Glossariy Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i bo‘lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi. Sotsiologiya – jamiyatda yuz beradigan turli-voqea-xodisalarni va o‘zaro munosabatlarni



Yüklə 8,26 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü8,26 Kb.
#102621
Kadirova Madina ijtimoiy psixologiya mustaqil ish


Glossariy
Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i bo‘lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi.
Sotsiologiya – jamiyatda yuz beradigan turli-voqea-xodisalarni va o‘zaro munosabatlarni
o‘rganishga qaratilgan fan.
Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat
jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.
Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol
obrazi.
Muomala – ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Boshqaruv – shaxs va jamiyat munosabatlarida ijtimoiy, individual munosabatlarni
o‘rnatish ga qaratilgan jarayon.
Oila – turmush qurish, qarindosh-urug‘chilik asosidagi kichik guruh.
Ijtimoiy psixologik eksperiment – asosiy metodlardan biri bo‘lib, o‘zgaruvchan mustaqil Turli xolat va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta’sir etishdagi aniq Ma’lumotlariga tayanadi.

So‘rov – asosiy metodlardan biri bo‘lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita Ma’lumot olinadi.
Ijtimoiy ustanovka – shaxsning atrof muhitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, ob’ektlarni, Ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga Ruhiy ichki hozirligi.
Ijtimoiylashuv – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot – faoliyat jarayonida uni Faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni.
Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvdi psixologik sabablar majmuini bildiradi.
Yüklə 8,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə