2-Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi hamda rivojlanishi


Ikkinchi bosqich oqsillarni paydo bo‘lishi



Yüklə 43,1 Kb.
səhifə5/10
tarix19.12.2023
ölçüsü43,1 Kb.
#152021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 Yerda hayotning paydo bulishi hamda rivojlanishi

Ikkinchi bosqich oqsillarni paydo bo‘lishi. Hozirgi davrda ma’lum bo‘lishicha, yer 4,7 mlyard yil oldin paydo bo‘la boshlagan. Hayot esa 3,5 mlyard yil ilgari paydo bo‘lgan. Demak, 1,5 mlyard yil davomida yerda hayot bo‘lmagan. Bu davrda kimyoviy bosqich sodir bo‘lgan, ma’lum vaqtga kelib suvli muhitda tuzlar, turli xil moddalar aralashmasi paydo bo‘lgan.
Yaponiyalik olim Akabori tahminiga ko‘ra, dastlabki oqsillar sintezi uchun tayyor aminokislotala bo‘lishi shart bo‘lmagan.U laborotoriyada farmoldegid, amiak, vodorodsianid aralashmasidan oqsil moddalar vujudga kelishini isbotladi.
Nuklein kislotalarning abiogen usulida paydo bo‘lishini nemis bioximigi Shramm isbotladi. U ikkita elekirodli kovsharlangan kolbaga shakar, azotli asoslar va fosfat kislota tuzlari solib 80˚С qizdirdi va elektr toki o‘tkazdi. Bir nechа kundan keyin bu moddalardan DNK va RNKni hosil qiluvchi nukleotidlar hosil bo‘lganligi aniq bo‘ldi.
Shunday qilib, yerda murakkab moddalar -aminokislotalar, nukleotidlar biogen, ya’ni kimyoviy usul bilan hosil bo‘lgan. Aminokislotalar va nukleotidlar birikib oqsillar va nuklein kislotalarni hosil qilgan. Keyin tirik organizmlar biomolekulaning polimerlanishidan hosil bo‘ladi. Bu polimerlardan hosil bo‘lgan dastlabki tirik molekulalar tiriklikni xossalarini o‘zida ifodalamagan. Hayot uchun 4 asosiy brikmalar-oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar va lipidlar bo‘lishi shart. Boshqa moddalar xlorofil, vitaminlar, kofermentlar, gormonlar ham muhim ahamiyatga ega. Hozircha ularni qachon paydo bo‘lganligini aytib bo‘lmaydi. Ammo old biologik moddalar, ya’ni hayot paydo bo‘lguncha hosil bo‘lgan organik moddalar doimiy hosil bo‘lavermaydi. Buning ikkita sababi bor.
1. Hosil bo‘layotgan energiya dastlabki murakkab moddalarni oddiy moddalarga parchalab yuboradi. Bu esa ularni boshqa usul bilan sintezlanishiga sababchi bo‘ladi.
2. Old biologik moddalarni ko‘payishi ularni ta’siriga sababchi bo‘ladi.
Unchalik ko‘p bo‘lmagan reaksiyalarni boshqaruvchi oddiy fermentlar (kofermentlar) bo‘lgan. Kofermentlar hamma joyda va organizmlarda bir xil edi. Reaksiyalarni xilma-xilligi va murakkabligi o‘ziga xos fermentlarni talab etar edi. Hozirgi fermentlar reaksiyaga kirishilayotgan moddalarning tarkibiga yaqin bo‘ladi va har bir reaksiyani boshqaradigan o‘ziga xos fermentlari bor. Shunday qilib, oqsil jismlarning paydo bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratib bo‘ldi. Shundan keyin koatservat tomchilar, ya’ni ikki xil oqsil etirmasi aralashganda pastga cho‘kib tushadigan oqsil tomchisi suvda eriydi va tiniq (shaffof) eritma hosil qiladi. Agar har xil oqsil aralashsa loyqa aralashma hosil bo‘ladi. Koatservat – fransuzcha koatservatus- to‘plangan, yig‘ilgan degan ma’noni bildiradi. Koatservat tomchilarda turli xil oqsillar aralashib molekulalar “galasini” hosil qiladi. Bunday molekulalar galasi birlashib mikroskopda ko‘riladigan tomchilar hosil qiladi.
Koatservat tomchilar atrofidagi moddalarni o‘ziga birlashtirib oladi. Masalan, metil kukini koatservatli suvga tomizilsa tomchi o‘ziga so‘rib oladi. Koatservat tomchilar so‘rib olish bilan birga, ularning ichida sintez jarayoni ham ketadi. Ba’zi tomchilarda sintez, boshqalarda parchalanish jarayoni tezroq ketadi. Parchalanish tez ketsa tomchi o‘sib u bo‘linadi va ikkita tomchi hosil bo‘ladi. Bu tomchilarning ba’zilari turli faktorlar ta’sirida yo‘qolib ketgan, ba’zilari esa yashab qolgan. Shuning natijasidan koatservat tomchilarning tabiiy tanlanishi kelib chiqqan.
Tabiiy tanlanish natijasida asta-sekinlik bilan sintez va parchalanish reaksiyalarining miqdori koatservat tomchisida tenglasha borgan. Koatservat tomchisiga surilgan moddalar ham asta-sekinlik bilan tomchi tarkibiga kirishib ketgan. Bunday moddalar aralashib turishi natijasida oqsil jismlar paydo bo‘lgan.
Oparin fikricha, koatservat tomchilar 4 bosqichda hosil bo‘lgan va shakllangan:
- birinchi bosqichda o‘z konsentratsiyasi bilan atrofdagi eritmadan faqlanib turgan;
- ikkinchi bosqichda koatservat tomchilari hajmi ortib “o‘sa” borgan;
- uchinchi bosqichda bu tomchilar turg‘unlashgan, atrofdagi moddalarni yutib kattalashgan va reaksiya mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarib turgan;
- to‘rtinchi bosqichda koatservat tomchilar o‘rtasida tabiiy tanlanish jarayoni borgan.

Yüklə 43,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə