5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə5/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Bilimning asosiy turlari. Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin, balki
hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan
biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan,
bilimning juda ko’p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo’yib bo’lmaydi. SHuni
e’tiborga olib, bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko’ramiz. Odatda, biz nimanidir
bilishimiz haqida gapirganimizda, o’zimiz bu «nimadir» haqida ancha to’g’ri tasavvurga egamiz,
deb hisoblaymiz. SHuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o’z shaxsiy fikrimiz
emasligiga ham ishonchimiz komil bo’ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi
qandaydir dalillar keltirishimiz mumkin. SHunday qilib, o’z shaxsiy hayotimizda biz amaldagi
holatga mos keladigan va ma’lum asoslarga ega bo’lgan ishonch, e’tiqodni bilim deb
hisoblaymiz.
Teran ma’no bilan sug’orilgan bu bilim talqinining umumiy ruhi gnoseologiyada ham
saqlanib qolgan. Ayni vaqtda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba’zi bir holatlarni
aniqlaydi va ularga oydinlik kiritadi. «S sub’yekt qandaydir P predmetni biladi» degan standart
gnoseolgik talqin quyidagi uch shartni o’z ichiga oladi:
o
haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo’lsa, u holda S P ni 
biladi». Biz CHimyon Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti
CHimyon chindan ham Toshkentdan shimolroqda joylashgan bo’lsa. Agar biz Amudaryo
Tinch okeaniga quyiladi, deb aytsak, bizning bu fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato
bo’ladi.
1
Толстой Л.Н. Воспоминания. – М.: Прогресс, 1991. – С.3.



o
ishonchlilik (e’tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga 


ishonadi (uning mavjudligiga e’tiqodi komil bo’ladi). Masalan, agar biz O’zbekistonda
dengiz bor desak, biz uning amalda mavjudligiga ishonamiz. Odatda bilim shunday ishonch
yoki shunday e’tiqod hisoblanadi va ularni ajratish mumkin emas. SHunday bir vaziyatni
tasavvur qiling: siz oyna oldiga kelib, tashqarida yomg’ir yog’ayotganini ko’rasiz. Siz:
«YOmg’ir yog’yapti, lekin men bunga ishonmayman», deysiz. Bu iboraning anoto’g’riligi
bilimimiz bizning e’tiqodimiz ekanligini ko’rsatadi.
o

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə