11-Mavzu: Deviant xulq– ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida. Reja


Ijtimoiy me’yorlar ikki katta guruhga bo’linadi



Yüklə 136 Kb.
səhifə8/15
tarix30.01.2023
ölçüsü136 Kb.
#99762
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
11-Mavzu

Ijtimoiy me’yorlar ikki katta guruhga bo’linadi:
1. Universal me’yorlar, jamiyatdan har bir insonga taalluqli me’yorlar.
2. Xususiy me’yorlar, insonlarni alohida belgilangan kasbiy faoliyatlari sohalari yoki insonlar hayotiy faoliyatlari (masalan, shifokor, pedagog, aka, do’st va boshqa) ga taalluqli me’yorlar.
Ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish insonning ehtiyoji va odatlariga aylanishi zarur. Agar bola ijtimoiy me’yorlarni va jamiyat qadriyatlarini o’zlashtirmagan bo’lsa, uni xulqiy og’ishgan bola deb ataydilar.
Xulqiy og’ishgan bolalar muammosi sotsiologiya, psixologiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan ishlab chiqilgan. Xulqiy og’ishganlikning turlariga bolalar alkogolizmi, toksikomaniya, giyohvandlik, buzuqlik, qarovsizlik, nazoratsizlik, daydilik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik va boshqalar kiradi.
Ilmiy pedagogik adabiyotlarda bu toifadagi bolalarni turlicha atamalar bilan beradilar: “Tarbiyasi og’ir”, “Og’ir xulqli”, “deviant bola” xulqi og’ishgan, asotsial xulqli bola. Ijtimoiy rivojlanishida xulqiy og’ishgan bolalar orasiga yana shunday toifadagilar: Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar ham kiradi. Bunday bolalar – yetimlar va “ijtimoiy yetimlar” dir. Ular biologik ota-onalari bo’la turib, turli vaziyat sababli birga yashamaydilar. “Ijtimoiy maydondan chetlatilgan” bolalarni jamiyatga qaytarish uchun ularga yordam berish zarur. SHu sababli ijtimoiy pedagogning bunday bolalar bilan olib boradigan ishlari, bir tomondan, xulqiy og’ishlikning oldini olish, profilaktika ishlari, jamiyatda qabul qilingan me’yor va qoidalar holatlarida ogohlantirish, boshqa tomondan, xulqiy og’ishgan bolalarni reabilitatsiya qilish ishlarini bajarish lozim.


Chekinishning (og`ishning) turlari.
Me'yorlardan chekinishning to`rtta turi mavjud. Bular: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy.

1.Jismoniy chekinish birinchi navbatda insonning sog`ligi bilan bog`liq bo`lib, tibbiy ko`rsatkichlar orqali belgilanadi. Bularga insonning bo`yi, vazni kabilar kirishi mumkin. Bundan tashqari biron bir faoliyat yuritishda imkoniyatlari cheklangan, ya'ni sog`ligi tufayli o`z qobiliyatini yo`qotgan, defekti bor insonlar hamda nogironlar shular jumlasidandir. Bola jismoniy rivojlanishidagi og’ishlarga kasallik, ko’rish, eshitish qobiliyatlarining buzilishlari kiradi. Sog’ligida va rivojlanishida og’ishga moyillarning ko’p tasniflari mavjud. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining britancha variantini qabul qildi:



  • kasallik, xastalik - ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura elementlarini har qanday yo’qotish yoki ularning anomaliyasi;

  • cheklangan imkoniyat - inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yoqotish yoki cheklab qo’yish;

  • nogironlik - yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib insonning biron-bir faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi cheklangan imkoniyat.

Bunda “kamchilik” tushunchasi qo`llanadi. Insonlarda jismoniy, psixik, murakkab hamda og`ir kamchiliklar bo`lishi mumkin. Jismoniy kamchilikka insonning rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar kiradi. Ya'ni xronologik, somatik yoki yuqimli kasalliklar shular jumlasidandir.

Psixik kamchilik insonning psixik rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar bo`lib u ta'lim olishda ma'lum qiyinchliklarni vujudga keltirishi mumkin.


Unga nutqning buzilishi, miyaning zararlanishi kabilar kiradi
Murakkab kamchilik qam jismoniy va psixik kamchiliklarni o`z ichiga oladi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə