A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti to‘ychi Jabborovich Ismoilov, Rahim Tojievich Umarov, Abduhamid Jumanovich Tangirov Turg‘un Chindalievich Aliboev pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish



Yüklə 295,63 Kb.
səhifə1/6
tarix05.04.2023
ölçüsü295,63 Kb.
#104347
  1   2   3   4   5   6
A


A.QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

To‘ychi Jabborovich Ismoilov,
Rahim Tojievich Umarov,
Abduhamid Jumanovich Tangirov
Turg‘un Chindalievich Aliboev

PEDAGOGIK AMALIYOTNI
TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH








Qo‘llanmada, pedagogik amaliyotning vazifalari, amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish maqsadi, amaliyot rahbarlari va amaliyotchi-talabalarning vazifalari, huquqlari, amaliyotni hujjatlashtirish, hisobga olish va baholash yo‘llari, eslatma, yuritilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati va ulardan namunalar, amaliyot yakuni hamda hisobot yozish tartibi namuna sifatida tavsiya etilgan.
Uslubiy qo‘llanma pedagogik amaliyotga chiquvchi barcha ixtisoslikdagi uslubchi o‘qituvchilar va amaliyotchi-talabalar uchun mo‘ljallangan.

Tuzuvchilar:
Ismoilov T.J. -
Umarov R.T. - Tangirov A.J.- Aliboev T.CH.
mehnat ta’limi va umumiy texnika fanlari
kafedrasi mudiri, p.f.n.
mehnat ta’limi va umumiy texnika fanlari
kafedrasi dotsenti, i.f.n.
umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi
mudiri, dotsent.
uslubchi-o‘ qituvchisi.
Taqrizchilar:
Meliboyev A. - Jizzax VPXQTMO instituti kafedra mudiri,
p.f.n.
Qo‘shboqov N. - umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi
dotsenti.
Qo‘llanma, A.Qodiriy nomidagi JDPI Kengashining 2016 yil «26» fevraldagi 5-sonli majlisida
muhokama qingan va nashr qilishga tavsiya etilgan.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari (1997 yil 29 avgust Oliy Majlisning I chaqiriq IX sessiyasida tasdiqlangan) va shu qanunlar asosida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar (Prezident Farmoni, qarori, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyishlari hamda Oliy va o‘rta maxsus hamda xalq ta’limi vazirliklarining tegishli buyruqlari) asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo‘lgan talablar kompleksini belgilaydi.
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka etaklash yo‘llarni, qonun-qoidalarni izlaganlar. Darhaqiqat, insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining etakchiligida amalga oshiriladi.
Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarini o‘zgarib borishi natijasida pedagogika (Bolani to‘g‘ri hayotga boshlash san’ati) fani xalq orasida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi.
Pedagogik vazifalar:
Ta’limiy: Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari va milliy
pedagogikaning mohiyati haqidagi ma’lumotlarni bilish.
Tarbiyaviy: Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga etkazish.
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni sog‘lom, etuk, har tomonlama kamolga etgan holda tarbiyalashda pedagogikaning o‘rni va roli ahamiyati kattaligini tushunish.
Hozirgi kunda zamonaviy pedagog qanday talablarga javob berishi kerak? Buning uchun pedagogik mahoratga ega bo‘lishi:
birinchidan, dars berish mahorati;
ikkinchidan, tarbiyalash mahorati;
uchinchidan, o‘quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi va
to‘rtinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahoratiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Dars berish mahorati quyidagi talablar bilan belgilanadi:

  • kasbiy layoqat va eruditsiya (bilimdonli);

  • psixologik-pedagogik tayyorgarlik;

  • ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlash va yangi bilimlar olishga o‘rgatish mahorati;

  • o‘quv adabiyotlari shakllari va turlarini bilish;

  • yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallanganlik,

  • internetning global tarmog‘i bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;

  • pedagog kadrlar malakasini oshirishning asosiy shakllarini bilish;

  • ilmiy -pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilish;

  • pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini bilish;

  • fanlararo aloqalardan foydalanish mahorati;

  • ritorika va notiqlik san’ati asoslarini bilish;

  • bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya, “Ta’lim to‘g‘rsida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi vazifalarni hamda uzluksiz ta’lim tizimining asosiy atamalari va tushunchalarini bilish.

Tarbiyalash mahorati - o‘qitish va tarbiyalash jarayonining bog‘liqligi, uyg‘un rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma’naviy saviyasi qaror toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga ega bo‘lishi.
O‘quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik bo‘lib, ushbu sifatlar o‘qitish va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati - ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholash prinsiplari, metodlari va mexanizmlarini bilishi, ularning o‘zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi kerak.
Pedagogik amaliyot bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning shunday bosqichiki, bunda har bir o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berishda oliy o‘quv yurtida to‘plagan bilim hamda uquvlarining hammasidan kompleks tarzida foydalanishga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun pedagogik amaliyot vaqtida o‘qish jarayonidagi barcha kamchiliklar yaqqol ochilib qoladi. SHunday qilib, pedagogik amaliyot o‘ziga xos imtixon hisoblanadi. SHuni nazrda tutish kerakki, amaliyotchi-talabaning yoshi u rahbarlik qilishga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda birinchi kundanoq to‘g‘ri yo‘l tanlash, ya’ni birinchidan o‘z qo‘l ostidagi o‘quvchilarga nisbatan takallufsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, ikkinchidan, takabburona munosabatda bo‘lmaslik juda muhimdir. Tajribalarning ko‘rsatishicha, amaliyotchi o‘quvchilar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lsa, ya’ni ularga hayrixoxligi va kamtarligini namoyon qilsagina u tezda o‘quvchilar bilan inoqlashib ketadi. O‘quvchilar amaliyotchini ham o‘quvchi ekanligini yaxshi bilishadi va unga har tomonlama yordam berishga harakat qilishadi. Bu davrda amaliyotchining tashqi qiyofasi ham muhim rol o‘ynaydi, u o‘quvchilarga namuna bo‘lishi kerak, amaliyotchi oddiy, ozoda kiyinishi lozim, bu shartni bajarmagan amaliyotchi o‘quvchilardan shu narsani talab qila olmaydi.
Amaliyotchi-talabaning sinfda bo‘ladigan barcha tadbirlarda qatnashishi, uning o‘quvchilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatish garovidir.
Amaliyotchi-talaba o‘qituvchilik kasbi murakkab va sharafli ekanligini amaliyot davomida ko‘radi, ishda yuz beradigan qiyinchiliklarni bartaraf etish usullarini o‘rganadi, zarur kasbiy sifatlarni o‘zida shakllantiradi. Eng muhimi, bu davrda o‘quvchilar bilan ishlash nihoyatda qiziqarli va maroqli ekanligiga, kasbni to‘g‘ri tanlaganligiga ishonch hosil qiladi.

  1. Talabalarning institutda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, mustahkamlash va bu bilimlarni o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlar amaliyotida tadbiq etishni o‘rgatish.

  2. Talabalarni bolalar va o‘smirlar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni kuzatish va tahlil qilishni o‘rganish bilan qurollantirish.

  3. Psixologiya, pedagogika hamda bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi bo‘yicha olgan bilimlariga tayangan holda talabalarni bolalarning yoshiga qarab va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv-tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishga o‘rgatish.

  4. O‘quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beruvchi metodlardan foydalangan holda talabalarni turli dars mashg‘ulotlarni o‘tishga tayyorlash.

  5. Talabalarni sinf rahbarlari vazifasini bajarishga, o‘quvchilar jamoasi, bolalar oromgohida va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bilan ishlashga hamda o‘quvchilar bilan individual tarbiyaviy ishlarni olib borishga o‘rgatish.

  6. Talabalarni o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mustahkamlash, ta’lim va tarbiya masalalarini ijobiy hal qilishga o‘rgatish hamda pedagogik fanlarga bo‘lgan intilishlarini shakllantirish.

  7. O‘quvchilar sog‘ligini muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini hosil qilish.

  8. SHaxsiy, kalendar mavzuli va tarbiyaviy ishlar rejalarini tuzish va reja- konspekt hamda tarbiyaviy tadbir konspektlarni yozishni o‘rgatish.

  9. O‘quvchilarning o‘zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini faollashtiradigan usullarni qo‘llagan holda mustaqil darslar o‘tkazishga tayyorlash.

  10. Maktab direktori, o‘rinbosarlari, jamoat tashkilotlari, axborot resurs markazi, fan o‘qituvchisi, sinf rahbari va boshqa pedagog xodimlar ishlarini o‘rganish va tahlil qilish.

  11. Tanlab olib ishlayotgan bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha ilmiy rahbari hamkorligida ilmiy uslubiy ishlar (materiallar to‘plash, tajriba ishlarini yo‘lga qo‘yish, tajribali o‘qituvchilardan maslaxatlar olish) olib borish.

  12. O‘z ixtisosligi, redagogikaga oid bilimlarini mustahkamlash va pedagoglik kompetentligini takomillashtirish.

  13. Fan kabinetlarini zamonaviy talablar asosida jihozlashga, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, dars ishlanmalari, uslubiy tavsiyanomalar va boshqa kerakli materiallar bilan boyitishga yordam berish va ularni o‘rganish.

  1. PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA

O‘TKAZISH

  1. Talabalami 4-kursdagi pedagogik amaliyoti barcha tipdagi

umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9 sinflarida, pedagogik kollejlarida, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida va talabaning yo‘nalishiga bog‘lik bo‘lgan boshqa o‘quv-tarbiya muassasalarida o‘tkaziladi.

  1. Amaliyot boshlanishidan oldin uning vazifalariga oid kollokvium va daslabki tushuntirish anjumanlari o‘tkaziladi.

  2. Amaliyotning birinchi haftasida talabalarni maktab, sinf va o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlari bilan tanishtirishga, darslarni tahlil qilishga ajratiladi.

  3. Amaliyotchi unga biriktirilgan sinfda barcha o‘qituvchilarning darslariga kiradi, sinfdan tashqari bajariladigan ishlari bilan tanishadi va birinchi hafta ohirida butun amaliyot davri uchun o‘z rejalarini tuzadi.

  4. Keyingi xaftalarda talabalar maktabdagi pedagogik amaliyotning umumiy rejasi hamda guruh rahbari tomonidan tasdiqlangan shaxsiy reja bo‘yicha ish olib boradilar.

  5. Amaliyot davri mobaynida amaliyotchi-talabalar kamida 10-15 ta o‘rganuvchi (shundan 3-5 ta sinov) darsi o‘tishi zarur.

  6. Tarbiyaviy ishlarni olib borish uchun, qoidaga muvofiq, talabalar har bir sinfga bittadan biriktirib qo‘yiladi. Ular oldin sinf rahbariga yordamchi bo‘lib ishlaydi, keyin esa sinf rahbarining barcha vazifalarini bajarishadi. Bundan tashqari amaliyotchilar o‘z mutaxassislik fanlari bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar ham olib borishadi.

  7. Pedagogik amaliyotda talabalar maktab gigienasi bo‘yicha topshiriqni bajarishadi. Amaliyotchilar ishiga shu fanlarni o‘tayotgan o‘qituvchilar rahbarlik qilishadi.

  8. Pedagogik amaliyot mobaynida talabalar psixologiya kafedrasidan biriktirilgan o‘qituvchilardan psixologiya bo‘yicha maxsus topshiriqlarni bajaradi.

  9. Pedagogika kafedrasi o‘qituvchilaridan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan maxsus topshiriqlarni bajaradi.

  1. AMALIYOT RAHBARLARINING VAZIFALARI

  1. Amaliyotning guruh rahbari:1

  1. . Amaliyotchilarga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshiradi.

  2. . Pedagogik amaliyot bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi, amaliyotning boshlanishi va tugashiga bag‘ishlangan anjumanlarni tashkil etadi va o‘tkazadi: amaliyotning boshlanishida va oxirida maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda qatnashadi.

  3. . Uslubchi o‘qituvchi pedagogika kafedrasi vakili, maktab direktori va o‘rinbosari bilan birgalikda talabalarni sinflar bo‘yicha taqsimlaydi, talabalarning individualb (shaxsiy) rejalarini tasdiqlaydi va uni bajarilishini nazorat qiladi, talaba o‘tkazgan darsni va sinfdan tashqari mashg‘ulotning tahlilini tashkil etib beradi.

  4. . Talabalarning amaliyot davrida bajargan ishlari hisoboti hujjatlarini tekshiradi va amaliyotda ishtirok etayotgan kafedra vakillari, o‘qituvchilar va sinf rahbarlari bilan birgalikda amaliyotga differensiyalangan baho qo‘yib chiqadi.

  5. . Amaliyotda ishtirok etayotgan o‘qituvchilar bilan tushuntirish-uslubiy ishlarni olib boradi.

  6. . Talabalarining pedagogik amaliyoti bo‘yicha hisobot tuzadi.

  1. Mutaxassislik bo‘yicha uslubchi o‘qituvchi:2

  1. . Pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi, amaliyotning boshlanishi va tugashiga bag‘ishlangan anjumanlarda, shuningdek, maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi:

  2. . Talabalarni mutaxassislik fanlari o‘tiladigan darslarga, predmet bo‘yicha sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni taqsimlaydi:

  3. . Maktab o‘qituvchilari bilan birgalikda amaliyotchilarga dars mavzularini va predmet bo‘yicha sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarini taqsimlaydi.

  4. . Talabalar tomonidan o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiruviga yordam qiluvchi uslub asosida turli xil darslarni va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tishni tashkil etish, talabalarni darsga va sinfdan tashqari mashg‘ulotga fan bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishida unga maslaxatlar beradi, ularni reja-konspektlarini tekshirib tasdiqlaydi, darsga va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda qatnashib, ularni tahlil qiladi va baholaydi.

  5. . Maktab o‘qituvchilarini amaliyotchi-talabalar bilan olib boradigan ishlariga ilmiy-uslubiy jihatidan yordam beradi.

  6. . O‘tkazilgan amaliyot yakuni to‘g‘risida guruh rahbariga mablumot beradi.

  1. Pedagogika o‘qituvchisi: 3

  1. Pedagogik amaliyotga bo‘yicha tushuntirish beradi, amaliyotning boshlanishi va tugashiga bag‘ishlangan anjumanlarda, shuningdek, maktab derektori o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;

  2. Amaliyotchilarni sinfdan tashqari o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga qatnashishini tashkil etadi va uni tahlil qiladi;

  3. Sinf rahbari bilan birgalikda amaliyotchilarning tarbiyaviy ishlarini rejalashtiradi;

  4. Talabalarni o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishini tabminlaydi, tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda maslaxatlar beradi, tarbiyaviy tadbirlar rejalari va reja-konspektlarini tekshiradi, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda qatnashadi, ularni analiz qiladi va baholaydi;

  • talabalarga o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga yordam beradi;

  • guruh rahbari, maxsus kafedralarning uslubchilari, psixologiya o‘qituvchilari va maktab xodimlari bilan birgalikda har bir amaliyotchining ishini baholaydi;

  • guruh rahbariga talabalar olib borayotgan tarbiyaviy ishlar bo‘yicha mablumot beradi.

  1. Psixologiya o‘qituvchisi: 4

  1. Pedagogik amaliyot bo‘yicha o‘tkaziladigan tushuntirish va yakuniy anjumanda hamda maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda ishtirok etadi.

  2. Amaliyotchilarning darslari va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlariga va ularni analizlariga qatnashadi:

  3. Talabalarning o‘quvchilar kollektivi va shaxsini o‘rganishga, pedagogik amaliyot dasturida ko‘rsatilgan psixologiya bo‘yicha topshiriq turlarini bajarishga rahbarlik qiladi.

  4. Guruh rahbari, uslubchi o‘qituvchi, pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari va maktab xodimlari bilan birgalikda har bir amaliyotchining ishini baholaydi.

  5. Maktab direktori (uning o‘rinbosari):

  1. Maktabda pedagogik amaliyotni o‘tishi uchun sharoit yaratib beradi, o‘qituvchilar, xizmatchilar va maktab o‘quvchilari bilan ish olib boradi.

  2. Talabalarni maktab va uning tarixi bilan, o‘quv-tarbiyaviy ishlarning qo‘yilishi, o‘qituvchi-xodimlar tarkibi, maktab hujjatlari, uning o‘quv material bazasi (kabinetlar, ustaxonalar, kutubxonalar va boshqalar) bilan, pedagogik kengash, metodik birlashma va ota-onalar komiteti ishlari bilan tanishtiradi.

  3. Guruh rahbari va uslubchi o‘qituvchi bilan birgalikda talabalarni sinflar bo‘yicha taqsimlaydi.

  4. Amaliyotchilarni (ayrimlarini) darsdan va sinfdan tashqari olib boradigan tadbirlari va ularni muhokamasida qatnashadi.

  5. Pedagogik amaliyotning boshlanishi va tugashida yig‘ilish o‘tkazadi.

  6. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisi:

  1. Talabalarni maktabning tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishtiradi.

  2. Talabalarga ommaviy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va o‘tkazishda yordam beradi.

  3. Amaliyotchi-talabalar bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda sinf rahbarlariga yordam beradi.

  4. Amaliyotchilarning (ayrimlarini) sinfdan tashqari olib boradigan tadbirlarida va ularning muhokamasida qatnashadi.

  5. Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda ishtirok etadi.

  1. Fan o‘qituvchisi:

  1. Talabalarni o‘z ish rejasi bilan tanishtiradi, ochiq dars va fan bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulot o‘tkazadi.

  2. Uslubchi o‘qituvchi bilan birgalikda talabalarga dars mavzulari va fan bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mavzularini taqsimlab beradi.

  3. Talabalarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishida maslaxatlar beradi, o‘tiladigan dars va sinfdan tashqari mashg‘ulot rejasi va reja-konspektini tekshiradi, talabani dars yoki sinfdan tashqari mashg‘ulot o‘tishiga rozilik beradi.

  4. Talabalar tomonidan o‘tkazilgan dars va fan bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning muhokamasi va uni baholashda qatnashadi.

  5. Amaliyotchilarni o‘quvchilar bilan to‘garak ishlarini o‘tkazishga, qo‘shimcha darslarni o‘tishga, ko‘rgazmali qurollar tayyorlashga va da^arlarni tekshirishga jalb etadi.

  6. Pedagogik amaliyot bo‘yicha direktor o‘tkazadigan yig‘ilishlarda hamda institutdagi yakuniy anjumanlarda qatnashadi.

  1. Sinf rahbari:

  1. Talabalarni sinfdagi o‘quvchilar ro‘yxati, ularni o‘zlashtirishi, davomati, xulqi bilan, asosiy tarbiyaviy vazifalar va chorak uchun tuzilgan o‘z ish rejasi bilan tanishtiradi, o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ochiq tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazadi.

  2. O‘kuvchilarni shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishda amaliyotchilarga yordam ko‘rsatadi.

  3. Talabalarga amaliyot mobaynida bajarishi zarur bo‘lgan tarbiyaviy masalalarni belgilashga yordam beradi, tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda ularga maslaxatlar beradi.

3. Talabalarni sinfdagi kundalik tarbiyaviy ishlarga jalb etadi.

  1. Talabalarni sinfdan tashqari o‘tkazadigan mashg‘ulotlariga, ularning muhokamasi va baholanishida qatnashadi.

  2. Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda qatnashadi.




  1. Amaliyotchi-talaba dasturda va pedagogik amaliyot nizomida ko‘rsatilgan barcha ishlarni bajaradi. O‘quvchilarga tashkiliylik, intizomlilik, xushmomalalik va mehnatsevarlik namunalarini ko‘rsatgan holda har bir darsga va sinfdan tashqari o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rib kelishi kerak.

  2. Amaliyotchi maktabning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlarining topshiriqlariga amal qilishi va unga so‘zsiz bo‘ysunishi zarur. Amaliyotchi yuklatilgan vazifalarni yoki topshiriqlarni bajarmasa amaliyotdan chetlashtirilishigacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkin.

  3. Amaliyotdan chetlashtirilgan yoki amaliyot mobaynida bajargan ishi qoniqarsiz deb topilgan talabaga fakulbtet kengashining ruxsati bilan o‘quv darslaridan ozod qilinmagan holda qaytadan pedagogik amaliyot o‘tish belgilanadi.

  4. Amaliyot davrida shu maktabdagi talabalarning biri guruhga sardor etib tayinlanadi. Uning vazifasi talabalarni maktabga qatnashini (davomatini) hisobga olish, ularga kollektiv maslaxatlar va seminarlar haqidagi xabarlarni etkazish, amaliyot rahbarlarining topshiriqlarini bajarishdan iboratdir.

SHuning bilan bir qatorda amaliyotchilarga quyidagi aniq vazifalar qo‘yiladi:

  • o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borish malakasini egallashi;

  • nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni o‘rganishi;

  • o‘quv-tarbiya ishlarini mustaqil olib borish mahoratini egallashi;

  • o‘quvchilarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash ishiga ijodiy yondosha

olishi;

  • maktabdagi o‘quv-tarbiya ishlaridagi ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirishi;

  • o‘zida ijodiy tashabbuskorlik, izlanuvchanlik, pedagogik mahorat, o‘z kasbidan zavqlanish kabilarni mujassamlashtirishi;

SHuningdek, amaliyotchi-talaba amaliyot davomida maktabning ichki tartib- qoidalariga to‘liq amal qiladi va quyidagilarni bajaradi:

  • sinf rahbarining ish mazmuni, o‘qituvchining mas’uliyati kabi vazifalar bilan tanishishi;

  • biriktirilgan sinfga kamida 10-15 ta o‘rganuvchi va shundan 3-5 ta sinov darsiga tayyorlanishi va o‘tkazishi;

  • tarbiyaviy ishlar bo‘yicha 3-5 ta tarbiyaviy tadbir, shundan kamida 1 ta sinov tadbiri bo‘lishi;

  • amaliyotchi-talabalarning o‘rganuvchi va sinov darslariga tahlilga kirishi hamda ular muhokamasida o‘z fikrlari bilan qatnashishi;

- reja-konspekt tuzish, sinov darslari bayonnomalarini rasmiylashtirishni va sinfga,
o‘quvchilarga tavsifnoma hamda hisobot yozishni uddalashi talab etiladi.
Pedagogik amaliyot vazirlik tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasiga asosan ma’lum bir vaqt bo‘yicha tashkil etiladi. Amaliyotga chiqqan talabalar pedagogik amaliyot ko‘rsatma va dasturida belgilangan barcha tartib-qoidalarga qat’iy amal qiladi.
Har bir amaliyotchi pedagogik amaliyotni belgilangan muddatda o‘tashi lozim. Agar talaba pedagogik amaliyot talabi va intizomiga roya etmay ikki kun sababsiz qatnashmasa amaliyotdan chetlashtiriladi. Talaba amaliyot yakunida o‘z hisobotini oliy ta’lim muassasasi tomonidan tayinlangan hay’at oldida himoya qiladi. Amaliyot natijasi kursni tugatishda va bitiruv davlat attestatsiyasi himoyasiga kirishda albatta hisobga olinadi. Amaliyot dasturini bajarmagan, ish haqida qaniqarsiz taqriz yoki hisobot himoyasida qaniqarsiz baho olgan talaba qayta amaliyotdan o‘tadi. Aks holda talabalar safidan chiqariladi. Maktabdagi amaliyotchi-talabalar ichidan guruh sardori belgilanadi va u guruh amaliyotchilarining davomatini ta’minlaydi, ularga bo‘ladigan tadbirlarni, amaliyot davomidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni etkazib turadi. Amaliyotchi o‘ziga noaniq bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha maktab rahbariyati va amaliyot rahbarlariga murojaat qilish huquqiga egadir. O‘quv-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalarini erkin bayon etishlari mumkin. SHuningdek, o‘quv dargohida o‘tadigan majlis, anjuman va boshqa tadbirlarda qatnashishga, axborot resurs markazi va kabinetlardan unumli foydalana olish huquqlari ham beriladi.
VI. TALABALARNING PEDAGOGIK AMALIYOTINI
HUJJATLASHTIRISH, HISOBGA OLISH VA BAHOLASH

  1. Talabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar va bunga rejalar, tahlillar, o‘quvchilar yoki sinf jamoasi ustidan o‘tkazgan kuzatishlari, amaliyot rahbarlari va o‘qituvchilarni ko‘rsatmalarini hamda psixologiya va maktab gigienasi bo‘yicha bajaradigan topshiriqlar bo‘yicha zarur bo‘lgan mablumotlarni yozib borishadi. Amaliyot mobaynida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot yozishganida shu kundalik daftardan foydalanadilar.

  2. Amaliyot o‘tkazilgandan so‘ng talabalar amaliyot davomida yuritgan hujjatlar hisoboti bilan birga tayyorlangan albom, videorolik va boshqa ko‘rgazma qurollarini amaliyotning guruh rahbariga topshiriladi.

  3. Pedagogik amaliyotning natijasi maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda va fakulbtetning ilmiy-amaliy anjumanida yakunlanadi.

  4. Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko‘ra va zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilgandan keyin, talabaga ball va baho qo‘yiladi; pedagogik amaliyotning baholanishiga pedagogika, psixologiya va uslubiyat bo‘yicha bajariladigan barcha topshiriqlar kiritiladi. Agar talaba tomonidan birorta yoki bir nechta topshiriq bajarilmagan bo‘lsa baho qo‘yilmaydi.

  1. Pedagogik amaliyot bakalavriat o‘quv rejasiga ko‘ra pedagogik instituti turli

yo‘nalishlaridagi mutaxassisliklari uchun 7 yoki 8 semestrda 11 hafta davomida
tashkil etiladi. Amaliyot davomida amaliyotchilar dars o‘tish uchun har bir sinfga bir kishidan biriktiriladi va bir sinfga rahbarlik qiladi.

  1. Amaliyotchi-talaba maktabda har kuni 6 soatdan kam bo‘lmasligi va reja asosida ishlashi lozim.

Amaliyotchi birinchi kundan boshlab shaxsiy reja tuzadi va kundalik yuritadi. SHaxsiy reja butun amaliyot davomiga yoki haftalik qilib uslubchi, fan o‘qituvchisi va sinf rahbarlari yordamida tuziladi. O‘tiladiga fan bo‘yicha fan o‘qituvchisi yordamida kalendar reja tuzadi, bu reja birinchi haftaning oxirida tayyor bo‘lishi va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanishi kerak. SHu bilan birga sinf rahbarlik qilish uchun sinf rahbari yordamida tarbiyaviy ish rejasi tayyorlaydi va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga tasdiqlatadi.

  1. Pedagogik amaliyotning birinchi haftasi passiv amaliyot bo‘lib, unda amaliyotchilar maktab tarixi, ichki tartib-qoidalari, o‘quv-tarbiya jarayoni, amaliyot davomida bajariladigan ishlar bilan tanishadilar va tajribali o‘qituvchilarning darslarini tahlil qilib, dars o‘tish va tarbiyaviy ishlarni olib borish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganadi hamda rejalarni tuzib oladilar. Ikkinchi haftada aktiv amaliyot boshlanib, rejalashtirilgan vazifalarni uslubchilar, fan o‘qituvchisi va sinf rahbari yordamida ta’lim-tarbiya ishlariga kirishadilar.

  2. Pedagogik amaliyot davomida amaliyotchi-talaba o‘z rejasi asosida:

  • darsga va tarbiyaviy soatga hozirlik ko‘radi reja-konspekt yozadi va tegishli direktor o‘rinbosarlariga tasdiqlatadi;

  • tajribali o‘qituvchilar darslarini va tarbiyaviy soatlarini kuzatadilar;

  • amaliyotchi-talabalarning darslarini kuzatadi, opponentlik qiladi, sinfdan tashqari ishlarini tahlil qiladi va ular muhokamasida qatnashadi;

  • sinf rahbarlik qiladigan sinfni, bir faol va bir passiv o‘zlashtiradigan o‘quvchilarni pedagogik-psixologik kuzatish ishlarini olib boradi; shu asosda amaliyot so‘ngida ularga tavsifnoma yozadi;

  • sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qiladi, past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar va to‘garak ishlari tashkil qiladi, devoriy gazeta chiqaradi, ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydi, kabinetni jihozlashga yordam beradi;

  • turli tashkilotlar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qiladi, kino, teatr va muzeylarga sayoxatlar uyushtiradi;

  • maktab bo‘yicha o‘tkaziladigan turli tadbirlarda faol ishtirok etadi, ya’ni pedagogik, metodik kengashlar, ota-onalar yig‘ilishlari, bayram tadbirlari va obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etadi.

  1. PEDAGOGIK AMALIYOT DAVOMIDA YURITILISHI LOZIM

BO‘LGAN HUJJATLAR
Kundalik daftar tutiladi va unda:

  1. Davlatimiz ramzlari;

  2. Maktab tarixi va rahbar-xodimlar haqidagi ma’lumotlar;

  3. SHaxsiy ish reja;

  4. Kunda bajariladigan ishlar qaydnomasi - kundalik;

  5. Dars tahlili (namunali kamida 10 ta);

  6. Kalendar mavzu reja;

  7. Reja-konspekt (sinov darsi kamida 3-5 ta);

  8. Sinov darsi bayonnomasi (sinov darsi kamida 3-5 ta);

  9. Tarbiyaviy ishlar rejasi;

  10. Tarbiyaviy tadbir reja-konspekti (kamida 2 ta);

  11. Tarbiyaviy tadbir bayonnomasi (kamida 1 ta);

  12. Ota-onalar bilan hamkorlik (har bir o‘quvchi ota-onasi bilan suhbat qayt etiladi va imzolanadi);

  13. Sinfga pedagogik-psixologik tavsifnoma;

  14. Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma;

  15. Bir nafar passiv o‘zlashtiradigan o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma;

  16. Ko‘rgazmali qurol (videorolik, albom, maket, modul, plakat yoki rasm kamida 2 ta);

  17. Maktab rahbariyati tomonidan berilgan tavsifnoma (maktab muhri bilan tasdiqlangan);

  18. Amaliyotchi-talabaning amaliyot bo‘yicha hisoboti (maktab muhri bilan tasdiqlangan).

SHuningdek, hisobot bilan birga maktab rahbariyatidan bitiruv malakaviy ishiga tashqi taqriz olinadi.
HUJJATLARDAN NAMUNALAR
8.1. Kundalik daftar
Amaliyotchi-talaba pedagogik amaliyotga chiqishiga bag‘ishlangan anjumandan boshlab tutishi lozim bo‘lgan va amaliyotchining shaxsiy ish rejasi asosida kunda bajarilgan ishlarni qayd etishga mo‘ljallangan asosiy hujjatdir.
Kundalik yuritishga doir ko‘rsatmalar:

  • amaliyot boshlangan kundan boshlab, kamida 96 varaqli umumiy daftar tutiladi.

  • kundalik shaxsiy ish rejada belgilangan va qo‘shimcha bajarilgan ishlar mazmuni aniq faktlar asosida ravon qilib to‘ldiriladi.

Kundalik daftar jildi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi tavsiya etiladi:



instituti,
fakulbteti - bosqich -
guruh talabasi ning pedagogik amaliyot
davomida yuritgan
K U N D A L I G I
shahar (tuman), - son umumiy o‘rta ta’lim
maktabi

Amaliyotning boshlanishi “ ” 201_ yil.
Amaliyotning tugashi “ ” 201_ yil.
Jizzax - 201_ yil.
Kundalik daftar muqovasining ichki varag‘ida:


  1. Yüklə 295,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə