9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari


Valras va Marshall uslubi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə13/14
tarix27.05.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#113411
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari

Valras va Marshall uslubi
Valras va Marshall yo’nalishlarini qisqacha solishtirish bizga yaxshi yo’l-yo’riq ko’rsatadi. Valras usul va tuzilishga qiziqar edi. U iqtisodiyot modelining eng umumiy matematik bayonini qidirdi. Marshall iqtisodiy nazariyani tahlil motori sifatida hurmat qiladi; u real hayotga aloqador bo’lishi kerak yoki unutilishi yoki qulay fursat kelganda tahlillashga kiritish uchun biror dono odam ongida saqlanib turishi kerak.
Bu yerda ikkitadan ortiq farqli yo’nalishlar bo’lishi mumkin emas. Biz zamonaviy mikroiqtisodiyot bo’limida ko’rganimizdek, Marshall iqtisodiy qonunlari tugallanmagan kurslarda o’qitiladi, lekin Valras iqtisodiyoti tugallangan mikroiqtisodiyotda asosiy oqimga aylandi.
Valras siyosatda
Valras o’zining sof iqtisodiyotini iqtisodiy siyosatni shakllantirishda qurol, deb biladi. U o’zini jamiyatshunos, deb hisoblagan, lekin Marks va utopist jamiyatshunos Simon qarashlariga chuqur e‘tibor qaratgan. U iqtisodiy nazariya resurslarni taqsimlash mukammal musobaqa ostida joylashganini qo’pol namoyon qilib omadsizlikka uchragan, deydi.
U hukumatning qonuniy yo’l bilan mukammal raqobatchi bozorlar yaratish fikrini qo’llab-quvvatladi. Shu bilan bir vaqtda Valras aralashmaslikning namoyondasi emasdi: u hukumat aralashishiga muhtoj bo’lgan ko’plab sohalarni topdi. Balki uning bozor sotsializmining himoyachisi sifatida xarakterlanishi bejizga emasdir. U yer ijarasi mehnatsiz foydani ifodalashini va bu hukumatda ko’payishi borasida Millga ergashdi. Mukammal raqobatbardosh bozorlar va yer ijarasini haqli foyda manbasi sifatida qabul qilish bekor qilinishi bilan foydani taqsimlash jiddiy nohaqliklarga olib kelmaydi. U umumiy olib qaraganda chap taraf sotsialistlari bilan tartibli , aralashmaslik siyosati namoyondalari bilan qattiq chegara chizmoqchi edi. Uning raqobatbardosh bozorlardagi umumiy muvozanat jamiyat foydaning maksimumini olib kelishini isbotlashga urunishlari iqtisodchilar tomonidan doimiy inkor etilgan yoki unutilgan. Keyinchalik Nut Viksel (1851-1926) Valras xulosasi barcha shaxslar bir xil daromad funksiyalariga ega bo’lishganda va bir xil foyda olishgandagina tasdiqlanishini aytadi6.
Valrasning modeliga ta’sir ko’rsatgan uning sotsialistik qarashlari 1930-yillar nazariyachilari tomonidan kengaytirildi va sotsializmkapitalizm, deb tanilgan munozaraga sabab bo’ldi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə