5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə9/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Badiiy bilim borliqni tushunib yetish refleksiyaning o’ziga xos shakli bo’lib, u san’at
borlig’ining barcha bosqichlarida – asar g’oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul
qilinishigacha – o’ziga xos tarzda ro’yobga chiqadi. Badiiy ijodni ijodkorning fikrlari va
kechinmalarini anglab yetish ob’yekti – butun dunyoga uzviy bog’lagan holda san’at tilida
moddiylashtirish deb ta’riflash mumkin. SHaklan badiiy faoliyat ob’yektga qarab mo’ljal oladi,
mazmunan esa, u shaxs o’zligining ifodasi, inson ma’naviy hayotining intim tomoni, ijodkor
ideallari va didining majmui hisoblanadi.
Borliqni badiiy idrok etishning o’ziga xos xususiyati ko’p jihatdan san’at tilining o’ziga
xosligi bilan belgilanadi. Uning tarjimoni – ijtimoiy aloqalar tizimiga kiruvchi madaniyatning
belgilar tizimlaridir. San’at madaniyat tillarini badiiy tafakkur va aloqa vositalariga aylantiradi.
Bunda san’at tili ikki xil ma’noda: dastlabki, madaniy (asarni idrok etishda u aynan tushunilishi
mumkin) va shartli, badiiy ma’noda keladi. «Ma’nolar o’yini» asl borliqdan chalg’itmaydi, biroq
uni mutlaqo kutilmagan tomondan ko’rish imkonini beradi. San’atni idrok etishda muttasil
kashfiyotlar yuz beradi. Ularning orasida eng muhimi qalbimizning xilvat burchaklarini
yorituvchi yashin chaqiniga o’xshaydigan o’zlikni kashf etishdir. Ongning kutilmagan
kashfiyotlar xos bo’lgan bunday holati psixologiyada «insayd» deb ataladi. San’atni idrok etish
o’zlikni anglash bilan bog’liq cheksiz va tengsiz lazzat baxsh etadi. San’atni idrok etish
mexanizmi sifatida empatiya, ya’ni o’zini obraz bilan tenglashtirish amal qiladiki, bu kuchli
emotsional ta’sirlanishga sabab bo’lishi mumkin. Ijobiy va salbiy emotsional holatlarning bir-
biriga o’tishi bilan bog’liq murakkab jarayon shaxsni o’z tajribasini qayta tushunishga majbur
qiladi va uning qadriyatlar tizimida to’ntarish yasashga qodir.
SHunday qilib, san’atning bilishdagi ahamiyati shundan iboratki, u bilish va o’zlikni
anglashning o’ziga xos birligidir. San’at – shaxsni ma’naviy boyitish manbai. U insonning ijodiy
imkoniyatlarini faollashtiradi, uning madaniyat dunyosi va umuman jamiyatdagi xulq-atvorni
tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. San’atni idrok etishda ob’yekt va sub’yekt mushtarakdir.
SHaxs san’at asarining mazmuniga o’zining daxldorligini his qiladi va uni o’zida kashf etadi.
SHu sababli san’atni idrok etish orqali bilish faolligi namoyon bo’ladi.
Bilishning mifologiya bilan uzviy bog’liq bo’lgan qadimgi shakllari diniy va falsafiy
bilishdir.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə