1-mavzu: motivatsiya haqida umumiy tushuncha (2 soat) reja: Motiv va motivatsiya haqida tushuncha. Motivlarning turlari



Yüklə 120,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix30.12.2023
ölçüsü120,71 Kb.
#165874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 - MA\'RUZA

Ierarxiyalashtirilganlik – bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har bir 
tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar) 
boshqalaridan kuchliroq bo‘lib tez-tez hosil bo‘lib turadi; boshqalari kuchsizroq 
bo‘ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma’lum darajadagi motivatsion 
hosilalarningdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko‘p 
bo‘lsa, motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson hulq-atvori 
qo‘zg‘atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar 
ham ko‘rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bir xil, ayni damda dolzarb bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘lanmagan, alohida 
motivatsion holatga aytiladi. Muammo ma’lum maqsadga erishishga yo‘naltirilgan 
harakatni bajarishda organizm engib o‘tishi zarur bo‘lgan to‘siqlarga duch 


kelganida paydo bo‘ladi. Tilaklar va maqsadlarbu darhol yuz beradigan va 
ko‘pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining 
o‘zgarishlariga javob beradigan motivatsion sub’ektiv holat. 
Inson hulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo‘lishi mumkin. Bu inson 
hulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan 
anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi. 
Shunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi mumkin. 
Shaxs yo‘nalganligi shakllanishidagi asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.
2. MATIVLARNING TURLARI 
Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xarakterini 
bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri 
turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday 
nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Makklelland, D. Atkinson va nemis 
olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni 
bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish 

Yüklə 120,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə