5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə35/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Intuitsiya – haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab yetish
qobiliyatidir. U doim inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish mahsuli hisoblanadi.
SHu ma’noda faqat iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq odamlargina intuitiv bilishga qodir.
Intuitsiya muammosi falsafa va tabiatshunoslik tarixida har xil, ba’zan bir-birini istisno
etuvchi yondashuvlar, nuqtai nazarlar va tasavvurlar bilan tavsiflanadi. Antik falsafadayoq bu
muammo atrofida keskin bahslar bo’lgan. Ioniya falsafasi namoyandalari intuitsiyaga bevosita
bilim, sezgi a’zolari orqali bilish shakli deb qaragan bo’lsalar, eley maktabi vakillari, shuningdek
Levkipp va Demokrit bevosita bilim va sezgi a’zolari orqali bilishni rad etganlar, sezgilarni soxta
deb e’lon qilganlar. Suqrot talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g’oyasiga egalik»dir.
Platon ham hissiy bilishni haqiqat emas deb hisoblagan.
YAngi davrda Dekart, Spinoza, Leybnits intellektual intuitsiya haqidagi ta’limotni
yaratdi. Dekart intuitsiya deganda sezgilarning omonat guvohligi va tartibsiz xayolning aldamchi
mulohazasiga bo’lgan ishonchni emas, balki teran va zehnli aqlni tushunadi. Spinoza intuitsiyani


narsalarning mohiyatini qamrab oluvchi eng ishonchli bilish deb hisoblaydi. Sensualistlar sezgi


darajasidagi intuitsiyani targ’ib qiladi, sezgi a’zolari orqali, bevosita bilishni birinchi o’ringa
qo’yadi. J.Lokk fikriga ko’ra, aql – sezgi a’zolari faoliyatining haqiqiy natijalarini uzluksiz qayd
etuvchi ko’zgu, xolos. Bilishning bu tomonini rad etib bo’lmaydi: aql shu tomonga o’z e’tiborini
qaratgani zahoti u, xuddi quyoshning yorqin nurlari kabi, o’zini bevosita idrok etishga majbur
qiladi. Ikkilanish, shubhalanish, o’rganishga hech qanday o’rin qolmaydi: aql shu zahoti uning
yorqin nurlari bilan to’ladi, isbotlash yoki o’rganishga muhtoj bo’lmaydi, biroq haqiqatni faqat
unga o’z e’tibori qaratilganligi tufayli idrok etadi.
Muammoni o’rganishga nemis klassik falsafasi muhim hissa qo’shdi. Kant intellektual
intuitsiya qobiliyatini inkor etib, sof apersepsiya g’oyasini ilgari suradi. Biroq keyinchalik Fixte
Kantning sof apersepsiyasi amalda intellektual intuitsiyaning o’zi ekanligini, u Dekart, Spinoza
va Leybnitsning amalda mavjud narsalarni bilish qobiliyati sifatida qaralgan intellektual
intuitsiyasidan Kantda intuitsiya faoliyatni bilishga qaratilganligi bilan farq qilishini ko’rsatdi.
Fixtening o’zi intellektual intuitsiyani amalda mavjud narsalarni emas, balki mutlaq narsalar
faoliyatini bilish sifatida tushunadi. SHelling Kant-Fixte yo’nalishini rivojlantirib, ularning
ta’limotini o’zining transsendental idealizmi – «substansiyani bilish uchun» o’z naturfalsafasi
bilan to’ldiradi, estetik tasavvurni birinchi o’ringa qo’yadi. O’tmish ratsionalistlaridan farqli
o’laroq, u intuitsiyaning sabablarini idrok emas, balki aql faoliyatidan qidiradi.
Gegel’ o’z o’tmishdoshlarining intellektual intuitsiya haqidagi ta’limotlariga tanqidiy
yondashib, bilish mantig’i, nazariyasi sifatida dialektikani ishlab chiqadi. U falsafani tafakkur
faniga aylantiradi, uning sof tafakkurga asoslangan mantiqiy oqilona tizimini yaratadi, shu
sababli uning ta’limotida intellektual intuitsiya o’rnini dialektika egallaydi.

http://fayllar.org



Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə