11-Mavzu: Deviant xulq– ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida. Reja



Yüklə 136 Kb.
səhifə4/15
tarix30.01.2023
ölçüsü136 Kb.
#99762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
11-Mavzu

Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ruju qo’yish va tibbiy ko’rsatmalarsiz iste’mol qilish
Foxishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikkita turga bo’lib o’rganiladi:
1. Konkubinat – nikohsiz birga yashash.
2. Foxishabozlik-pul uchun o’z tanasini sotish, g’arbda asosan ikkinchisi qoralansada, sharqda ikkala holatga ham me’yordan oqish sifatida qaraladi. 
Bulardan tashhari, xalqimizda mahalliychilik, urug’-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham me’yordan chekinishning diqqattalab ko’rinishlaridan hisoblanadi.
Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhning og’ma xulq-atvorlarini ham ifodalovchi tushunchadir.
Ma’lumki, ijtimoiy me’yorlar va ulardan chekinishlar haqidagi qarashlar insonning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan Misr, G’indiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me’yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Ushbu «qonunlar»da barcha huquqlar insonga xudolar tomonidan beriladi va qonun buzuvchilarni xudolar jazolaydi, deb hisoblangan. Bunday qarashlar dastlab yunon va Rim faylasuflari asarlarida o’z ifodasini topdi.
O’rta asrlarda axloq me’yorlari diniy qarashlar ta’siri ostida rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Yevropada xristian dini barcha sohada hukmronlik qilgan bo’lsa, sharq dunyosida axloqiy-huquqiy me’yorlar va ular haqidagi ta’limotlar islom falsafasi ta’sirida rivojlandi.
Antiijtimoiy (delinkvent) axloq- bu qonun me’yorlariga qarshi chiquvchi, ijtimoiy tartib va atrofdagi odamlar farovonligiga xavf soluvchi axloq. U qonunchilik bilan taqiqlangan istalgan harakat yoki harakatsizlikni o‘z ichiga oladi.
Katta odamlar (18 yoshdan kattalar) da delinkvent axloq, ayniqsa, o‘z ortidan jinoiy yoki fuqarolik javobgarligi va tegishli jazoni boshlab keluvchi qonunbuzarlik shaklida namoyon bo‘ladi. O‘smirlarda (13 yoshdan boshlab) delinkvent axloqning quyidagi turlari ustunlik qiladi: bezorilik, mayda o‘g‘rilik, o‘g‘rilik, vandalizm, jismoniy zo‘rlik, giyohvand moddalarni sotish. Bola yoshida (5 yoshdan 12 yoshgacha) o‘zidan kichik yoshdagi bolalar va tengdoshlariga nisbatan zo‘ravonlik, hayvonlarga shafqatsiz munosabat, o‘g‘rilik, mayda bezorilik, mulkni buzish, yondirish kabi shakllari birmuncha keng tarqalgan.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə