2-Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi hamda rivojlanishi


O‘simliklar evolyutsiyasining bosqichlari



Yüklə 43,1 Kb.
səhifə9/10
tarix19.12.2023
ölçüsü43,1 Kb.
#152021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 Yerda hayotning paydo bulishi hamda rivojlanishi

O‘simliklar evolyutsiyasining bosqichlari. Hozirgi paytda 500 mingdan ortiq o‘simlik turi bor, shulardan 300 minggi gulli o‘simliklardir. Yashil suv o‘tlarning qoldig‘i arxey erasining qoldiqlarida 3 mlyard oldin yashaganligini aniqlagan. Birlamchi tuproq proterozoyda hosil bo‘lgan va o‘simliklarning quruqlikda chiqishga imkoniyat yaratilgan. 400-435 mln yil oldin silur davrida o‘simliklar (rinotsiylar) quruqlikga chiqqan. Paleozoyning boshlarida o‘simliklar faqat suvda yashagan. silur davrida birinchi marta quruqlikka chiqqan o‘simliklar pislofitlardir. Ular quruqlikni yashil holatga keltirgan. Pislofitlar suv o‘tlari bilan quruqlik o‘simliklari orasida bo‘lgan. Ularning ildizi bo‘lmagan keyin o‘simliklarda ildiz, poya, barg hosil bo‘lgan. Quruqlikda keyinchalik moxsimonlar, paparotniksimonlar va ochiq urug‘simonlar paydo bo‘lgan. Bular qo‘ng‘ir yoki yashil suvo‘tlaridan kelib chiqqandeb taxmin qilinmoqda.
O‘simliklar quruqlikka chiqishi bilan ikkita yo‘nalish bo‘yicha tariqqiy etgan; 1) gametafit hosil bo‘lishi; 2) sporofit hosil bo‘lishi.
O‘simliklar sistemasining taraqqiy etishi o‘tkazuvchi, qoplovchi va mexanik to‘qimalar takomillashuviga olib keldi. Devon davrida poporotniklar va plaunlar o‘rmoni paydo bo‘lgan. Karbon davrida ular yanada keng tarqalgan. Sporali o‘simliklar – lepidodendronlar sigillyatsiyalar 40 m balandlikga yetadi. Karbon davrida ochiq urug‘li o‘simliklar yaxshi taraqqiy etgan. Ularning bir qismi Perm davri 280 mln yil oldin qirilib ketgan.
Poporotniksimonlarning asosiy evolyutsion yo‘li sporalar hosil qilish-jinsiy yo‘l bilan ko‘payish orqali borgan. Muhim bosqich- poporotniklarda har xil sporalarning hosil bo‘lishidir. Bu Silur va Devon davrlarida 400 mln yil oldin paydo bo‘lgan. Har xil gametofitlarning hosil bo‘lishi gaploid gemotofitlarning qisqarishiga olib kelgan. Bu esa diploidli ontogenezni murakkablashuviga olib kelgan.
Ochiq urug‘lilarda guddalar hosil bo‘lgan. Changlar harakatsiz bo‘lib, shamol yoki hasharotlar yordamida tarqala boshlagan. Urug‘ yordamida ko‘payish diploidli embrion urug‘ qobig‘i va undagi ozuqani paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu esa gulli o‘simliklarni keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Ular asta-sekinlik bilan katta maydonlarni egallay boshlaganlar. Ana shu davrda ularni tuzilishi va taraqqiyoti katta o‘zgarishlarga uchragan.
Bundan keyin o‘simlik va hayvonlar (hasharotlar) o‘zaro moslashganlar.


  1. Yüklə 43,1 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə