Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   149
Ilgarilanma harakat
– bu, gavda ichidagi ixtiyoriy nuqtalar oralig‗idan olib 
o‗tilgan har qanday bo‗lak, hisoblash jismiga nisbatan o‗zining orientirini 
yo‗qotmaydigan harakat.
Imperativ trenajyorlar
(lotinchadan, imperativus – buyruq tarzidagi) – 
odamning bo‗g‗im harakatlarini boshqaradi.
Inersial harakatlanish
– moddiy jismning to‗g‗ri chiziqli va bir maromdagi 
harakati (yoki inersiya bo‗yicha). 
Inersiya
– moddiy jismni tezlikni o‗zgartirilishiga qarshilik ko‗rsatish 
xususiyati hisoblanadi. Bunday qarshilik faqatgina jismlar ma‘lum bir massaga ega 


331 
bo‗lganliklari uchun mavjud bo‗lib, uni inertlikning miqdoriy me‘yori deb 
hisoblashadi.
Inertlik
– jismni o‗z tezligini boshqa jismlar bilan o‗zaro harakati bo‗lmaganda 
saqlash xususiyati. 
Ishqalanish kuchlari
– bitta jism boshqasiga nisbatan harakatlanganda yuzaga 
keladi: bir-biriga tegadigan jismlarning yuzalarida doimo bo‗ladigan notekisliklar 
bir-birlariga ilashadi va deformatsiyaga uchraydi, sirpanadigan yuzalarning zich 
kontakti paytida molekulalar o‗zaro ta‘sir ko‗rsata boshlaydi. Ishqalanish kuchi 
bir-biriga tegadigan jismlarning yuzalari bo‗ylab, ularning nisbiy harakatlanishi 
tezligining vektoriga qarama-qarshi yo‗nalgan bo‗ladi. 
Ichki kuchlar
– ayrim tizimning qismlari o‗rtasidagi o‗zaro ta‘sir kuchlari 
bo‗lib, odam tanasida, bu – mushak kuchanishlari. 
Yo‘l
– bu, gavdani yoki gavda nuqtasini tanlangan vaqt oralig‗ida bosib o‗tgan 
traektoriyasi bo‗lagining uzunligi. 
Kuchning elkasi
– bu, aylanish o‗qidan toki kuchning ta‘sir chizig‗iga qadar 
bo‗lgan qisqa masofa.
Kinetik moment
– jismga kuch bilan ta‘sir qilishning oqibati.
Kinetik energiya 
– ilgarilanma harakat va aylanma harakat energiyasi.

Kuch sifatlari
– alohida mushak va mushaklar guruhi tomonidan 
rivojlantiriladigan kuch orqali namoyon qilinadi

Kuch
 
– odam mushagining kuchlanishlari hisobiga tashqi qarshiliklarni engishi 
yoki unga qarshilik ko'rsatishidir.
Motorikaning ontogenezi
– odamning harakatlari va harakat imkoniyatlarini 
butun hayoti davomidagi o‗zgarishlari.
Murakkab harakat
– odam gavdasi va uning zvenolari bir vaqtning o‗zida 
ilgarilanma va aylanma harakatlarda ishtirok etishi. 
Mustahkamlik
– unda mushak cho‗ziladigan kuchning kattaligi bilan 
baholanadi



332 
Mushaklarning ishi
– bu, biologik jarayon bo‗lib, unda mushak tolalari gavda 
bo‗g‗inlarini harakatlantirishi bo‗yicha mexanik ishni bajarishi uchun 
faollashtirilishi kerak.

Mushakning quvvati -
rivojlantiradigan kuchni kaltalanish tezligiga ko'paytirishga teng.
Musobaqa faoliyatini tadqiq qilish
– sportchining tayyorgarligini, mashqlarni 
bevosita musobaqaning ekstremal sharoitlarida bajarish texnikasini nazorat qilish 
va baholash.
Mushak birligi 
– bitta harakat birligining skelet mushak tolalari.
 
Muhandislik biomexanikasi
– boshqariladigan robotlarni konstruksiya qilishga 
ustivor yo‗naltirilgan. 
Nazariy biomexanika 
– harakatlarni matematik modellashtirish, harakatlarni 
boshqarish qonuniyatlarini o‗rganish bilan bog‗liq. 
Nisbatan harakatlanishni

kinematika
– harakatni chaqiradigan sabablarga 
e‘tibor qilmasdan gavda harakatini ko‗rib chiqadgan mexanikaning bo‗limi bayon 
qiladi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə