Yusupova Z. X


 Sport biomexanikasi ... keskin rivojlana boshladi



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149
15. Sport biomexanikasi ... keskin rivojlana boshladi 
A) XX asrning 80–yillaridan boshlab 
B) XX asrning 70–yillaridan boshlab 
C) XX asrning 60–yillaridan boshlab 
D) XX asrning 40–yillaridan boshlab 
 
Nazorat savollari 
1.
«Sport biomexanika» atamasi qanday paydo bo‘lgan?
2.
«Sport biomexanika» fanini predmeti nima? 
3.
«Sport biomexanika» fanini ob‘ekti deb nimaga aytiladi? 
4.
«Sport biomexanika» fanini maqsadi nima? 
5.
«Sport biomexanika» fani ... tashkil topgan 
6.
Biomexanika metodlari (uslublari) nimalardan iborat? 
7.
Sport biomexanika fanini rivojlanishiga kimlar hissa qo‘shgan? 
8.
Jismoniy tarbiya mashqlaridan kasalliklarni davolashda 
foydalangan shaxs kim? 


28 
9.
«Hayvonlar harakati to‘g‘risida» nomli biomexanikaga tegishli 
birinchi kitobning muallifi kim? 
10.
Sport biomexanikasidan boshqa sport biomexanikasining 
qanday yo‘nalishlari mavjud?
11.
Biomexanika fani rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari qanday? 
12.
Biomexanik tavsiflar qanday sinflarga bo‘linadi?. 


29 
II.BOB. BIOMEXANIKANING ILM-FAN SIFATIDA 
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH TARIXI. 
2.1.Sport biomexanikasini ilm-fan sifatida paydo bo‘lishi 
Sport biomexanikasining tarixi texnika, fizika, biologiya va tibbiyotni tarixi, 
shuningdek jismoniy madaniyat va sport tarixi bilan chambarchas bog‗liq. Bu 
fanlarning ko‗pgina yutuqlari tirik mavjudotlarning harakatlari to‗g‗risidagi 
ta‘limotning rivojlanishini aniqlab berdi. 
Hozirgi zamon biomexanikasini Arximed, Galiley, Nyuton kashf qilgan 
mexanika qonunlarisiz, Pavlov, Sechenov, Anoxin kashf qilgan fiziologiyasiz va 
zamonaviy kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. 
Sport biomexanikasisohasidagi tadqiqotlar biologiya va mexanika bo‗yicha 
tadqiqotlar singari qadimiy tarixga ega. Odamning harakatlari Erdagi har qanday 
jismning harakatini belgilaydigan barcha qonun va qonuniyatlarga – bu, Erning 
tortish kuchi, Nyutonning qonunlari, gidroaeromexanika qonunlari, tebranish va 
to‗lqinlanish hodisalari va hokazolarga bo‗ysinadi. 
Hozirgi zamonaviy tasavvur va tushunchalar bo‗yicha biomexanika sohasiga 
taalluqli tadqiqotlar qadimgi Misrda ham ma‘lum bo‗lgan. Mashhur misr papirusida 
(The Edwin Smith Surgical Papyrus, eramizdan oldingi 1800-yil) harakatlanishdagi 
shikastlanishlarning turli holatlari, jumladan umurtqani dislokatsiyasi sababli paydo 
bo‗ladigan falaj tavsiflanadi, ularning tavsifi ifodalanadi, davolash usullari va 
istiqbolash keltiriladi.
Eramizdan oldingi taxminan 470-399 yillarda yashagan 
Sokrat
toki biz o‗z 
xususiy dunyomizni anglab etmas ekanmiz bizni o‗rab turgan dunyoni anglab eta 
olmaymiz deb o‗rgatgan. Qadimgi yunonlar va rimliklar katta qon aylanish tomirlari 
va yurak klapanlari to‗g‗risida ko‗p narsani bilganlar, yurakning ishlashini eshita 
olganlar 
(masalan, 
YUnon 
shifokori 
Aretey 
eramizdan 
oldingi 
2-
asrda) [BSE.t.2.s.414-415].  Xalsedokli 
Gerofil
 (eramizdan oldingi 3-asr) tomirlar 
orasida arteriya (arteriya, qizil qon tomiri - yurakdan barcha a‘zolarga qon 


30 
tarqatadigan tomir) va venani (vena, ko‗ktomir – qonni yurakka olib keladigan 
tomirlar) farq qilgan.
Zamonaviy tibbiyotning otasi qadimgi YUnon shifokori 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə