2-Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi hamda rivojlanishi


Uchinchi bosqich oqsil jismlarning paydo bo‘lishi



Yüklə 43,1 Kb.
səhifə6/10
tarix19.12.2023
ölçüsü43,1 Kb.
#152021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 Yerda hayotning paydo bulishi hamda rivojlanishi

Uchinchi bosqich oqsil jismlarning paydo bo‘lishi. Bunday turg‘un sistemani Oparin protobiontlar deb atadi (ya’ni hayotdan oldingi bosqich). Protobiontlarda moddalar almashinuvi koatservat tomchilarga nisbatan ancha aktiv bo‘ladi.Lekin P.Erlix va R.Xolmlarning fikricha, u bir hujayralilarga nisbatan ham primitiv bo‘lib, unda ko‘payish va o‘zaro yaxlitligi, organ yoki organoidlar bo‘lmaydi. Protobinotlar evolyutsiya jarayonida yanada takomillashib, katalizatorlar (fermentlar) paydo bo‘lgan.
Genetik informatsiyasiz, ya’ni nuklein kislotalarsiz hayot koatservat tomchilar darajasidan yuqoriga ko‘tarilmagan bo‘lar edi. Kimyoviy evolyutsiya jarayonida axborot uzatishning juda ko‘plab vositalari sinab ko‘rilgan. Bular orasida nuklein kislotalar eng samarali bo‘lib chiqqan. Chunki ular biosintezlar va energiyaning qayta ishlash jarayonlari bilan bog‘lanib ketgan.
Shunday qilib, genetik axborot nuklein kislotalarni tashkil etadigan nukleotidlarga kodlashtirilgan bo‘lib, bu kod evolyutsiya jarayonida paydo bo‘lgan va turli sistemalar (sintezlar) bilan uyg‘unlashib ketgan.
Boshqa planetalarda hayot bormi?
Yerda hayot abiogen, kimyoviy usul bilan kelib chiqqan ekan, u koinotda yagonami yoki boshqa planetalarda ham hayot bormi, degan savol paydo bo‘ladi. Bu muammoni o‘rganish uchun yer bilan boshqa planetalarda sharoitlar taqqoslanib o‘rganildi. Kosmik biologiya rivojlangan davrda G.A.Tixov va I.S.Shkolovskiylar boshqa planetalarda ham hayot bor, degan fikrni quvvatlaydilar. Tixov marsda hayot bor, shunga ko‘ra u yil fasllariga qarab o‘zgarib turadi, desa, Shkolovskiy ayrim sayyoralarda “aqlli mavjudotlar” bo‘lishi ehtimoli bor, degan xulosani aytgan. Kosmik kemalarning uchirilishi bu muammoni hal etishda muhim rol o‘ynaydi.
Boshqa planetalardan Merkuriy sayyorasida hayot bo‘lishi uchun hech qanday sharoit yo‘q. Chunki uning doimiy quyoshga qaragan tomonida harorat 370˚ C bo‘lib, unda hatto qo‘rg‘oshin ham erib ketadi. Uning quyoshga teskari tomonida -260˚ C bo‘ladi. Venerada 300˚ C issiqdir. 1959yili Ameriklar, 1978 yil Rossiya kosmonavtlari tomonidan uchirilgan “Venera-11”, “Venera-12” kosmik apparatlari yordamida Venerada suv bug‘lari borligi aniqlandi. Bu sayyoralarda asosan vodorod, metan, ammiak bor. Harorat juda past. Jumladan, quyoshga yaqin bo‘lgan Yupiterda -130˚C, Plutonda -210˚C gacha yetadi. Bunday sharoitda vodorod va geliydan tashqari barcha gazlar suyuq yoki qattiq-muz holida bo‘ladi. Marsda hayot bor, deyilar edi. Lekin ameriklarning “Gulliver” apparati buni isbotlamadi.
Keyingi paytlarda meteroitlar, uchar tarelkalar va boshqalar to‘g‘risidagi gap so‘zlar bu masalani qayta ko‘rib chiqishini taqozo etmoqda.

Yüklə 43,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə