1-mavzu: motivatsiya haqida umumiy tushuncha (2 soat) reja: Motiv va motivatsiya haqida tushuncha. Motivlarning turlari


motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi



Yüklə 120,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix30.12.2023
ölçüsü120,71 Kb.
#165874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 - MA\'RUZA

motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu 
turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. 
Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan 
shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqka erishish ular uchun oliy 
maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday 
ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini 
biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi 
imkoniyatlar - tanish-bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar. 
Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan 
shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan 
avval nima bo‘lsa ham muvaffaqqiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu 
tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga 
o‘xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir 
muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «O‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» 


degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli 
tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, 
har qanday ishni yakunlagandan so‘ng, uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan 
tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu 
o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yo‘nalgan 
shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, 
ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bunday tashqari har 
birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu 
motivlarning faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga 
ishongan shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, 
keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina 
berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan 
kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati 
ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi. 
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va 
o‘z-o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham 
belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror 
mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz 
bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini 
olaylik. Ba’zi talabalar imtixon oldidan juda qayg‘uradilar, hattoki, qo‘rqadilar 
ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu 
jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‘lsalar 
ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman 
beg‘am bo‘lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa 
vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga 
har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi 
yuqoriroq bo‘lganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga o‘rinsalar, ana shunday 
darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan 
tortishmaydilar ham.

Yüklə 120,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə