2-Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi hamda rivojlanishi


Tirik organzmlarning paydo bo‘lishi



Yüklə 43,1 Kb.
səhifə7/10
tarix19.12.2023
ölçüsü43,1 Kb.
#152021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 Yerda hayotning paydo bulishi hamda rivojlanishi

Tirik organzmlarning paydo bo‘lishi
Oqsil tomchilar va nuklein kislotalar simbiozi natijasida paydo bo‘lgan protobiontlar keyinchalik yanada takomillashib, tirik organizmlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
1.Mikroorganizmlarning kelib chiqishi. Viruslarning kelib chiqishi haqida 3 xil gipeteza bor;
1. Viruslar primitiv, hujayrasiz (protobiont) formalardan kelib chiqqan. Ya’ni protobiontga nuklein kislotalar kirib axborot to‘plash, uzatish, qabul qilish vazifalarini bajargandan keyin ular viruslarga aylangan.
2. Viruslar parazitlikka o‘ta moslashish natijasida o‘zgargan mikroorganizmlardan kelib chiqqan.
3. Viruslar hujayra organoidlari-mitoxondriylar, plastidlardan kelib chiqqan. Bu gipotezalarning qaysi biri haqiqatga yaqinligi hozirgacha aniqlanmagan.
2. Bi hujayrali organizmlarning kelib chiqishi. Yaqin vaqtlargacha hayotning eng qadimiy yoki dastlab paydo bo‘lgan vakillari haqida ma’lumotlar juda kam edi. Chunki ular nihoyatda mayda va nozikligi uchun ham kam o‘ranilgan. Jumladan, kembriy davrigacha yashagan yer qatlamlarida meduzalar, chuvalchanglar va bulutlar toshga aylangan holda topilgan. Ammo bu topilmalar hayotning eng qadimgi formalari haqidagi muammoni hal eta olmaydi. Kembriy davrigacha bo‘lgan hayot izlarini topishdi. XX asr boshlarida Charlz Uolnott topgan stromatoitlar muhim ahamiyatga ega. U Kanadadan topilgan bu riflarni suv o‘tlaridan iborat, deb tahmin qildi. Keyinchalik bu taxmin to‘la tasdiqlandi. 1954 yili A.S.Tayler Ontarioda topilgan qazilmalarni tekshirib, ular ko‘k-yashil suv o‘tlaridan va bakteriyalardan iboratligini isbotladi. Ularni tirik holda Avstraliyaning sho‘r suvlarida ham topdi. Hozircha 45 ga yaqin ko‘k-yashil suv o‘tlar va bakteriyalardan iborat stromotolitlar topilgan.
Hujayrasida yadrosi bo‘lmagan organizmlar prokariot deyiladi. Masalan, viruslar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlar. Hujayrasida yadrosi bo‘lgan organizmlar eukariotlar deyiladi. Masalan, o‘simliklar, hayvonlar.
Propariot bakteriyalar 3,5 mlyard yil oldin yashagan. Hozir bakteriyalarning ikki guruhi bor; qadimgi yoki arxiobakteriyalar, hozirgilari yoki eubakteriyalar. Arxibakteriyalar sho‘r suvlarda yuqori tempratura muhitida, metan gaziga boy joylarda yashaydi. Tahmin qilinishicha, 3 mlyard yil oldin hayot faqat mikroorganizmlar shaklida bo‘lgan. Ular anaerob sharoitida yashab elektr uchqunlari, ultrabinafsha nurlar yordamida abiogen yo‘l bilan hosil bo‘lgan organik moddalar energiyasidan foydalangan. Eukariotlarga nisbatan prokariotlar kam bo‘lsa ham ularning metabolizmi va biokimyosi turli tumandir.
Qadimgi prokariotlarning kislorodga munosabati turlicha bo‘lgan. Ba’zi bakterialar kislorodli muhitga moslashgan. Eukariotlar esa faqat kislorodli muhitda yashaydi. Dastlabki prokariotlar abiogen yo‘li bilan sintezlangan organik moddalarni kislorodli parchalanishi hisobiga yashaganligi ehtimoldan holi emas. Bu esa o‘sha muhitda organik moddalar miqdorini kamayishiga sabab bo‘lgan, prokariotlar o‘rtasida oziqa uchun raqobat kuchaygan. Bu raqobat natijasida ba’zi geterotrof oziqlanuvchi prokariotlar avtotrof oziqlanishga o‘tgan va shu yo‘l bilan bu raqobat pasaygan. Ammo bunda dastlabki xemosintez, ya’ni anaerob sharoitda oziq moddalar sintezlangan va atrof muhitga kislorod ajralib chiqmagan. Bu ximosintezni fotosintezdan farqi ham hisoblanadi. Balki dastlabki fotosintez uchun anaerob sharoit yetarli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday bakteriyalardan keyinchalik sianobakteriyalar kelib chiqqan deb tahmin qilinmoqda. Bu foto yoki xemosintez faqat oziqa raqobatini kamaytirib qolmay, balki biogen moddalar va kislorod to‘planishiga sababchi bo‘lgan.
Kislorod to‘planishi ozon qavatini hosil bo‘lishiga, u esa hayot uchun havfli bo‘lgan ultrabinafsha nurlardan tirik organizmlarni himoya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tahmin qilinishicha bundan 1,5 mlyard yil oldin paydo bo‘lgan. Ularning kelib chiqishi haqida ikki xil faraz bor.

Yüklə 43,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə