1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə22/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja

I.Tashkiliy qism: dumalab ketayotgan koptokka 20 - 30 sekund ergashib
yurish.
II.Asosiy qism:
1 h-t: “Daraxtlar silkinmoqda “
D- h: qo’llar yuqori ko’tarilgan, oyoqlar yelka kengligida
B: gavdani yon tomonlarga egish
2h-t: “Olmalarni teramiz va savatchaga joylaymiz”
D-h: oyoqlar birlashtirilgan, qo'llar yuqori ko’tarilgan.
B: oyoqlar uchida ko’tarilib so’ngra cho’kkalab , qo’lni polga tekkiziladi. (3 - 4marta)
h-t: “Paravoz qichqirmoqda ‘
D-h:yurib turib bajariladi, qo ilar tirsakdan bukiladi
B: bola chuqur nafas chiqarib "Tu - u-u-u” deydi ( 15- 20 sekund)
h -t:"quyonchalar sakraydi "
D-h: oyoqlar juft, qo’llar ko’krak yonida B: bir joyda turib ikki oyoqlab sakrash
III Yakunlash: sekin yurish.
3 yoshli bolalar bilan o’tkziladigan ertalabki badantarbiya , jismoniy tarbiya mashg’ulotlari chiniqtirish tadbirlar, sistemalilik va izchillik prinsipi asosida o’tkazilsagina samarali ta'sir ko’rsatadi.
3.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablari asosida ilk yoshli bolalarni jismoniy rivojlanishlarini tahlil qilish

8 - MAVZU: Saflanish va qayta saflanish mashqlari


Reja:
1.Saflansh mashqlarini ahamiyati va turlari
2.Saflanish mashqlarini o’rgatish uslubi
3. O’quv dasturi asosida saflanish mashqlarini guruhlarda bo’yicha tahlili
1.Saflansh mashqlarini ahamiyati va turlari
Saflanish va qayta saflanish mashqlariga turli saflanishlar, qayta saflanishlar, tuzilishlar, saf tortib turishlar, burilishlar kiradi. Bu mashqlar mashg’ulotlar jarayonida bolalarni oqilona va tashkiliy ravishda joylashtirish va yurg’izish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, ular intizomlilikni, birgalikda kelishib harakat qilishni, tarbiyachining ko’rsatmalarini bajara bilish maqoratini tarbiyalash vositasi bo’lib, “qator”, “kolonna” “doira”, “ilon izi”, “diogonal”, “bo’lim” (zveno) va boshqa tushunchalarini o’zlashtirishga yordam beradi. Safda turib bajariladigan mashqlar tik, to’g’ri qaddi-qomatning yengil va chiroyli yura bilishni shakllantirishga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan eng oddiy saflanish mashqlari o’tkaziladi.
Saflanish mashqlari turi:
Bir, ikki, bir necha doira shaklda saflanish;
Yarim doira shaklida;
Ketma-ket bo’lib saflanish;
Bir qator bo’lib turish;
Ketma-ketlikda ikkita, uchta bo’lib turish;
Dioganal bo’lib saflanish;
Shaxmat uslubida saflanishlar kiradi.
Qayta saflanishlarga:
Bir doiradan bir necha doira hosil qilish;
Bir ketma-ketlikdan 2-3-4 ketma-ket hosil qilish;
Tarqalib tuzilish (bironta buyumlar yonida turish)lar kiradi.
Burilishlarga:
Yarim burilish ( 180°);
To’liq burilish ( 360° );
Chap va o’nga burilishlar;
O’yinchoqlar yoki turli buyumlar tomoniga burilish;
Orqaga burilishlar kiradi.
Saflanishlar - Sherenga bu shunday saflanish turiki, unda bolalar yonma-yon turishadi. Ular o’rtasidagi oralig’i bir qo’l kafti. Sherengada turgan bolalar to’g’ri turib, to’g’ri dastlabki holatda bo’lishadi (oyoqlari kichik ariqcha, qaddi-qomat to’g’ri).

Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə