Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   149
 


329 
GLOSSARIY 
 
Adaptiv jismoniy tarbiya biomexanikasi
– nogironlar sportining keng 
masalalarini echish, nogironlar yashaydigan muxitni ratsionallashtirish, ularni 
atrof-muxitga adaptatsiyasi paytida, ularning harakat imkoniyatlarini oshiradigan 
moslamalar va harakat rejimlarini ishlab chiqish bilan bog‗liq.
Aylanma
 
harakat
– bunda, gavda ichidagi nuqtalarning ayrim ko‗pchiligi 
hisoblash jismiga nisbatan harakatsiz bo‗lib qoladi va aylanish o‗qini hosil qiladi. 
Gavdaning barcha qolgan nuqtalari o‗qqa nisbatan konsentrik aylanalar bo‗ylab bir 
xildagi burchak tezlanishi bilan harakatlanadi. 
Aylanish chastotasi
– bu, gerslarda (Gs) o‗lchanadigan birlikka teng bo‗lgan 
vaqt bo‗lagiga joylashadigan to‗liq bosqichlar miqdori.
 
Aloqalar
– harakatlanayotgan jismga boshqa jismlar tomonidan qo‗yiladigan 
chegaralashlar.
Antagonist-mushaklar
– testkari yo‗nalgan ta‘sirga ega: agarda, ulardan biri 
enguvchi ishni bajarsa, unda boshqasi – o‗rnini bo‗shatadigan ishni bajaradi.
Auksotonik 
yoki 
anizotonik 
qisqarish
– bu, mushak kuchanishni 
rivojlantiradigan va kaltalashadigan rejimi; aynan u, odamning harakat amalini 
bajarilishini ta‘minlaydi. 
Biomexanika
(yunonchadan ―bio‖ – hayot va «mexanika» – qurol) ikkita fan – 
biolgiya va mexanika fanlari o‗rtasida yuzaga kelgan. Odam va hayvonlarning 
mexanik harakatlarini bevosita o‗rganishdan tashqari, ushbu fan yurakning 
funksiya qilishini, qonni kapilyarlardagi harakatlarini, jarohatlar mexanizmlarini, 
to‗qimalarning, suyaklarning mustahkamligini va hokazolarni o‗rganadi. 
Sport biomexanikasining predmeti
umuman fan sifatida – bu, tirik tizimlardagi 
mexanik hodisalarni o‗rganish hisoblanadi. 
Biomexanika o‘quv fanining predmeti
– o‗zidan-o‗zi tashkillanadigan 
organizmlarning va avvalam bor, odamning mexanik harakatlari hisoblanadi. 


330 
Biomexanik tavsiflar
– odam harakat faoliyati biomexanikasini miqdoriy 
ifodalash uchun qo‗llaniladigan har xil turdagi ko‗rsatkichlar. 
Biomexanik tizimning to‘liq energiyasi 
– odam gavdasining mexanik tizimi 
elementlarini o‗zaro joylashishiga bog‗liq bo‗lgan potensial energiya, ilgarilanma 
harakatning kinetik energiyasi, aylanma harakatning kinetik energiyasi, tizim 
elementlarining potensial deformatsiyasi, issiqlik energiyasi, almashinuv 
jarayonlari energiyasi yig‗indisi.
 
Bosqichli majmuaviy tadqiq qilish
– sportchi holatini tayyorgarlikning ma‘lum 
bir siklidan keyin baholash.
Gorizontal yassilik
– birinchi ikkitasiga perpendikulyar bo‗lib, odam gavdasini 
yuqorigi va pastki qismlarga ajratadi.
Jismoniy mashqlar biomexanikasi
– aholini jismoniy tarbiya qilishning
konditsion tayyorgarlik va barcha uchun sportning ommaviy shakllarida 
harakatlarni shakllantirishning barcha jihatlari bilan bog‗liq. 
Jismning og‘irlik kuchi 
– gravitatsion o‗zaro harakatning natijasi.
 
Joriy tadqiq qilish
– sportchi holatidagi kundalik joriy o‗zgarishlarni aniqlash.
Izotonik
qisqarish
– unda mushak tolalari doimiy tashqi yuklama ostida 
kaltalanadi, real harakatlarda kam namoyon bo‗ladi.

Izometrik qisqarish
– bu, faollashuv tipi bo‗lib, unda mushak o‗z uzunligini 
o‗zgartirmasdan turib kuchanishni rivojlantiradi, unda mushakning statik 
kuchanishi va odam harakat apparatining statik ishi tuzilgan.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə