1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə15/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja

Dasturning vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog’lig’ini muhofaza qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kepajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:

  • maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;

  • maktabgacha ta’limning demokratikligi;

  • bola shaxsiga yo’naltirilganligi;

  • bolalarni sog’lomlashtirishga qaratilganligi;

  • bolalarning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;

  • maktabgacha ta’limda o’yin faoliyatining etakchiligi;

  • maktabgacha ta’limning insonparvarligi;

  • maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;

  • maktabgacha ta’limning oila va boshlang’ich ta’lim bilan uzviyligi.

Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni, atrof-olam to’g’risidagi bilimga ega bo’lish va uni anglash yo’nalishlariga mos tarzda umumiy rivojlanishini taminlaydi.
Ushbu dasturda bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’linadi:

  • go’daklik (1 yoshgacha);

  • ilk yosh (1-2 yosh);

  • ilk yosh (2-3 yosh);

  • kichik yosh (3-4 yosh);

  • o’rta yosh (4-5 yosh);

  • katta yosh (5-6 yosh);

  • maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh).

Mazmun jihatdan dastur tarkibiga:

  • bolalarni jismoniy rivojlantirish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena;

  • bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish;

  • bolalarning nutqi, o’qish va savodga tayyorgarligi;

  • bolalarning bilish jarayoni, atrof-olam to’g’risidagi tasavvurga ega bo’lishi va uni anglashi;

  • bolalarda tasviriy faoliyatni rivojlantirish;

  • bolalarda musiqiy faoliyatni rivojlantirish;

  • bolalarda o’yin faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlarida ta’lim-tarbiya vazifalari keltirib o’tilgan.

Ushbu dastur bolani shaxs sifatida shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimi muassasalari va mutaxassislari hamda oilalar, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalari uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə