2-Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi hamda rivojlanishi


Autogen faraz yoki nazariya



Yüklə 43,1 Kb.
səhifə8/10
tarix19.12.2023
ölçüsü43,1 Kb.
#152021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 Yerda hayotning paydo bulishi hamda rivojlanishi

1.Autogen faraz yoki nazariya. Bu nazariyaga ko‘ra eukariot hujayra (organizm) prokariot hujayrani o‘z-o‘zidan tabaqalanishi(takomilanishish) natijasida paydo bo‘lgan. Bu tabaqalanish membrana va uning sitoplazmaga kelib chiqishi hisobiga ichki strukturalar hosil bo‘lgan va ular hujayra organoidlariga aylangan. Bu protseslar qaysi prokariotlarga amalga oshganligini aytish kiyin .
2.Simbiotik gipoteza. Bu gipotezani amerikalik olima L.Morgulis himoya qilgan. Bu gipotezaga ko‘ra, yadrodan tashqari plastida va mitoxondriyalarda ham DNK bor va ular mustaqil rivojlanadi. Morgulisning fikricha, eukariot hujayralarning kelib chiqishi bir necha bosqichdan iborat.
1-bosqichga Amyobasimon prokariot ichiga mayda aerob bakterialar kirib, simbiotik yashashlaridan paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Prokariotlar tashqaridan ozuqa qabul qilgan, bakteriya esa uni qayta ishlagan. (ximofotosintez) keyin ular o‘z mustaqiligini yo‘qotib mitoxonriyalarga aylangan.
2-bosqichda bu simbiotik prokariot hujayra uchiga spiroxetosimon bakiyeriya joylashib ular xam oldin simbioz usulda yashab, keyin o‘z mustaqilligini yo‘qotgan va kinetosomalar va xivchinlarga aylangan. Shundan keyin sitoplazmada diffuz holatida joylashgan DNK ning membrana bilan o‘ralib, sitoplazmadan alohidalanishi natijasida, dastlabki eukariot bir hujayralilar hosil bo‘lgan, keyinchalik ularning evolyutsion taraqqiyoti natijasida zambrug‘lar va hayvonlar kelib chiqqan. Yuqorida aytilgan tuzilishiga ega bo‘lgan eukariot hujayralarning rivojlanishini 3-босқичида ularning ichiga sianabakteriyalar kirib simbioz yashagan. So‘ngra o‘lar o‘z mustaqiligini yo‘qotib, plastidalarga aylanishi tufayli dastlabki eukariot o‘simlik hujayralari paydo bo‘lgan. Ulardan keyin takomillashish tufayli boshqa o‘simlik kelib chiqqan. Olimlarning fikricha, biokimyoviy jarayonlarning borishi uchun sianobakteriyalar anaerob va aerob organizmlar orasida joylashgan.
Dastlabki eukariot hujayralar taxminan 15-14 mln yil oldin paydo bo‘lgan. Bu davrga kelib havoda kislorod ko‘pligi tufayli eukariotlar aerob sharoitga tez moslashgan. Eukariotlarning turli tuman turlari 1 mlyard yil ilgari paydo bo‘lgan. Eukariot organizmlarning keyingi 400 mln yil davomidagi taraqqiyotidan keyin ko‘p hujayrali organizmlar kelib chiqqan. Ular quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan:
1. Dastlabki tirik hujayralar mayda yumaloq anaerob holida bo‘lgan va abiogen yo‘l bilan hosil qilingan. Organik moddalarning bijg‘ishishi tufayli ajralib chiqqan energya hisobiga yashagan.
2. Tayyor ozuqaning kamayishi natijasida fotoxemosintez qiluvchi organizmlar hosil bo‘lgan. Agar fotosintez bo‘lsa unda anaerob usulda ro‘y bergan Atmosferadan yerga tushgan ultrakislorod ajratgan, lekin 100mln yil davomida kislorod okeandagi temir bilan reaksiyaga kirishib, atmosferaga kislorod to‘planmagan.
3. Okeandan temir va boshqa metallar ajralgandan keyin,atmosferada kislorod to‘planib, hozirgi darajaga yetgan. Bu bioligik evoyutsiyaga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Anaerob organizmlar kislorodsiz joylarga ko‘chib fotosintez uchun qulay joylarni sianobakteriyalar tanlagan. Shu usulda azotni fiksatsiya qiluvchi organizmlar (azot bakteriyalar)xam anaerob hayot sharoitiga o‘tgan yoki geterotsista xosil qilib himoyalagan. Atmosferada ozonni (O3 ) hayot uchun xafvli ul’trabinafsha nurlarini yerga yetkazmagan.
4. Atmosfera kislorod ko‘payishi tufayli u bilan nafas oluvchi hujayralar rivojlanishi natijasida ularda moddalar almashinuvi samaradorligi yuqori bo‘lgan.
Nixoyat, 1450 mln yil ilgari dastlabki eukariot hujayrali formalar paydo bo‘lgan va ular to‘liq aerob muhitda yashashga moslashgan. Mazkur organizmlarda jinsiy yo‘l bilan ko‘payishning paydo bo‘lishi ularning xilma-xil bo’lishiga va takomilashuviga imkoniyat bergan. Jinssiz ko‘payish esa koatservat tomchilardan boshlangan va u jinsiy ko‘payishga qaraganda qadimydir.Sodda hayvonlarning qaysi bir gruppasi dastlab paydo bo‘lgan degan savolga javob berishda olimlar ikki gruppaga bo‘linadi.
1. 1914-yilda Pasher degan olim shu masalaga bag‘ishlangan o‘z fikrlarini bayon qilgan. Uning fikricha, sodda hayvonlarning kelib chiqishida, bosh masala ovqatlanish bo‘lgan. Yerda dastlab xivchinlilar paydo bo‘lgan.Ularning organizmida fotosintez jarayoni sodir bo‘ladi. Fotosintez natijasida tayyorlangan organik moddalar bilan oziqlanadi. Bu avtotraf yo‘li bilan oziqlanish deb ataladi. Ularni yorug‘likka tushib qolganlaridan o‘simliklar, qorong‘ulikda tushib qolganlaridan esa hayvonot dunyosi kelib chiqqan, deb taxmin qiladi.
2. Organik olam oddiydan murakkabga qarab borishini hisobga olsak xivchinlilar sarkodalilarga nisbatan murakkab tuzilgan (xloroplastlari, po‘sti, fotosintez yo’li bilan oziqlanishi ). Ana shularga asoslanib, akad. A.N Oparin o‘z nazariyasini yaratdi. Uning fikricha, sodda hayvonlar orasida eng primitv tuzilishiga ega bo‘lgan hayvon-bu sarkodalilar bo‘lib, ular koatservat tomchilari kabi, ma’lum shaklga ega emas, xivchinlilardan sporalilar, infuzoriyalar kelib chiqqan. Xulosa qilib aytganda har xil fikrlar bor.
1. Bir gruppa olimlarning fikricha, hujayrali hayvonlar bir hujayrali hayvonlarning, aniqrog‘i xivchinlilarning kolonniya bo‘lib yashaydigan formalaridan kelib chiqqan. Bu isbot talab etilmaydigan aksioma, deb aytilmoqda. Bu qanday yo’l bilan borishi to‘g‘risida bir nechta nazariyalar bor (E.Gekkel, I.I Mechnikov,A.A Zaxvatkin nazariyalari).
2. Organik olam oddiydan murakkabga qarab borar ekan, ko‘p hujayrali hayvonlar infuzoriyalardan kelib chiqqan. Yugoslav olimi I.Xadji infuzoriyalar bilan turbelyariyalar o‘rtasida o‘zaro o‘xshashliklarni topib, ana shunday xulosaga kelgan. Kovakichlilar uch qavvatli hayvon hisoblanadi, mezogliyasida ham hujayralar bor, deydi.
3. 1924 yilda rus olimi I.I.Mesyatsev infuzoriyalar yassi chuvalchanglar tipining turbelyariyalar sinfini ichaksizlar (Acoela) turkumi vakillarining hujayra oraliqlarini yo‘qolib ketishi va yadrolarini qo‘shilib ketishi tufayli hosil bo‘lgan. 1939 yilda rus olimi V.V.Shuleykin va boshqalar organizm qancha kichik bo‘lsa kipriklar bilan, qancha katta bo‘lsa muskul bilan harakatlanishi qulayligini aniqladilar. Muskul evolyutsiya jarayonida keyinchalik yo‘qlab chiqqan. Demak, turbelyariyalar evolyutsiya jarayonida infuzoriyalardan keyin paydo bo‘lgan.
A.A.Paromonovning fikricha infuzoriyalar yuqori darajada tuzilgani bilan ular evolyutsiyaning tipigini paydo qiladi va ulardan boshqa hayvonlar kelib chiqmagan.
Bitta hujayraning nixoyatda murakkab tuzilishi unda boshqa hujayra hosil bo‘lishi yoki bo‘lmasligini inkor etadi. Ba’zi olimlarning fikricha, sarkodalilar va xifchinlilar, sodda hayvonlarning alohida-alohida shaxobchalarini tashkil etadi, ular o‘zlaridan oldin yashagan hayvonlardan kelib chiqqan.
Umuman qanday yo‘l bilan paydo bo‘lganligidan qatiy nazar, yerda dastlab paydo bo‘lgan ko‘p hujayrali hayvon-bu plastinkasimonlar-trixoplakslar hisoblanadi. Ular ham ma’lum shaklga ega emas. Oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Trixoplakslardan bulutlar kelib chiqqan. Bulutlarda hujayralar to‘qima darajasida shakllanmagan. Uning hujayralari-xoanotsitlari xivchinlarga o‘xshaydi. Kovakichlilar bulutlarga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘lgan va tariqqiy etgan. Chunki kovakichlilar erkin yashagan va gastral bo‘shliq orqali ko‘plab ozuqa qabul qilgan. Paypaslagichlari va otiluvchi hujayralari katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Nerv va sezgi organlari taraqiy etgan. Radial simmetriyaning bo‘lishi va mezodermaning yo‘qligi ularning harakatini pasaytiradi. Chunki ularda muskul yo‘q.
Xulosa qilib aytganda, ko‘p xujayralilar sodda hayvonlardan kelib chiqqan. Ammo bu muammo o‘rganilishi va yangi ilmiy dalillar bilan boyitilishi kerak.

Yüklə 43,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə