1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja


Saflanish mashqlarini o’rgatish uslubi



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə24/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja

2.Saflanish mashqlarini o’rgatish uslubi
Bolalar safga erkin holda, bo’ylarining katta-kichikligini hisobga olmasdan turg’iziladi. Bunda bolalarni mashq bajarayotganda bir-biriga halaqit bermasdan turishga o’rgatish juda muhimdir. Buning uchun tarbiyachi qo’llarini yon tomonga ko’tarishni taklif qiladi. Qo’llar past va bolalarga tushirib yon tomonda turgan bolaning qo’llariga tegmaydigan bo’lguncha mashq davom ettiraveriladi. Basharti bolalar bu ishni bajarishga qiynalsalar, ularning oldiga yaqinlashib, bir-birlaridan uzoqroq turib olishlariga yordam berish kerak. Bolalarni joylashtirish qulay bo’lishi uchun polga bo’yoq yoki bor bilan, yo bo’lmasa yopishqoq lenta-plastir bilan nuqta yo doirachalar belgilab qo’yish kerak. Tarbiyachining taklifi bilan har bir bola o’zi uchun mo’ljal (uycha) tanlab oladi va unga borib turadi.
Ikkinchi kichik guruhda saflanish va qayta saflanish ancha mustaqil saflanadigan bo’ladilar. Tarbiyachining ko’rsatmasiga binoan qiynalmasdan va yetarli darajada tezlik bilan davra qurib, juft-juft bo’lib va kolonna saflanib, tura oladilar. Dastlabki vaqflarda ularga bo’ylaridan qat'iy nazar kolonna bo’lib, ketma-ket saflanishlariga ruxsat beriladi. Bora-bora ularni boshqa bolalar orasidan muayyan joyni egallashga o’rgatiladi. Bunga erishish uchun tarbiyachi doimo kim kolonnada, sherengada kimning ketidan turishni, juft bo’lib yurilganda kim-kim bilan turishini eslab qolish zarurligini aytib turadi. Agar bola joyini topishga qiynalib qolsa, tarbiyachi u kimdan keyin turishi kerakligini aytadi.Bolalar o’ng va chap tomonlami hali yaxshi bilmasliklari tufayli tarbiyachi kolonnaning taxminan o’rtarog’iga turib oladida, bolalarni yuzlarini o’ziga qaratishni, ya'ni tarbiyachiga qarab - u turgan tomonga burilishni aytadi. Boshqa bir usul: bolalar bir qator - sherenga bo’lib turadilar. Bunda ular polga (yerga) bo’yoq yoki bo’r bilan tortilgan to’g’ri chiziq bo’ylab, oyoq uchlarini shu chiziqqa tegazib turadilar.
Doira bo’lib saflanish uchun polga ikki uchini bir-biriga tugilgan arqoncha tashlash yoki doira qilib chiziq tortish mumkin. Bolalar shu chiziqqa yoki arqonchaga qarab davra quradilar. Boshqa bir usul ham bor: tarbiyachi bir qator bo’lib turgan bolalar safidan bir necha qadam nari ketib, o’rtaroqqa turib oladi-da, qatoming ikki chetida turganlarga davra qurib, o’ziga qarab yurib kelishlarini taklif qiladi. Bolalar bu harakatni qo’l ushlashib bajaradilar.
Tarbiyachi bolalarga turgan joyda qanday burilish kerakligini ko’rsatib beradi. Burish vaqtida ko’zga ko’rinib turgan narsalar (devorga qarab turish, derazaga qarab turish) mo’ljal sifatida keng foydalaniladi. Mashg’ulotlarda bir joy dan ikkinchi joyga o’tishda bundan avvalgi yosh guruhida qo’llaniladigan usullaming o’zidan foydalaniladi.
O’rta guruhda saflanish va qayta saflanish, mustaqil ravishda doira, juft-juft bo’lib, ketma-ket (kolonaga) saflanish, sherenga saflanish malakalarini mustahkamlash uchun tarbiyachi mashg’ulotning kirish qismida bolalarga quyidagicha qiziq-qiziq topshiriqlar beradi: muayyan tartibda saflanish, keyin signal bo’yicha zalning turli tomonlariga tarqalib yugurish, takroriy ishoraga qarab esa yana tez-tez joy-joyini egallash topshirig’i beriladi. Ko’pincha bunday topshiriqlar uchun tovushli signallar qo’llaniladi: chapak chalish, chirmanda chalish, og’zaki aytish yoki musiqa chalinishini to’xtatib qo’yish ham bir signal bo’ladi va hokazo. Ko’rib bajariladigan imo-ishoralardan ham foydalanish mumkin: qo’lni ko’tarish va tushurish, yashil va qizil bayroqcha va hokazolar. Bolalarni o’rta guruhlarda ketma-ket va sherengaga saflashda ular bo’yiga qarab safga turishga o’rgatiladi. Ular safda bir-birlariga urilib tiqilishmasdan erkin turishlari kerakligini tez-tez eslatish lozim. Shuningdek, bolalarga to’g’ri chiziq bo’ylab bir tekis turib (sherenga bo’lib) saflanish tushuntiriladi, bunda oyoq uchlarini bir tekis bo’lishga, ya'ni oyoq uchlari bitta chiziq ustida bo’lishi kerakligi tushuntiriladi. Bolalar mustaqil ravishda ketma-ket bo’lib saflanishdan o’ziga qo’shni bo’lgan o’rtog’i bilan juft-juft turishga yoki aksincha juft-juft bo’lib saflanishdan ketma-ket saflanishga o’tadilar. Bunday paytda saflanishlar turgan joyning o’zida shuningdek, yurib borganda ham amalga oshiriladi. Tarbiyachi bolalarni bir qator bo’lib yoki sherenga bo’lib turishdan bir necha zvenolarga bo’linib, qayta saflanishga o’rgatadi. Buning uchun u bolalarni oldindan zvenolarga bo’lib chiqadi. Bu bo’limlarning har birida bolalarning soni barobar bo’lishi kerak. Har bir bo’limga boshlovchi tayinlanadi. Boshlovchilar signal bo'yicha belgilangan joyga chiqadilar, bolalar esa ularning ketidan turadilar. Keyinchalik bolalar zal bo’ylab tarqalib yurgan vaqtlarida yoki bir-birlarining orqalaridan ketma-ket turib zal atrofida yurgan vaqtlarida zvenolarga bo’linib qayta saflanadilar. Qayta saflanish to’g’risidagi signalni eshitib, boshlovchilar oldindan ko’rsatilgan joylarga borib to’xtaydilar va tarbiyachiga burilib tarbiyachiga qarab turadilar. Qolgan bolalar boshlovchini orqasidan o’z zvenolarida ketma-ket turib saflanadilar. Bolalar o’z zvenolarini qiynalmasdan topib olishlari uchun mashg’ulotning dastlabki paytlarida boshlovchilarga bayroqchalar berib qo’yish yoki qo’llariga har xil rangdagi lentalar taqib qo’yish mumkin.
Katta guruhda bolalar aniq va tartibli sur'atda zvenolarga qayta saflanadilar. Zalni aylanib yurish vaqtida tarbiyachi bolalarga 2-4 zvenoga bo’linishni taklif etadi. Kolonnani boshqaruvchi zalning o’rtasiga borgach turgan joy da qadam tashlaydi, bu vaqtda tarbiyachi zvenoni, boshlovchi bolalar nomini aytadi. Birinchi zveno aylanadi va zal bo’ylab yugurib ketadi, undan keyin qolgan zvenolar boradi.
Harakatda bolalar ilon izi bo’lib yurishni kolonnadan har tomonga qarab ketib, so’ngra juft-juft bo’lib yurishni o’rganadilar.
Tarbiyachining “Ilon izi bo’lib yuring” deb bergan farmoyishidan song ilon izi bo’lib yuriladi. Bu farmoyishga binoan boshlovchi birinchi bo’lib, (chap) yelka bilan yuradi va qarama-qarshi kelayotgan kolonnaga orada bir qadam joy qoldirib, qarab harakat qilishni boshlaydi.
Kolonnadan bittadan bo’lib xar tomonga tarqalish quyidagicha bajariladi: kolonna markazdan yurib, qarama-qarshi tomonga o’tadi; tarbiyachi: “Biringiz o’nga, biringiz chapga” deb farmoyish beradi. Zal bo’ylab har tomonga harakat qilayotgan ikki kolonna hosil bo’ladi. Ular qarama-qarshi devor o’rtasida uchrashganlarida tarbiyachi: “Zal markazidan juft-juft bo’lib yuring” deb aytadi. Bolalar birlashib, juft- juft bo’lib yuradilar. So’ngra ular yana bittadan bo’lib tarqalishadi yoki juft bo’lib zal bo’ylab yuradilar.
Maktabgacha tayyorlov guruhlarida saflanish va qayta saflanish oldingi guruhlarga nisbatan ancha murakkab bo’ladi. Bu guruhda bolalar “Bir, ikki” sanog’ini o’zlashtiradilar. Tarbiyachining “Bir-ikkilab sanang”-degan komandasi bilan o’ng qanotda turib “bir” deydi va hokazo.
Bolalar “Bir, ikki” sanog’ini o’rganib olganlaridan so'ng ularga bir sherengadan ikki sherenga bo’lib qayta saflanish ko’rsatiladi. Qayta saflanish “Ikkinchi nomerlar ikki (uch yoki undan ortiq) qadam orqaga marsh!” yoki “Birinchi nomerlar ikki qadam oldinga marsh!” degan komanda bo’yicha amalga oshiriladi. Har ikki holda ham bolalar sherengada shaxmat tartibidan turadilar. Basharti ularning biri ikkinchisining orqasidan ketma-ket turadigan qilib saflash zamr bo’lsa, bir qadam o’nga yoki chapga yurish to’g’risida komanda beriladi.
Bittadan yoki ikkitadan kolonna bo’lib ilon izi shaklida yurish mashqlari o’tkaziladi. Bolalar bittadan yoki ikkitadan bo’lib turli tomonlarga tarqalib ketadilar. Zalning yarimidan keyin tarbiyachi: “bir juft pastga, bir juft o’nga”-deb komanda berib turadi. topadi Zal bo’ylab turli tomonlarga qarab harakat qilayotgan, juft-juft bo’lib borayotgan bolalardan kolonnalar tashkil. Qarama-qarshi tomondagi devoming o’rtasida uchrashgan bolalar tarbiyachining: “To’rta-to’rta bo’lib, zalning o’rtasidan marsh!” - degan komandasi bilan to’rtadan sherenga bo’lib birlashadilar - ya'ni bir kolonnaning bir juft bolasi ikkinchi kolonnaning birinchi juft bolasi bilan saf tortadi va hokazo va zalning ohirigacha yurib boradilar.
Bu yerda ular juft-juft bo’lib chap va o’nga qarab ajralib ketadilar yoki to’rtadan bo’lib, zal atrofida yurishni davom ettiradilar.
.
3.Bolajon dasturi asosida saflanish mashqlarini guruhlarda bo’yicha tahlili

Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə