Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va kamchiliklari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/5
tarix07.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#115925
  1   2   3   4   5
Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va kamchiliklari

Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va kamchiliklari

REJA:

1.Tayanch harakat tizimini ahamiyati.

2.suyaklarning tuzulishiva tarkibi.

3.Muskullarning tuzulishi uning yosh xususiyatlari.

Odam skeletining funksiyasi — ko‘p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayanch va himoya funksiyasini bajaradi. Skeletning tayanch funksiyasi tufayli unga barcha skelet muskullari birikib turadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish funksiyasini ham o‘taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagining miya qutisi ichida, orqa miya umurtqa pog‘onasining kanalida; o‘pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko‘krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta’siridan himoyalangan. Suyaklarning ko‘mik qismida qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuzlar deposi (to‘planadigan joy) bo‘lib xizmat qiladi. Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo‘lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir.

Tuzilishiga ko‘ra, suyaklar naysimon, yassi, g‘ovak va g‘alvir- simon bo‘ladi. Naysimon suyaklar, o‘z navbatida, ikki xil bo‘ladi. Uzun nay- simon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo‘l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari). G‘ovak suyaklar ham ikki xil: uzun g‘ovak (qovurg‘a, to‘sh, o‘mrov), kalta g‘ovak (umurtqa, kaftusti suyaklari) bo‘ladi. Yassi suyaklar — bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklaridir.

  • G‘alvirsimon suyaklar — yuqorigi jag‘, peshana, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g‘alvirsimon suyaklar.
  • Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir necha qismga bo‘lib o‘rganiladi: bosh, gavda, qo‘l va oyoq suyaklari.
  • Bosh suyagi 23 ta suyakning birikishidan tashkil topgan bo‘lib, ikki qismdan iborat: miya qutisi va yuz suyaklari.
  • Bosh suyagi:
  • 1peshana suyagi; 2— tepa suyagi; 3— ensa suyagi; 4chakka suyagi; 5— pastki jag‘ suyagi; 6— yuqori jag‘ suyagi; 7— yonoq suyagi; 8— ko‘z yoshi suyagi; 9—burun suyagi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə