2-Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi hamda rivojlanishi


Hayot formalari yoki shakllari



Yüklə 43,1 Kb.
səhifə3/10
tarix19.12.2023
ölçüsü43,1 Kb.
#152021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 Yerda hayotning paydo bulishi hamda rivojlanishi

Hayot formalari yoki shakllari

Hayot formalari nihoyatda xilma-xildir. Masalan, yadroli, yadrosiz: bir hujayrali, ko‘p hujayrali, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar mikroorganizmlar. Bular ham o‘z navbatida yana bir qancha tip, sinf, turkum, oila, avlod va turlarga bo‘lanadi. Ana shu hayot formalarini bir necha bo‘laklarga bo‘lish mumkin: molekulyar, hujayraviy, to‘qima, organ, ontogenez, populyatsiya, tur, biogetsenoz, biosfera hayot formalariga bo‘lish mumkin. O‘rganish obektiga qarab yana bir qancha shakllarga bo‘lish mumkin. Qo‘yidagilarga to‘xtalamiz:
1. Molekulyar-genetik hayot formasi. Hayotning bu formasining asosini DNK molekulasi tashkil etadi. DNK molekulasining reduplikatsiyasi gendan iborat qismining mutatsiyasi (genetik kasalligi), axborot uzatish (oqsil biosintezi) hujayra ichidagi molekulaning boshqarilishi hisoblanadi.
Reduplikatsiyada DNKning qo’sh sperali ikkiga ajralib, uning biridan RNK, biridan DNKning qo’sh sperali hosil bo‘ladi. I-RNK yadrodan sitoplazmaga-ribosomaga oqsil turli xil sintezi, mutatsiyalar sodir bo‘lishi mumkin. Oqsil biosintezi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab genetik kasalliklar bor. Demak, molekula darajasida organizmda biosintez, axborot uzatish hodisalari sodir bo‘lmoqdaki, bu hayotning belgisidir.
2. Ontogenetik hayot formasi. Hayotning bu formasini tushunish uchun “Individ” tushunchasini aniqlash kerak. Bir hujayrali organizmlar yadro, sitoplazma va organellalardan iborat. Ko‘p hujayrali individlar ko‘plab hujayralardan tashkil topgan. Individ-yerdagi hayotning bo‘linmaydigan elementar formasi hisoblanadi. Individni bo‘lib bo‘lmaydi, agar bo‘linsa unda hayot bo‘lmaydi.
Koloniya bo‘lib yashovchi hayvonlarning bitta koloniyasi bitta indvid hisoblanadimi? Bu savolga hozirgacha javob berib bo‘lmaydi. Masalan: korall poliplar yoki sifonoforalarning bitta koloniyasida: 1) ovqatlanuvchi: 2) yotuvchi: 3) ko‘payuvchi; 4) suzuvchi individlar gruppasi bor. Bunday olib qaraganda bularning hammasi bitta individni (organizmni) tashkil etadi. Lekin u yerda individlar soni ko‘p. Bu gruppa individlar o‘rtasida funksiyalar bo‘lingan, lekin ular o‘zaro bog‘liq, bo‘ladi.
Lishayniklar suv o‘tlari bilan simbioz yashab zamburug‘larning hosil bo‘lgan. Ularni bo‘lsa alohida individ sifatida yashashi mumkin. Ana shu noaniqliklar individ tushunchasini aniqlashda o‘ziga xos qiyinchiliklar va muammolar paydo qiladi.
Evolyutsion nuqtai nazaridan individ deganda, bitta zigotadan, gametadan, sporadan, novdadan hosil bo‘lgan va evolyutsion faktorlar ta’sirida o‘zgaradigan organizm tushuniladi. Ontogenez hayot formasi individning hosil bo‘lishini toki o‘limigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ontogenezda molekulyar, hujayra, to‘qima, organ, individ hayot formalari mavjud bo‘ladi. Individ tabiatda alohidalashmagan balki populyatsion-tur darajasida birlashgan bo‘ladi.
3. Populyatsion-tur hayot formasi. Populyatsiya tur ichidagi individlar yig‘indisi bo‘lib, turning boshqa populyatsiyasidan finotip va genotip jihatdan ma’lum darajada farq qiladi. Populyatsiyalarda individlar ba’zan qo‘shiladi va axborot (genetik) almashtirib oladi. Populyatsiya evolyutsiyaning elementar stadiyasi, tur esa sifat jihatidan etapi hisoblanadi. Populyatsiyadagi individlar o‘zaro qo‘shilib yangi individlarni hosil qiladi.
4. Biogeotsenoz hayot formasi. Har xil turlarning ma’lum joydagi populyatsiyasi biotsenozni hosil qiladi. Biotsenoz deganda, ma’lum teritoriyadagi o‘simlik, hayvon, zamburug‘ va mikroorganizmlarning umumiy yig‘indisi tushuniladi. Biotsenoz egallab turgan joy (yer) va atmosfera bilan birgalikda ekosistema yoki biogeotsenoz deb ataladi. Ekosistema bir tomchi suvdan, daryo, qit’a, butun biosferagacha kattalikda bo‘lishi mumkin. Ekosisitemada tirik va o‘lik tabiat o‘rtasida moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘ladi. Agar bu almashinuv to‘xtasa hayot to‘xtaydi. Ekosistema turlarning tarixiy taraqqiyoti hisoblanadi. Biotsenozda avtotrof va geterotrof organizmlar o‘zaro oziqlanish zanjirini hosil qiladi. Biogeotsenoz populyatsiya evolyutsiyasi uchun muhim hisoblanadi.

Yüklə 43,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə