1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə1/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja



1- MAVZU: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport
Reja:
1. Qadimda jismoniy tarbiya tushunchalari.


1. Qadimda jismoniy tarbiya tushunchalari.
Har bir narsa yoki hodisaning rivojlanish tarixi bo’lganiday O’zbekistonda ham sport va jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos rivojlanish tarixi bor, va biz albatta bu rivojlanish tarixiga nazar solmasdan ilojimiz yo’q. Chunki ma‘naviyati bor inson o’z tarixini bilishi kerak. Allomalarimiz jismoniy tarbiyaga oid bilimlar nazariy asini yaratishgan. Shundan ko’rinib turibdiki, jismoniy tarbiyaga inson organizmining to’g’ri va sog’lom shakllanishiga o’sha tarixiy davrlarda ham e’tibor kuchli bo’lgan. Undan tashqari shu kungacha mavjud bo’lgan milliy sport o’yinlarimiz, jumladan uloq, kurash va milliy urfga kir qilichbozlik, nayzabozlik, chavandozliklar ham bunga aniq misollar bo’lib xizmat qiladi. Ular nafaqat jismoniy, balki aqliy va ahloqiy tarbiya berish vositasi bo’lib xizmat qilgan. Hozirgi kunda esa bu turdagi o’yin va musobaqalar millatimizning qadimiy an’analariga aylanib qolmoqda. Jismoniy tarbiya jismoniy mehnat jarayonida vujudga keladi, ya’ni mehnat bilan birga amalga oshadi. Ibtidoiy jamiyatda uning hamma a’zolari qaysi yoshda bo’lishdan qat’iy nazar, mehnat qilishlari shart edi. Bolalar va o’smirlar kattalarning ov qilish vaqtidagi faoliyatlarini kuzatib borib, o’z tajribalarini oshirib borar edilar.Jismoniy tarbiya gohida o’yinlar, gohida maxsus mashqlar sifatida amalga oshirilar edi. U hamma uchun bir xilda teng olib borilar, bunda tarbiya masalalarini katta yoshdagilar o’z zimmasiga olgan edilar. Bu davrda jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga urf-odatlar o’yinlar, raqslar tarbiyaga katta ta’sir etgan edi. Ibtidoiy tuzumning tugallanishi arafasida ibtidoiy tuzum o’rniga sinfiy jamiyat (quldorlik) vujudga keldi. Bu esa shaxsiy mulkchilikning rivojlanisiga yo`l ochib berdi. Jamiyatda o`zaro urush, yerlanbi bosib olish va u yerda yashovchi aholini qullarga aylantirish kuchayib ketdi. Bu esa dastlabki armiyaning shakllanishiga sharoit yaratib berdi. Armiyaning vujudga kelishi harbiy-jismoniy tayyorgarlikka bo`lgan talabning oshishi, armiyada jismoniy madaniyatning tubdan o’zgarishiga olib keldi. Qadimgi Yunonistondagi Fales, Pitak, Solen, Biant, Xilen, Ikki daryo oralig`ida joylashgan mamlakatlardan Abu Muslim, Muqanna, To’maris, Spitamen, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi va uning bahodir safdoshlari aqliy, jismoniy, ahloqiy jihatdan yetuk barkamol insonlar edilar. Ular mohir jangchi, kurashchi, chavandoz, qilichboz, nayza otish san’atini mukammal egallagan davlat arboblari bo’lib yetishganlar. Jismoniy tarbiya feodalizm va kapitalizm tizimlarida ham rivojlanib, shakllanib bordi. Bolalarni yoshlik davridan boshlab sportga jalb etish, sport jamiyatlari tuzish, turli xil sport o`yinlari musobaqalar tashkil etila boshladi. O’zbekistonda ham sport va jismoniy tarbiyaning rivojlanishi o’ziga xos xususiyatlarga ega.

Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə