Elektron tijorat rivojlangan sayin insonlarning "uzoqlardan-masofadan turib " elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda pulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q



Yüklə 62,63 Kb.
səhifə1/10
tarix27.12.2023
ölçüsü62,63 Kb.
#162820
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10.Kriptovalyutakar bozoridagi elektron tijorat


2.5.Kriptovalyutalar bozoridagi elektron tijorat.
Reja:
2.5.1. Kriptovalyutaning mohiyati, paydo bo‘lish zaruriyati, xususiyatlari, elektron tijoratda qo‘llanilishi.
2.5.2.Kriptovalyutalar elektron tijoratining rivojlanishi.
2.5.3.Kriptovalyutalar elektron tijoratida to‘lov tizimlari.
2.5.4.Elektron tijoratda blokchyen texnologiyalari va smart kontraktlar. 2.5.5.Elektron tijoratda qo‘llaniladigan kriptovalyutalar tavsifi.


Kriptovalyutalar elektron tijoratining rivojlanishi

Elektron tijorat rivojlangan sayin insonlarning “uzoqlardan-masofadan turib ” elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda pulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q. Shuning uchun ham pullarni bir insondan ikkinchisiga masofadan turib o’tkazish jarayonida o’ziga hos vositachilarga, ya’ni , elektron to’lov tizimlari, bank yoki kur’yerlarga murojaat etish kerak bo’ladi. Har qanday vositachi esa bajarayotgan pul o’tkazmalariga bog’liq bo’lgan operatsiyasi uchun qandaydir to’lov olib qoladi, chunki hech kim tekinga ishlashni istamaydi.


O’tkazilayotgan pul miqdori qancha ko’p bo’lsa, vositachiga bo’lgan to’lovlar tufayli pulni yo’qotish ham shunchalik ko’p bo’ladi, albatta.
Axborot texnologiyalari va elektron savdo rivojlangani sari ko’pchilik odamlar pul o’tkazmalari bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish borasida o’ylanib qolishdi, ya’ni, qanday qilib ushbu harajatlarni kamaytirish va pul o’tkazmalarining foydali ish koeffitsientini iloji boricha yuz foizga oshirgan xolda elektron biznesni yuritish mumkin? Bu borada turli xildagi taklif va mulohazalar juda ko’p edi, lekin ularning barchasi bir qancha sabablarga ko’ra rad etildi. Chunki tovar va hizmatlar oldi -sottilaridagi vositachilarga bo’lgan to’lovlarni olib tashlaganda ham, turli -tuman firibgarlardan qanday himoyalanish ya’ni, pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni
qanday isbotlash mumkin? Bu muammoning yechimi 2009 - yillarda Satoshi Nikamoto deb nomlangan shaxs yoki shahslar guruhi tomonidan murakkab kriptografik matematik hisob-kitoblar natijasida ishlaydigan Yangi elektron to’lov tizimini ommaga taqdim etgandan so’ng topildi. Bunday t o’lovlarni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligining nomi esa bitkoin deb ataldi.
Bitkoin kriptografik elektron pul birliklari maxsus elektron hamyonlarda saqlanib, bunday hamyonlarga pul tushirish va ularni turli xil maqsadlarda
ishlatish mumkin. Biror-bir bitcoin-hamyon hisobidan qancha elektron pul
ketgani yoki unga kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar bir hamyondan
yoki boshqa manzildan ushbu elektron hamyonga qancha bitkoinlar kelganini
barchaga ochiq xolda ko’rsatishni taklif et dilar . Ya’ni, s iz krip tovalyuta
tarmog’iga ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi -sotdisini aniq va ravshan
ko’rishingiz va kuzatishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek, barcha bitkoin
hamyonlar anonimdirlar ( ya’ni, hamyonning egasikim ekanligi aytilmaydi ),
shuning uchun ham Sizning tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan
bo’lsa, Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz. Tizimdagi hisob -kitoblarni
muntazam ravishda amalga oshirib borish kerakligi tufayli, bitcoinlarning
ma’lumotlar bazasi tezkor ishlashi uchun katta quvvatli zamonaviy kompyuterlar kerak bo’ladi. Bunday q uvvatli komp’yuterga ega bo’lish
uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ula sh talab etiladi . Bu kompyuterlar foydalanuvchilar ning komp’yuterlari ham bo’lishi mumkin albatta. Ulardan biri esa istagingizga ko’ra Sizning komp’yuteringiz bo’lishi ham mumkin. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi quvvatini tegishli dasturlardan foydalangan xolda bitcoin tizimini qo’llab -quvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin valyutasining o’zida mukofot beris hadi. Bunday pul topish usuli esa“mayning” deya nom olgan.
Quyida zamonaviy kriptovalyutaning afzallik va kamchiliklar tomonlar ini keltirib, ularga izoh beramiz:
• Chegaralangan. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21 milliontagacha bitcoin topish mumkin, bundan so’ng esa bitkoin yetishtirish to ’xtatiladi. Buning oqibatida nima bo’lishini hech ki m bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo’lmasa, kriptovalyuta muomalada qoladi va vaqti-vaqti bilan o’z kursini o’zgartirib turaveradi.
• To’liq mahfiylik . Bitcoin -hamyonning raqamlari orqali uning egasi kim ekanligini bilib bo’lmaydi, buning oqibatida esa noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka yo’l ochiladi.
• Ta’minlanmaganlik. Kriptovalyuta, real pullarga o’xshab, do imiy rezerv bilan ta’minlanmagan i va bu bilan bog’liq boshqa sabablarga ko’ra, bitcoin kursi kutilmaganda to’liq nolga tushib ketishi ham hech gap emas .
• Rasmiy ravishda ishlamaydi . Bitcoi n moliya tizimiga yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin, shu sababli ko’p davlatlar (shu jumladan, bizning mamlakat ham)kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada bitcoin yetishtirish bilan shug’u llanganlarni javobgarlikka tortish bo’yicha qonun tayyorlashgan, lekin hozircha bu ish to’l iq yo’lga qo’yilmagan. Balki bitcoinlar hech qachon rasmiy ishlamasa ham kerak, chunki uni qonun iylashtirishsa, bitkoin real valyutani ng o’rnini egallashi ham mumkin bo’ladi.
• Unchalik mashxur emas. Hozircha ko’pgina moliyaviy muassasalar, Internet -do’konlar va boshqa servislar bitcoinga ishonishmaydi va kriptovalyuta evaziga maxsulot sotmaydilar. Mashxu rlashishi chegaralangani boyis b itkoin to’liq ishlatilmayapti .
Hozirgi davrdagi eng mashhur kriptovalyutalarning emblemalarini (shartli belg ilari,piktogrammalarini) quyida nazardan kechirishingiz mumkin:
Kriptovalyutalarni mayining qilish uchun foydalanish mumkin bo’lgan eng yaxshi dasturiy ta’minotlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
CGMiner –Ushbu dastur virtual pullarni top ish bo’yicha ishlaydigan
professionallar uchun mo’ljallangan. Ammo uning to’liq quvvat bilan ishlashi
uchun faqatgina katta quvvatli komp’yuterlar talab qilinadi. Foydalanuvchiga
esa MS DOS buyruqlarini yaxshilab o’zlashtirib olish zarur bo’ladi.
Dasturning ijobiy tomonlariga videokarta ishini tezlashtirish funktsiyasi
mavjudligi va buning natijasida xeshlashtirish jarayoni tezlashtirilishini
kiritish mumkin. Bundan tashqari, dasturning optimal ishlash rejimini tanlash
imkoniyati ham uni bo shqa dasturlardan farq qiladi.

Yüklə 62,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə