5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə17/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Bilishdagi qarama-qarshiliklar. Bilish jarayoni ma’lum qarama-qarshiliklardan ham xoli
emas. Ular bilishning murakkab muammolarga to’la xususiyatini aks ettiradi. Bilish jarayonida
mavjud qarama-qarshiliklarning ayrimlarini aytib o’tamiz.
Sub’yekt va ob’yekt (ya’ni inson va tashqi dunyo) o’rtasidagi qarama-qarshilik mangu va
mutlaqo tabiiydir. U insonning dunyoni amalda o’zgartirish ehtiyoji bilan bu dunyo haqidagi
bilimlarning kamligi (yoki umuman mavjud emasligi) o’rtasidagi nomuvofiqlikni ifodalaydi.
Aslida bilish jarayoni doim ayni shu nomuvofiqlikdan boshlanadi.
Ba’zan bilishga sezgi a’zolari ma’lumotlari bilan tashqi dunyoning fikr va tushunchalardagi
in’ikosi o’rtasidagi qarama-qarshilik xosdir. Ma’lumki, Quyoshning chiqishini faqat Quyosh
harakatsiz yer atrofida aylanishini taxmin qilib, sezgi a’zolari yordamida tushuntirish mumkin.
Biroq bu hodisani ilmiy mushohada yordamida, ikkala osmon jismining harakatchanligini



isbotlash yo’li bilan ham tushuntirish mumkin. Bu qarama-qarshilik taxminlarimizning mantiqiy


dalillar va mulohazalar tizimi yordamida tajribada sinash yo’li bilan yechiladi.
SHakllangan nazariya bilan olingan yangi ilmiy dalillar va eksperimental ma’lumotlar
o’rtasidagi qarama-qarshilik ham bilish uchun tabiiy bir holdir. Bunda mazkur dalillar yordamida
nazariyaga aniqlik kiritish yoki, aksincha, uni eskirgan va o’z ahamiyatini yo’qotgan deb topish
talab etiladi.
Bilish jarayonida fandagi oqimlar, maktablar va ayrim nazariyalar o’rtasida qarama-
qarshiliklar yuzaga keladi. Bunday qarama-qarshilik falsafada ham, masalan, «Demokrit
yo’nalishi» va «Platon yo’nalishi» o’rtasida mavjud. Insonning tashqi dunyoni to’liqroq va
aniqroq bilishga intilishi bilan buning uchun sub’yektiv va ob’yektiv chegaralar (inson
qobiliyatining cheklanganligi, fan va texnika rivojlanish darajasining yetarli emasligi va
boshqalar) mavjudligi o’rtasidagi nomuvofiqlik odatdagi hol hisoblanadi. Faol va rivojlanuvchi
jarayon bo’lgan inson bilishi uchun qarama-qarshiliklarning mavjudligi tabiiy bir holdir.
Ularning umumiy negizini amaliyot, ijtimoiy hayot tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar amaliyot
jarayonida yangi metodlar va dalillarni izlash, bilish sub’yektining intellektual qobiliyatini
takomillashtirish yo’li bilan yechiladi.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə