Abdullaxon hukmronligi davrida buxoro xonligi



Yüklə 140 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü140 Kb.
#139859
  1   2   3   4   5   6
ABDULLAXON HUKMRONLIGI DAVRIDA BUXORO XONLIGI.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

ABDULLAXON HUKMRONLIGI DAVRIDA BUXORO XONLIGI.




MUNDARIJA:

ABDULLAXON HUKMRONLIGI DAVRIDA BUXORO XONLIGI. 1
Kirish 2
I.Bob.Abdullaxon hukmronligi davrida buxoro xonligi. 4
1.1 Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi 4
1.2. Abdulloh Xonning pul islohoti, shtat chegaralarini kengaytirish va tashqi siyosat 16
II.Bob.Buxoro xonligida madaniy hayot 19
2.1 Buxoro xonligining tashqi siyosati 19
2.2 Buxoro xonligida madaniy hayot 23
Xulosa 27
Foydalanilgan adabiyotlar 28


Kirish




Mavzuning dolzarbligi: Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonkol 
hokimi 1512/13-yildan boʻlgan. Otasi Iskandar sulton oʻgʻli tugʻilgan paytda Ofarinkentni, keyichalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chogʻidan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon) bilan Koson 
yonida (1548), Moʻgʻuliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan 
Doʻstum sultonlar qoʻshiniga qarshi Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh Abdulla sulton oʻzining hukmdor sifatidagi butun gʻayrat-shijoatini 1551-yil Karmanada namoyish etgan;viloyatga Toshkentdan Navroʻz Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini oʻz zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda (1552-56) oʻz mulkini gʻarbga — Buxoro tomonga va janubiy-sharq — Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu saʼy-harakat dastlab muvaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556-yil u ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur boʻlgan.
U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom koʻmagida Navroʻz Ahmadxon, keyinchalik uning oʻgʻillari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Navroʻz Ahmadxon vafot etgach (1556), darhol Karmana va Shahrisabzda oʻz hukmronligini tiklaydi, 1557-yil mayda Buxoroni qoʻlga kiritadi va uni oʻz poytaxtiga aylantiradi. 1561-yil otasini davlat boshligʻi — xon deb eʼlon qilib, uning nomidan mamlakatni oʻzi boshqara boshlaydi. Markaziy xokimiyatga boʻysunishdan bosh tortgan shayboniy sultonlar bilan kurashib Balx (1574), Samarqand (1578), Toshkent, Sayram, Turkiston
(1583) va Fargʻona (1583)ni egallaydi. 1582-yil Dashtga yurish qilib Ulugʻtogʻta qadar borgan. 1583-yil otasi Iskandarxon vafot etgach, mamlakatni oʻz nomidan boshqara boshlaydi. Markaziy hokimiyatga qarshi koʻtarilgan Maymana va Garchiston (1583), shuningdek Badaxshon (1585)dagi gʻalayon, tartibsizliklarni bostirgan. Xorazmga ikki marta yurish (1594, 1596) qilib, u yerda markaziy hokimiyat hukmronligini qayta tiklagan. Abdullaxon II mamlakat hududi yaxlitligini tiklash yoʻlida qoʻshni xorijiy davlatlar bilan ham kurash olib borgan. Masalan, Turkiya Movarounnahrda oʻz taʼsirini kuchaytirish niyatida Abdullaxon II ga qarshi kurashda Bobo sultonga yordam bergan. Bobo sulton turk askarlari yordamida Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi jang qilgan. Abdullaxon II safaviylar bilan Xuroson, Gʻilon uchun kurashib ularni oʻz tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkent viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shom, Afgʻoniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind (1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini mustahkamlagan

Yüklə 140 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə