1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə25/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja

Kichik guruh-Saflanish va qayta saflanish mashqlari tarbiyachi yordamida guruhlar va butun guruh bilan aylana bo’ylab saflanish, juft-juft bo’lib saflanish, bir-birining ketidan turish.
O’rta guruh-mustaqil holda alohida guruhchalarga va butun guruh bilan bir qator bo’lib saflanishga, doira bo’lib saflanish, alohida guruhga qayta saflanish, mo’ljal bo’yicha tekislanish, chapga ,o’ngga, orqaga aylanish, shuningdek, ketma-ket yurishdan juft-juft bo’lib yurishga o’tishga o’rgatish. 3 guruhga saflanib turish.
Katta guruh. Mustaqil ravishda safga, qatorga turish, ikki guruhga juft bo’lib turish va undan so’ng aylana bo’ylab turish, bir safdan, bir necha guruhga bo’linish va qayta saflanish, chap va o’ngga qayta saflanish, chap va o’ngga qadam tashlab burilishlar qilish. Oyoq uchiga qarab tekislanish burchak hosil qilib ketma-ket yurish, dioganal hosil qilib yurish.
Maktabgacha tayyorlov – Mustaqil ravishda safga, qatorga turish, ikki guruhga juft bo’lib turish va undan so’ng aylana bo’ylab turish, bir safdan, bir necha guruhga bo’linish va qayta saflanish, chap va o’ngga qayta saflanish, chap va o’ngga qadam tashlab burilishlar qilish. Oyoq uchiga qarab tekislanish burchak hosil qilib ketma-ket yurish, dioganal hosil qilib yurish.


10- MAVZU: MTTda asosiy harakat mashqlari
Reja:
1.Asosiy harakat mashqlarining axamiyati.
2.Asosiy harakat mashqlarining turlari.
3.Asosiy harakat mashqlariga o’rgatish uslubi
1.Asosiy harakat mashqlarining axamiyati.
Bolalarga mo’ljallangan asosiy gimnastika tarkibini asosiy harakatlar, umum rivojlantiruvchi va saflanish malakalari tashkil etadi.
Asosiy harakatlarning axamiyati.
Inson o’z turli faoliyatida foydalanadigan yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashish kabi hayotiy zarur harakatlarga asosiy xarakatlar deyiladi. Bu harakatlarning doimiy zarur komponenti muvozanatni his etishdir.
Asosiy harakatlar dinamik harakterga ega.
Ular ko’p miqdordagi muskullarni ishga soladi va barcha funksional jarayonlarini aktiflashtirib, organizimga yaxlit tasir etib, bolaning jismoniy rivojlanishi va sog’lomlashishiga yordam berib, butun organizimning hayot faoliyatini oshiradi.Asoiy harakatlatlarning rivojlanishi maqsadni ko’zlab rahbarlik qilingan sharoitda bilish, irodaviy, emotsional, pisixik tarbiyalash jarayonlari bilan bog’liqdir. Asosiy harakatlar bolada turlicha mo’ljal olishni tarbiyalashga hizmat qiladi: fazoda harakat yo’nalishini predmetlarning uzoqligini va joylashish o’mi, predmetlar o’rtasidagi fazoviy nisbatlarini, ko’z bilan mo’ljallashni rivojlantirish: vaqtida mashqlarni bajarish davomiyligi va uning ayrim fazolarning izchilliligi, xarakatlari belgilangan yoki individuval suratda bajarish, kollektiv harakat qilish chog’ida mo’ljal olish barcha guruppa saflanayotgan va qayta saflanayotganda tarqalib harakat qilayotganda o’z о’mini topish; birgalashib harakat qilayotgandagi turli vaziyatlarda mo’ljal ola bilish.

Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə