1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja


Bolaning rivojlanishiga aloqador sohalari



Yüklə 129,45 Kb.
səhifə16/26
tarix29.03.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#103588
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja

Bolaning rivojlanishiga aloqador sohalari
Bolaning rivojlanishiga aloqador 4 ta asosiy sohalar aniqlangan (B.Bloom,1956);

  • Jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga hizmat va gigiyena

  • Ijtimoiy – hissiy

  • Nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik

  • Bilish jarayoni, atrof-olam to’g’risidagi tassavurga ega bo’lishi va uni anglashi

Bu to’rt soha bolaning me’yorda rivojlanishining ma’lum komponentlari ustida diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi va rivojlanish davomida bola rivojlanishini tasvirlab berish uchun ishlatiladi.
Rivojlanishning har bir sihasini tushunish, bola qobiliyati va tarbiyasini baholashda foydali tushunchalarni beradi.
Bolalarning shahsiy yutuqlari bu sohalarga bog’liq; bola erta yura olishi va kech gapira boshlashi mumkin. Rivojlanishning har bir sohasi bir-birini taqozo etadi.
1. Jismoniy o’sish va tana rivojlanishi.
Jismoniy o’sish bolalik va go’daklikning asosiy masalasidir. Jismoniy o’sish bu shahsiy jarayon bo’lib, unda bola tanasining shakllari va proporstiyasi, qisqa qilib aytganda tana o’lchami shakllanadi. O’sish bu rivojlanish sohalari bilan bog’liq jarayon. Bolaning jismoniy rivojlanish xolati uning umumiy sog’ligi va yaxshi rivojlanishini ko’rsatadi. Bolaning har bir rivojlanish sohasidagi yutug’I uning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Tana rivojlanishi bu bolalning tana a’zolarini ishlata va boshqara olish qobiliyatidir. Tana rivojlanishini o’stirib borish miya faoliyati, sezgi organlari, vazn oshib borishi va muskul tolalarining soniga, sog’lom nerv tizimiga bog’liq.
Bolaning ilk hayoti davomidagi sog’lig’i va yaxshi rivojlanishi o’sish va rivojlanish jarayonining eng muhim omili hisoblanadi. Bola o’sishi va rivojlanishi juda murakkab jarayon, o’sish mahsus jismoniy o’zgarishlar, ya’ni tana og’irligi, bo’y va tana o’lchamlarini talab qiladi. Shunga qaramay shakli o’zgarishlar ko’pni yoki kammi hamma bolalarda bir xil, ammo bir xil, o’zgarishlar o’ziga xos individuallikka ega( Landers, 2002).
Me’yorda jismoniy rivojlanish, sog’liq va salomatlik zaminida faol hayot va sog’lom turmush tarsi yotadi. Faol harakat va jismoniy rivojlanish miya rivojlanishiga turtki bo’ladi. Jismoniy sog’liq kuch, quvvat, biror bir ma’lumotni o’rganishda chidamlilik va tayyorgarlikka asoslanadi.
Tana rivojlanishi til rivojlanishi, aqliy jarayon, ijtimoiy va hissiy qobiliyatlar bilan bog’liq. Tana rivojlanishi yosh bolada o’z tanasida yangi qirralarning ochilishi demakdir. Bolaning o’z maqsadlari va tana a’zolarining oddiydan murakkabga harakatlanishini ko’rsatish uchun vaqt, amaliyot va ko’mak zarur bo’ladi. Yurish, yugurish, sakrash va boshqalardan boshlab murakkabroq mashg’ulotlar: yozish, chizish, qirqish, kiyinish va ovqatlanish qobiliyatlari bilan davom ettirish kerak.
Bolalar go’dakligidan boshlab sog’lom hayot tarsi nima ekanligini o’rganib borishadi. Uxlash, yuvinish, kiyinish va boshqa jismoniy qobiliyatlar tug’ilgandan boshlab rivojlanib, kasalliklardan saqlanishga zamin yaratadi.
Bolalar xavfli vaziyatlardan qochib ketish yo’llarini yoki biror bir falokatdan kasal yoki jabr ko’rib qolmaslik yo’llarini o’rganib borishadi. Bolalar biror narsa kerak bo’lsa kimga, qachon va qanday murojaat etishni, ma’lum qoidalarini hurmat qilishni, xavf – xatarni farqiga borishni bilishlari kerak.

RIVOJLANISH XARAKTERISTIKALARI



Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə