5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə7/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Bilim shakllari - Inson o’zini qurshagan olamni anglab yetadi, uni har xil usullar yordamida
o’zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiy-
texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma’naviy
(ideal) usul; uning doirasida sub’yekt va ob’yektning bilishga doir munosabatlari ular o’rtasidagi
ko’p sonli munosabatlarning biridir. O’z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar
amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o’zining har xil shakllarida
mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o’zaro bog’liq bo’lsa-da, lekin bir-biriga
o’xshamaydi va har bir biri o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Bilish, ma’naviy faoliyat shakli sifatida, jamiyat paydo bo’lgan davrdan va jamiyat bilan
birga ma’lum rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda. Bu bosqichlarning har birida bilish
jarayoni insoniyat tarixi mobaynida yuzaga kelgan rang-barang va o’zaro bog’langan ijtimoiy-
madaniy shakllarda amalga oshiriladi. SHu bois yaxlit hodisa sifatidagi bilishni biron-bir
shaklga, hatto so’zning o’z ma’nosidagi bilishni to’liq «qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham
bog’lash mumkin emas. SHu sababli gnoseologiya umumlashtirish uchun faqat bir soha – ilmiy
bilimdan va hatto yuksak darajada rivojlangan tabiatshunoslikdan material olib, o’z xulosalarini
chiqara olmaydi.
Kundalik amaliy bilim. Tabiat haqida, shuningdek odamlarning o’zlari, ularning yashash
sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to’g’risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy
bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot,
odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan. SHu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam
bo’lsa-da, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga ega bo’ladi, ma’lumotlar, qoidalar va shu
kabilarning oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U sog’lom



fikr, e’tiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning


an’analar, rivoyatlar, o’gitlar va hokazolarda ifodalangan ko’rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar
va shu kabilarni o’z ichiga oladi.
Kundalik bilim – bu har xil faoliyat shakllari – jumladan ishlab chiqarish faoliyati, estetik
faoliyat, siyosiy faoliyat va hokazolarning ta’sirida shakllanadigan turmush bilan bog’liq
tushunchalar majmui avlodlar to’plagan jamoa kollektiv tajribasi mahsuli hisoblanadi.
SHaxsiy darajada kundalik bilim muayyan shaxsning emotsional kechinmalari va o’z hayot
tajribasini anglab yetishi bilan bog’liq. Inson dunyoni nafaqat ilmiy o’rganish, balki o’z hayoti,
kundalik amaliyotida o’zlashtirish jarayonida ham tushunib yetadi. Bunday o’zlashtirishning
universalligini hozirgi zamon nemis faylasufi Gadamer «dunyoni sinash» deb nomlagan.
Kundalik bilim zamirida odamlar faoliyatining rang-barang shakllari yotadi. Bu faoliyat turlari
urf-odatlar, rasm-rusumlar, bayramlar, marosimlar, jamoa harakatlari (o’yin, raqs va h.k.),
axloqiy qoidalar va taqiqlar bilan tartibga solinadi. Ular odamlarni jamoaviy ijtimoiy, madaniy
tajribaga jalb etish vositalari bo’lib xizmat qiladi, odamlarning tabiatga va bir-biriga
munosabatini tartibga soladi, yangi bilimlarning shakllanishiga xizmat qiladigan boshlang’ich
bilim sifatida amal qiladi.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə