1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja


Ilk yoshda uqalash “massaj”va gimnastikaning mohiyati



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə19/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja

2.Ilk yoshda uqalash “massaj”va gimnastikaning mohiyati. Umrning birinchi yili bolaning rivojlanishida alohida o’rin tutadi. Bolaning birinchi yili rivojlanishi tez sur’atlar bilan boradigan davrdir. Uning organizmi juda muloyim, elastik bo’ladi. Muntazam ravishda o’tkazib turiladigan sog’lomlashtirish choralari, gimnastik mashqlar va gimnastikani sust turi-massaj bolaning rivojlanishiga katta ta’sir etadi.
Gimnastika bilan muntazam shug’ullanish ta’sirida bola ancha tik bo’ladi, uyqusi yaxshilanadi, harakat tufayli bolada anchagina yangi shartli reflekslar hosil bo’ladi: ular faolroq, xushyorroq bo’lib boradi, harakatlar uyg’unligi yaxshilanadi, kayfiyati tetik bo’ladi. Jismoniy mashq va massaj butun organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatadi: tayanch harakat apparati mustahkamlanadi, suyaklar yaxshi o’sa boshlaydi, baquvvatlanadi. Muskullarning qisqarish funksiyasi yaxshilanadi. Harakat vaqtida muskullarni oziq moddalar bilan qon va limfalar yaxshiroq ta’minlaydi. Massaj va gimnastika nafasni tartibga soladi, bola bir maromda chuqur nafas oladigan bo’ladi, nafas yo’li muskullari mustahkamlanadi, ko’krak qafasi rivojlanadi, shu bilan o’pkada ventilyatsiya va gaz almashinuvi ancha ortadi. Yurakning birmuncha ritmik qisqarishi qayd qilinadi, yurak bir marta urganda qorinda haydalgan qon miqdori ko’payadi;
periferik qon aylanishi ham tezlashadi, tomirlardagi qon miqdori ko’payadi.
Massaj va jismoniy mashqlar ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Ular ta’sirida bu tizimning motor va sekretor funksiyasi kuchayadi, qabziyat, gaz to’rejaishi barham topadi, oziq moddalarning so’rilishi yaxshilanadi. Bundan tashqari, qorin muskullari, ayniqsa nafas olishda ishtirok etadigan qorin pressi muskullari mustahkamlanadi.
2. Ishqalash. Buning silashdan farqi shuki, bunda qo’l massaj qilinadigan teri ustidan sirpantirib yuritilmaydi, balki terini yig’ib yoki cho’zib ishqalanadi. Massaj harakatlari istalgan yo’nalishda borishi mumkin. Ishqalashni barmoq bolishchasi, butun kaft qirrasi bilan bajarish mumkin. Ohista ishqalanadi. Avval silab, so’ng ishqalanadi, oxiri yana silash bilan yakunlanadi.
3. Uqalash. Muskullarni chuqurroq massaj qilish uchun ishlatiladi. Muskullar bog’lamini suyakdan tortib, barmoqlar orasida qismlandi. Barmoqqa ilinishi qiyin muskullar bosh barmoqlar bilan qismlab cho’ziladi. Bolaning yelka, kuymich va sonidagi muskullar kaftning yuzasi, ichki yoki kaft qirrasi hiyol bukilgan barmoqlar yordamida qisqa, bir maromdagi zarb bilan massaj qilinadi.
4. Kaftning yon tomonlari bilan urish. Massaj mashqlarini chiniqtirish va pishitish maqsadida foydalaniladi, o’ng qo’l va chap qo’l kaftning yon qirralari bilan urilib massaj qilish.
5. Chimchilash. Qo’lning bosh va ko’rsatkich barmoqlari bilan bajarilib muskullarni chimchilash yo’li bilan cho’zish va pishitish maqsadida foydalaniladi.

Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə