1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə23/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja

Kolonnada bolalar ketma-ket turishadi. Ularni orasidagi masofa uzatilgan qo’l uzunligiga teng bo’ladi. Kolonna turishda bolalar dastlabki qolatlari: tovonlari birlashtiriladi; oyoq uchlari keriladi, qaddi-qomat tik turadi.
Doira va yarim doiracha saflanish uchun tarbiyachi bolalarga qo’l ushlab turishni taklif qiladi. Bunday saflanish asosan kichik guruhlarda foydalaniladi.
Birinchi kichik guruhlarda saflanish va qayta saflanish ham bir-birining orqasidan turib, doira va juft-juft bo’lib turish ham bu yoshdagi bolalarga qiyinlik qiladi. Katta guruhda tashkiliy ravishda harakatlanish ularni charchatadi. Shuning uchun dastlabki vaqtlardasaflanish mashqlami bolalarni 6-8 kishilik kichik-kichik gumhlarga bo’lib o’tkaziladi. Shu yo’l bilan asta-sekin butun guruhga saflanish mashqlariga jalb qilinadi.
Saflanish mashqlarining barchasi tarbiyachining yordamida o’tkaziladi. U har bir bolaga uning boshqa bolalar orasidagi turadigan joyini ko’rsatib beradi. Masalan: “Ma’mur, sen Jamilaning yoniga tur. Oliyaxon, sen ham ular bilan birga
tur!” – deydi va hokazo. Agar bola shundan keyin ham saflanish vaqtida yaxshi mo’ljal ololmasa tarbiyachi uning yoniga kelib qo’lidan ushlab yetaklab, uning joyiga olib borib qo’yadi. Kichik guruhda bolalar kim bilan yonma-yon turishni xohlasalar o’sha bilan tarbiyachining yordamida juft-juft bo’lib saflanadilar. Doira bo’lib saflanish uchun quyidagi usullarni tavsiya etish mumkin. Bolalar dastlab bir qator bo’lib qo’l ushlashib turishadi. Tarbiyachi safda birinchi va ohirgi bolaning qo’lidan ushlab doira ushlaydi. Ikkinchi usul: polga stul yoki qandaydir yaxshi ko’rinadigan buyum (kegli, kubik va boshqalar) qo’yilib, bular doiraning markazini ifoda etadi. Bolalarga mana shu buyumga qarab qo’l ushlashib turish taklif qilinadi. Keyin doirani kengroq olib orqaga qadam tashlanadi. Tarbiyachi hamisha bolalar bilan birga doira safida bo’ladi va bolalar doirani buzmasliklarini kuzatib boradi.Mashg’ulot vaqtida bajarilishi zarur bo’lgan joydan-joyga o’tish mashqlarini bolalar to’da-to’da bo’lib yoki tarbiyachi tomonidan ko’rsatilgan mo’ljal (deraza, qo’nqiroq, skameyka va boshqalar) tomon yurish, yoxud tarbiyachi orqasidan yurib borib bajaradilar.

Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə