1-mavzu: motivatsiya haqida umumiy tushuncha (2 soat) reja: Motiv va motivatsiya haqida tushuncha. Motivlarning turlari


 TURLI PSIXOLOGIYA MAKTABIDA MOTIVATSIYA



Yüklə 120,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix30.12.2023
ölçüsü120,71 Kb.
#165874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 - MA\'RUZA

3. TURLI PSIXOLOGIYA MAKTABIDA MOTIVATSIYA 
MUAMMOSINI O‘RGANILISHI. 
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai 
nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda 
o‘ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy 
pozitsiyalar va konsepsiyalar mohiyati jihatdan farqlanuvchi g‘oyalar va 
yo‘nalishlar mujassamlashdi. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Rus 
va 
sobiq 
sovet 
psixologiyasi 
namoyandalari 
K.D.Ushinskiy, 
I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, 
A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, 
V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur 
muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Ushbu mualliflarning 
qarashlari oldingi hisobotda berilganligi uchun ularga qaytatdan to‘xtalishga hojat 
yo‘qdir. 
Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Evropa va Amerika 
mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 (o‘ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar 
mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyondalarining 


tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv 
psixologiya, 
bixeviorizm, 
geshtalpsixologiya, 
psixoanaliz, 
strukturaviy 
psixologiya, assotsianistik psixologiya, empiric psixologiya, analitik psixologiya, 
gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar. 
Bixevi
о
rizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh 
vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan 
mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular 
o‘zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Bixeviorizm 
uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab 
o‘tilgandir. Shunga qaramasdan, ba’zi bixeviaristlar, jumladan E.Torndayk, 
E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muayyan darajada e’tibor 
qilganlar. Ular o‘zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari» 
ni o‘rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik 
va ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisbatan namoyon bo‘lish 
xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida muayyan 
qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi 
qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini 
faollashtiruvchi 
deb 
hisoblaydilar. 
Noobixevioristik 
nazariyalar 
yangi 
qo‘zg‘atuvchilar, paydo bo‘lishiga asoslangan bo‘lib, ular insonning organic 
ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg‘unlashuvi tariqasida tahlil 
etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko‘ra, ikkilamchi qo‘zg‘ovchilar organic 
qo‘zg‘atuvchilarning go‘yoki qobig‘iga o‘xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall 
(1871-1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan 
holatni asoslash uchun tug‘ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni 
bog‘lab tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, tug‘ma instinktlar ham 
insonlarga, ham hayvrnlarga bir tekis taalluqli bo‘lib, ular odamlarning motivida 
oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida xukm surishi 
mumkin. Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar uziga 
xoslikka ega:


1. Bixeviorizm motivatsiya modelini toppish bilan shug‘ullanib va xulq 
prinsiplarini vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq 
motivatsiyasi qonuniyatlariga asoslanib insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan 
xulosa chiqarishga harakat qiladi.
2. Bixeviorizm insonni biologic mavjudod sifatida qarab, unga biologik 
jabhada yondashadi, oqibat natijasida uning ijtimoiy mohiyati tadqiqot 
predmetidan chetda qolib ketadi. 
3. Bixeviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo‘lgan xulqning umumiy 
prinsiplarini topishga intiladi.
4. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi 
o‘ziga xosligini yo chetlab o‘tadilar yoki o‘ta soda tarzda izohlashga moyildirlar. 
5. Hayvonlarning xulq motivatsiyasi shakllarini juda soda tarzda 
tushuntirishga asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat 
bosqichidagi motivatsiyasiga ko‘chirish ishonchli dalillarga ega emas. 
6. Inson motivatsiyasini o‘rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning 
tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug‘ma 
ehtiyojlar kabilar odamning motivatsiya doirasi tuzilishi mohiyatini juda yuzaki 
ochaoladi, xolos. 
Psixoanalitik konsepsiyalar negizida motivatsiya ortganlik ravishida inson 
mayllariga xosdir, degan g‘oya yotadi. Ularning manbai maylni aks ettiruvchi 
qaysidir organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi. 
Z.Freydning konsepsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o‘rtasida 
hech qanday tafovut yo‘qdir. Ongsizli ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq 
motivalari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotir, motivatsiyaning manba 
inistinkt, u tur va individning saqlanish shartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni 
muallif individning energetic potensiya sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala 
shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbayi 
sifatida «u» tushunchasiga qanday ma’no yuklamoqchi. Uningcha, «u» 
tushunchasining mazmuni tug‘ma va o‘zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq 
qonunlari va aql darajalari, ko‘rsatkichlari unga hech qandaya ahmiyat kasb 


etmaydi Z.Freyd affektiv, impulsive shakldagi mutlaqlashgan qo‘zg‘ovchilarni 
nazarida tutgan bo‘lsa ajab emas. Ushbu qo‘zg‘atuvchilar (turtkilar)ning 
impulsivlik, taxminiylikning affektiv mohiyati, notanqiydiylik, ongli va irodaviy 
nazoratga itoat etishda qiynlikka bilarning dinamik xususiyatlarini mutlaqlashtirish 
bo‘lib, ularning asosida quyi genetic va strukturaviy darajadagi qo‘zg‘atuvchilar 
yotadi. Z.Freyd takidlab o‘tgan dinamik xususiyatlar va xossalari mohiyatida 
motivatsiyaning chuqur asosiy manbasini ko‘radi. Uning konsepsiyasida inson 
xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instink hamda uning transformatsiyasi 
ustuvor o‘rin egallaydi.
Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida nofreydistlar 
hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilarning nazariyalarini tahlil qilishga o‘tamiz. 
A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch, uning faoliyati 
maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo‘llari hukumatga va qudratga erkdir. 
Xorni, Fromm va boshqalarning asarlarida o‘z ifodasini topgan ma’lumotlar 
mohiyati 
Freyd 
tomonidan 
kiritilgan 
psixika 
tushunchasi 
va 
uning 
harakatlantiruvchi nazariyasini almashtirishga intilish yaqqol ko‘zga tashlanadi. 

Yüklə 120,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə