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya, Gersegovina, 
Albaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va b.), Shimoliy va 
Janubiy Amerika mamlakatlari (AQSH, Kanada, Argentina, Braziliya, 
Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida 
yashaydi.  
Afrika va Osiyodagi 28 ta davlat (Misr, Quvayt, Saudiya Arabistoni, 
Eron, Pokiston va b.)da islom davlat dini (yoki rasmiy din) sifatida tan 
olingan. Ayrim mamlakatlarda «islom» so‘zi davlatning rasmiy nomi 
tarkibiga kiritilgan: Eron Islom Respublikasi, Pokiston Islom 
Respublikasi, Mavritaniya Islom Respublikasi va boshqalar. Ko‘pgina 


9
mamlakatlarda musulmon partiyalari, diniy-siyosiy tashkilotlar faoliyat 
ko‘rsatmoqda, ko‘p sonli diniy bilim yurtlari – qorilik maktablari, 
madrasalar, musulmon universitetlari, islom jamiyatlari, missionerlik 
tashkilotlari, tijorat korxonalari, islom banklari, sug‘urta kompaniyalari  
ishlab turibdi. Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazining ba’zi davlatlarida 
islom sud ish yurituv tizimi amal qiladi. O‘tgan asrning 70-yillari oxiri va 
80-yillarining boshida xalqaro munosabatlarda hukumat yoki nohukumat 
darajasida faoliyat olib boruvchi musulmon tashkilotlari muayyan 
o‘rinlarni egallay boshladi.  
Yuqoridagi ma’lumotlardan dunyo huquqiy madaniyatining ajralmas 
bo‘lagi bo‘lgan, o‘zbek davlatchiligining tadrijiy tarixi va huquqiy 
tafakkurining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan musulmon huquqini 
o‘rganishning dolzarbligi ayon bo‘ldi. Musulmon huquqini o‘rganish esa 
bir qancha qiyinchiliklar bilan bog‘liq, chunki u bir-biriga o‘xshash 
normalar tizimi bo‘lmay, balki mujtahidlarning aniq qarorlari majmuini 
ifodalaydi
.
Ushbu darslikda musulmon huquqi yaxshiroq tushunish va 
o‘zlashtirish qulay bo‘lishi uchun bir nechta bo‘limlarga bo‘lib yoritildi. 
Keng ma’noda ta’riflanganda, musulmon huquqi islom hukmron din 
hisoblangan davlatdagi diniy va dunyoviy normalar majmuidir. 
Musulmon huquqi islomning barcha manbalaridagi normalar, qoidalar 
yig‘indisidan iborat.  
Hozirgi vaqtda jahon huquq tizimida musulmon huquqining o‘ziga 
xos o‘rni bor. Parij universiteti xalqaro qiyosiy huquqshunoslik 
fakultetining rahbari Rene David jahondagi huquqiy tizimlarni beshta: 1) 
roman-german; 2) umumiy; 3) sotsialistik; 4) musulmon, hindu va 
yahudiylik, 5) Uzoq Sharq, Afrika va Madagaskar kabi huquq oilalariga 
ajratgan. Ko‘rib turganimizdek, mazkur taqsimotda ham musulmon 
huquqining jahon huquqiy tizimidagi o‘rni mavjud.  
XX asrning so‘nggi o‘n yilligi hamda yangi asrning boshlang‘ich 
davrida dunyoning ko‘plab mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy hayotida islom 
dinining ta’siri kuchayib borayotganligi kuzatilmoqda. Shu bois, islom 
davlat dini deb tan olingan va musulmon huquqi qonunchilik hamda 
sudlov asosini tashkil etgan Osiyo va Afrikadagi ayrim mamlakatlarining 
(Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Marokash, Eron, Pokiston va h.k.) hozirgi 
hayoti va o‘tmishini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir. 
Musulmon huquqi hozirgi zamonning eng yirik huquqiy tizimlaridan 
bo‘lib, unda barcha asosiy sohalardagi ijtimoiy munosabatlar (oila, 
jamiyat, davlat)ni muvofiqlashtiruvchi normalar mavjud. Ma’lumotlarga 
ko‘ra, musulmonlar soni 1,5 
mlrd.dan ziyod bo‘lib, bu yer yuzi 


10
aholisining qariyb 1/4 qismini tashkil etadi. Musulmon huquqiga doir 
ayrim qonunlar odamlarning hayot tarzini butunlay qayta qurish va 
ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirishga qaratilgan. Shu bois uning hozirgi 
zamon huquqiy tizimlari orasidagi o‘rni ahamiyatga molik. 
Musulmon huquqining tarixi, hozirgi maqomi, siyosiy-madaniy 
manbalari va yo‘nalishlari taraqqiyotini o‘rganish musulmonlar mintaqasi 
mamlakatlaridagi davlat va huquqni rivojlantirishning asosiy 
xususiyatlari, vujudga kelish qonuniyatlari, tadrijiy rivojlanish tamoyil 
(tendensiya)larini chuqurroq tahlil etishga imkon beradi. 
Musulmon huquqining predmetini ushbu huquqning paydo bo‘lishi 
va taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari, musulmon davlatlarida 
hokimiyatning ijtimoiy mohiyati, ulardagi boshqaruv va davlat 
tuzilishining shakllari, musulmon huquqining tabiati, manbalari, 
mazhablari, normalari, tarkibi va asosiy tuzilmalari hamda hozirgi islom 
mamlakatlaridagi huquqni o‘rganish tashkil etadi. Musulmon huquqi 
jamiyatshunoslik fani tarmoqlarining o‘rganish obyektidir. Mazkur fan 
tarmoqlari uni o‘z maqsadlariga muvofiq o‘rganadi. Shuningdek, huquq 
fani ham musulmon huquqini muayyan nuqtai nazardan o‘rganadi. 
Huquqshunoslikda yetakchi tarmoq hisoblangan davlat va huquqning 
umumiy nazariyasi fani uchun musulmon huquqining paydo bo‘lishi, 
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, musulmon davlatlarida hoki-
miyatning ijtimoiy mohiyati, ulardagi boshqaruv va davlat tuzilishi 
shakllariga xos xususiyatlar, musulmon huquqining tabiati, manbalari, 
mazhablari, ularning tarkibi, asosiy tuzilmalari va tarmoqlari, musulmon 
huquqiy mafkurasining xususiyatlari, hozirgi musulmon mamlakatlaridagi 
milliy huquqning o‘ziga xosliklari tadqiq etish mavzulari hisoblanadi.  

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə