11-Mavzu: Deviant xulq– ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida. Reja



Yüklə 136 Kb.
səhifə5/15
tarix30.01.2023
ölçüsü136 Kb.
#99762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
11-Mavzu

Asotsial axloq- bu shaxslararo munosabatlarning tinchligiga bevosita xavf soluvchi, axloqiy-ma’naviy me’yorlarni bajarishdan qochuvchi axloq. U tajovuzkor axloq, jinsits deviatsiya (tartibsiz jinsiy aloqador, fohishabozlik, yomon yo‘lga kirish, vuayerizm, eksgibitsionlik, va boshqalar), pulga azart o‘yinlarga tortilish, daydilik, boqimandalik sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘smir yoshida uydan chiqib ketish, daydilik qilish, maktabga bormaslik yoki ta’lim olishdan bosh tortish, tajovuzkor axloq, promiskuitet (tartibsiz jinsiy aloqa) graffiti (devorga uyatsiz xarakterdagi rasmlar chizish va yozuvlar yozish), submadaniy deviatsiyalar (sleng, shramlash, tatuirovkalar) birmuncha tarqalgan.
Bolalarda esa uydan qochib ketish, daydilik, maktabga bormaslik, tajovuzkor axloq, g‘iybat qilish, yolg‘on, o‘g‘rilik, ta’magirlik (tilanchilik) kabi ko‘rinishlarda uchraydi.
Bugungi kunda o‘smirlar taqdiri masalasi g‘oyat muhim axamiyat kasb etmoqda.O‘smirlik muammosiga e’tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1.Fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san’at va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarayotgani;
2.Ommaviy axborot ko‘lamining kengayishi tufayli o‘smirlar ongliligi darajasining ko‘tarilgani;
3.O‘g‘il va qizlarning dunyo voqealaridan xabardorligi;
4. Ularning jismoniy va aqliy kamolotining jadallashgani;
5. O‘smirlar bilan ishlashda g‘oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalminal tarbiyaga alohida yondashishi zarurligi;
6. Oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani;
Anomiya so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib ma’nosi “”qonunbuzar,me’yordan o’gishgan’dir.
Drukgyemni anomiya nazariyasi uning tarixiy-evolutsion konsepsiyasing bir qismi sifarida,an’anaviy va zamonaviy jamiyatdagi muholifatga qaratilgan nazariyadir.

Jamiyatda mavjud ijtimoiy me‘yorlardan chetga chiqish holatlarini- deviant xulq atvor sotsiologiyasi o’rganadi. Jamiyatda o’rnatilgan axloq me‘yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki hatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo’lib, yolg’onchilik, dangasalik, o’g’irlik, ichkibozlik, giyohvandlik, o’z joniga qasd qilish kiradi. Bu deviant xulq atvor turlari xisoblanadi.


Deviantni guruh yoki jamiyatda ko’pchilik odamlar tomonidan qabul qilingan me’yor va me‘yorlar yig’indisiga mos kelmaslik deb aytish mumkin. Chunki, xulq atvorning umumiy qoidalarini ko’pchiligimiz buzamiz. Ko’pchilik kichik o’g’irliklar, masalan, do’kondan biror narsaga haq to’lamay shaxsiy manfaatlar yo’lida foydalanish uchun olib ketish hollariga yo’l qo’yganmiz.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə