National instruments labview muhitida bajarilgan virtual asbobning o’lchash xatoliklarini aniqlash



Yüklə 153 Kb.
səhifə1/3
tarix28.01.2022
ölçüsü153 Kb.
#83216
  1   2   3

NATIONAL INSTRUMENTS LABVIEW MUHITIDA BAJARILGAN VIRTUAL ASBOBNING O’LCHASH XATOLIKLARINI ANIQLASH

Abduraxmonov A.N., Abduqahhorov F.I., Nuriddinova G.SH.(TDTU)

Annotasiya

Ushbu maqolada LabVIEW muhitida bajarilgan virtual asboblaning o’lchash xatolilarini aniqlash amallari bajarilgan. Bajarilgan virtual asboblarning o’lchash xatolilklari virtual stendlari alohida stendlarda amalga oshirilgan.

Annotation



In this article, the practices of detecting errors in the measurement of the virtual instrument performed in the LabVIEW environment have been implemented. Errors in the measurement of the virtual instruments performed virtual stands were performed on separate stands.

O’lchash vositasi xatoligi – o’lchanayotgan fizik kattalik haqiqiy qiymati bilan o’lchash vositasi ko’rsatayotgan qiymat orasidagi farq.

O’lchash vositasi sistematik xatoligi –doimiy bo’lgan yoki biror bir qonuniyat bilan o’zgarayotgan o’lchash vositasi xatoligining qismi o’lchash vositasining tasodifiy xatoligi – tasodifiy ravishda o’zgaruvchi o’lchash vositasi xatoligining qismi.

O’lchash vositasining absolyut xatoligi – o’lchanayotgan fizik kattalikning o’lchash birliklarida ifodalangan o’lchash vositasining xatoligi.

O’lchash vositalari nisbiy xatoligi – o’lchangan absolyut xatolikning o’lchash natijasiga yoki o’lchanayotgan fizik kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbati bilan o’lchanadigan o’lchash vositasi xatoligi.

O’lchash vositasi keltirilgan xatoligi –nisbiy o’lchash xatoligining shartli ravishda qabul qilingan doimiy biror bir kattaligiga nisbati bilan o’lchanadigan xatolik.

O’lchash vositalarining asosiy xatoligi – normal sharoitlarida o’lchangan o’lchash vositalari xatoligi.

O’lchash vositalarining qo’shimcha xatoligi – normal holatdan biror tarafga o’zgarish natijasida yoki normal o’lchash qiymatlaridan chetga chiqishda asosiy o’lchash xatoligiga qo’shiladigan qo’shimcha xatolik.

O’lchash vositalarining statik xatoligi – o’zgarmas deb qabul qilingan fizik kattalikni o’lchashda o’lchash vositalarining xatoligi.

O’lchash vositalarining dinamik xatoligi –o’lchash vaqtida o’zgarib turadigan fizik kattalikni o’lchashda hosil bo’ladigan o’lchash vositasining xatoligi.

O’lchash vositalarining aniqlik klassi – bir tipdagi o’lchash vositalarining umumlashtirilgan xaraktiristikasi bo’lib, qonun bo’yicha, ularning aniqliklari darajasini ko’rsatuvchi parametr hisoblanadi, u asosiy va qo’shimcha xatoliklar mumkin bo’lgan qiymatlari chegaralari bilan aniqlanadi. Aniqlik klassi o’lchash asbobining xatoligi qanday chegaralarda bo’lishini ko’rsatadigan parametrdir, lekin u o’lchash aniqliklari ko’rsatgichi bo’lmaydi.

O’lchash vositalarining stabilligi – o’lchash vositalari xaraktiristikalarining sifat belgisi bo’lib, uning metrologik xaraktiristikalarini vaqt bo’yicha o’zgarmasligini ko’rsatadi.

O’lchash vositalari nostabilligi – o’rnatilgan vaqt intervalida o’lchash vositalari metrologik xaraktiristikalarini o’zgarishi.

Izohlar:


  • Bir qator o’lchov vositalarida, yani bir necha o’lchash mezonlarida o’lchash vositalarining nostabilligi aniqlik xaraktiristikalarining eng muhimi hisoblanadi. Normal o’lchash elementlari uchun nostabillik bir yil qilib o’rnatiladi;

  • Nostabillik o’lchash vositalarini o’rganishda uzoq davom etgan tadqiqotlar asosida aniqlanadi, bu vaqtda vaqti-vaqti bilan bu qurilmalarni stabil o’lchash vositalari bilan o’zaro tekshirib turish maqsadga muvofiq bo’ladi

O’lchash vositalari tiplari metrologik xaraktiristikalarining normallashtirilishi – bir tipdagi o’lchash vositalari metrologik xaraktiristikalari tiplari bo’lib, bu kattalik ushbu o’lchash vositasiga normativ hujjatlar bilan o’rnatiladi.

O’lchash ma’lumotlarini ishlatish samaradorligi o’lchash aniqliklariga bog’liq bo’ladi, bu o’z navbatida o’lchash natijalarining o’lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatiga yaqinligi bilan aniqlanadi. O’lchash aniqliklari ishlatilayotgan o’lchash vositalarining qo’llanilishiga bog’liq bo’ladi. Bu aniqlikni optimallashtirish kerak: qo’yilgan masalani bajarishda bu aniqlikning yetarliligi, yoki bu aniqlikni oshirish keraksiz moliyaviy xarajatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli o’lchash aniqligi tushunchasi bilan o’lchash natijalari haqqoniyligi tushunchasi ham qo’llaniladi, bu tushuncha bilan shu narsa aniqlanadiki qo’yilgan masala ko’lamida o’lchash natijalari aniqligi yetarli bo’lishi kerak.

O’lchash vositalari aniqligi – o’lchash vositasining sifat haraktiristikasi bo’lib, uning nolga yaqinlashishi bilan xarakterlanadi, yani o’lchash xatoligi qancha kichik bo’lsa O’lchash vositasi shuncha to’g’ri va aniq o’lchanayapti deyiladi.

O’lchash vositalari aniqlik klassi – bir tipdagi o’lchash vositalari umumlashgan xaraktiristikasi bo’lib asosiy va qo’shimcha xatoliklar mumkin bo’lgan chegaralarining darajasini aniqlaydi, undan tashqari aniqlikga ta’sir qiluvchi boshqa xaraktiristikalar darajasini ham aniqlaydi.




Yüklə 153 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə