Nayza uloqtirish texnikasini o`rgatish



Yüklə 16,01 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü16,01 Kb.
#145428
  1   2   3
Nayza uloqtirish texnikasini o`rgatish-fayllar.org


Nayza uloqtirish texnikasini o`rgatish

NAYZA ULOQTIRISH TEXNIKASINI O`RGATISH
Reja:



  1. Nayzani yugurib kelib uloqtirish


  2. Nayza ushlash.


  3. Nayza uloqtirish texnikasi

Nayza uloqtirish yugurib borayotib nayza ko`targan qo`lni orqaga cho`zish va nayza uloqtirishdan iborat.


Musobaqa qoidasiga binoan nayzani istalgan uzoqlikdan yugurib kelib uloqtirish ham yoki bir joyda turub nayzani aylanib uloqtirish ham ruhsat etiladi. Uni faqat uramdan ushlash kerak. Nayzalar metaldan yoki yog`ochdan bulishi mumkin.
Yog`och nayza metal uchlik qilinadi. Ularning ogirlik markazi uramasida buladi. Uloqtirish uzunligi yugurib kelib nayza uloqtirilgan joydagi qiyshiq chiziqli plankaning ichki kirganidan boshlab to nayzaning uchi tushgan joygacha ulchanadi.Uloqtirish uzoqligi nayzaning dastlabki uchib chiqish tezligi va to`g`ri uchishga bog`liqdir. Nayza uloqtirishda yugurib kelish shuning uchun kerakki u ohirgi kuch berish boshlanishigacha uloqtiruvchi harakatining tezligini xosil qilib beradi. Eng yaxshi nayza uloqtiruvchilarning yugurib kelish uzunligi 27-30 metrgacha etadi. Yugurib kelishning dastlabki nayzani uzoqlashtirishning boshlanishig`acha bo`lgan qismi 15-17 metrdan iborat bulib bu masofa 10-12 qadamda bosib o`tiladi.
Nayza ushlash.
Nayza ushlashning asosan ikki usuli bor. Birinchi usulda nayza uramasi o`rta va bosh barmoq bilan mahkam tutamlab ushlanadi. O`rta bormoq nayzani kundalang siqib uramaning keyingi qismiga tiralib turadi. Bosh barmoq yo`z tomoni bilan uramga yoki uning orqasiga mahkam yopishib turadi. Erkin cho`zilgan ko`rsatkich barmoq nayzaning ikkinchi tomonidan kiyaroq ushlab turadi. Nomsiz barmoq va jimjiloq esa uram ustida erkin uncha yopishmagan xolda yotadi.
Nayza bosh va o`rta bormoqdan chiqarib yuboriladi shuning uchun ham bu bormoqlar nayzani maxkam ushlab turishi kerak.
Ikkinchi usulda nayza urami bosh va ko`rsatkich bormoq bilan tutamlab ushlanadi. Oldingi usulda o`rta bormoq nimani bajargan bulsa bu usulda ko`rsatkich barmoq shu ishni qiladi.Qolgan barmoqlar maxkam ushlamagan xolda uramda erkin yotadi. Nayzani birinchi usulda ushlash ayniqsa ilgari boshqa usullardan foydalanmagan kishilar uchun ancha durust bo`ladi. Chunki o`rta bormoq ko`rsatkich barmoqga nisbatan ancha kuchlidir. Buni dinamometrik ulchashlar aniqlab bergan.
Yugurib kelishning dastlabki qismi.
Uloqtiruvchi yugurishdan oldin nayza uloqtiriladigan tomoniga erkin xolatda qarab turadi. Nayza elka ustiga ko`tarib yugurganda uloqtiruvchi qo`li bukilgan bulib nayzani elka buguni ustida tutadi. Tirsak oldinga yunaltirilib panja taxminan qo`loq balandligida buladi. Nayza erkin ushlanadi, shuning uchun ham uning oldingi qismi bir oz qo`yi tushgan yoki gorizontal xolatda buladi.Yugurish borgan sari tezlashib erkin bajariladi. Uloqtiruvchi birinchi qadamdan boshlab gavdasini oldinga tashlaydi keyin dastlabki yugurib kelish qismi davomida uni birmuncha tiklaydi. Eng kuchli nayza uloqtiruvchilarda yugurish tezligi 8 m/s etadi. Nayza uloqtirishga yaqin qolganda yugurish tezligini oshirishga intilmaslik kerak chunki bu xolda muskullar ortiqcha tarang`lashib ketishi mumkin.
Nayza uloqtirishga tayyorlanish uloqtirishga tayyorlanish aynan nayzani orqaga uzoqlashtirishdan boshlanadi. Bu paytda uloqtiruvchi faqat uloqtirishga tayyorlanibgina qolmay oldinga siljish tezligini oshirishga ham harakat qiladi.
Uloqtiruvchi nayzani tula kuch bera olishi va uloqtirishning keyingi fazalarini sekinlashtirmay bajara olishi uchun nayza yugurish maydoning old chegarasidan keraklicha uzoqlashtiriladi.
Nayzani orqaga olib borish chap oyoqni erga qo`yishdan boshlanadi. Chap oyoq qo`yiladigan joyga kontrol belgi qo`yiladi. Uloqtiruvchi shu yerga kelganda nayzani uzoqlashtirib uloqtirishga tayyorlana boshlaydi.
Uzoqlashtirishdan oldin nayza odatda balandroq ko`tariladi, keyin o`ng oyoq qadam tashlashi bilan nayza tutgan ung qo`l sal pasaytirilib orqaga cho`ziladi. Nayza orqaga uzoqlashtirilganda o`ng yelka ham ung tomonga buruladi. Ung oyoq erga tushganda uloqtiruvchining chap elkasi uloqtirish tomonga qarab qoladi tos o`qi esa oldingi xolatni saqlab qoladi. Bu paytda ung qo`l orqaga cho`zilgan nayzaning uchi sal yuqoriga ko`tarilgan gavda orqaga tashlangan bo`ladi.
Ung oyoq yerga tagining tashqi tomoni bilan qo`yiladi. Uloqtiruvchi uloqtirish tomoniga qaraydi.
Chap oyoq qadam quyishi bilan nayza orqaga Yana uzoqrok olib boriladi va o`ng qo`l deyarli to`g`ri xolatga keladi.
Keyingi qadam uloqtirish oldi qadami bulib u shartli qilib chalishtirma qadam deb nomlanadi. Bu qadam o`ng oyoqni oldinga chiqarish bilan bajariladi.
Bu qadam yugurib kelishdan uloqtirishga o`tish jarayoni xisoblanadi. Shuning uchun yugurib kelishda xosil bo`lgan tezlikdan ohirgi kuchlanishda tuliq foydalanish shu jarayonning to`g`ri bajarilishiga bog`liqdir.
Agarda oldingi qadamda chap oyoq erga qo`yilganda ung oyoq chap oyoqga yaqin keltirilgan bulsa chalishtirma qadamda oyoqlar elka kamaridan ancha oldinga o`tib ketadi. O`ng oyoqni oldinga chiqarilishining oxirida gavda anchagina orqaga tashlanadi.
Uloqtiruvchi chap elkasi bilan olga siljiyotgan payitda uning chap qo`l elka kamarining o`ngga burulishidan tezroq oldinga o`tib kukrak oldida bukiladi. Nayza ushlagan ung qo`l erkin tugirlanib uloqtirishga tayyorlanadi.
Bukilgan ung oyoq tezda chap oyoq oldidan chalishib o`tadi va erga tagining tashqi qismi bilan elastik qo`yiladi.
Ohirgi kuch berish va tuxtalish. Nayza uloqtirishda ohirgi kuch berish uloqtirishning boshqa turlariga nisbatan tezroq bajariladi. Bunga yugurib kelishning ancha katta tezligi va nayzaning yengilligi yordam beradi.Yugurib kelishning davomi xisoblangan ohirgi kuch berish nayzani mumkin qadar tezroq uloqtirib yuborish bilan yakunlanadi.
Uloqtiruvchi o`ng oyog`ini yerga qo`yayotganida gavdani optimal darajada orqaga uloqtirish yonalishiga qarshi tomonga tashlashi kerak.
Uloqtirish qadamida uloqtiruvchi chap yelka bilan olga siljib chap oyoqni oldinga chiqaradi

Yüklə 16,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə