Yetakchi xususiyatlari, tur va janrlari



Yüklə 272,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü272,75 Kb.
#138362
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jamoaviylik
– o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi xalq 
tomonidan yaratiladi. Ammo jamoaviylik shaxsiy ijodkorlik 
imkoniyatini inkor qilmaydi, aksincha, uni zaruriy dastlabki 
shart sifatida qamrab oladi. Tabiatda tomchilardan jilg‘alar, 
jilg‘alardan daryolar paydo bo‘lishini ko‘ramiz, biroq 
daryodan bir hovuch yoki bir ariq suvni ajratib, bu falon 
jilg‘aning suvi deyish mumkin bo‘lmaganidek, an’anaviy 
xalq qo‘shig‘i, dostoni yoki ertagidan bir band yoki qismni 
ajratib biror individual ijodkorga nisbat berish qiyin. Ammo 
bu ijodkor, albatta, bo‘lgan. Xalq ijodi namunalari ana 
shunday kollektiv ijod mahsuli bo‘lganligi uchun asarlarning 
bosh qahramoni yoki «men»i ham o‘z xarakteri jihatidan 
yozma va og‘zaki adabiyotda sezilarli farqlanadi. Folklorning 
qahramoni tipik holatga kelgan umumiy «men» ga, tom 
ma’noda xalq ommasiga tengdir.
Xalq turmushining, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning 
takomillasha borishi, inson tafakkurining mifologik 
tafakkurdan mifopoetik va badiiy-estetik tafakkurga o‘tish 
jarayonida alohida ijrochilar – qo‘shiqchilar, ertakchilar, 
baxshilar, qiziqchilar va boshqa ijodkorlar, ijro maktablari, 
ustoz va shogirdlik munosabatlari paydo bo‘ldi. Xalq orasida 
o‘z iqtidori, ijro san’ati bilan ajralib turuvchi: Tilla kampir, 
10


Sulton kampir, Jalmon baxshi, Bo‘ron shoir, Jumanbulbul, 
Jassoq shoir, Xonimjon xalfa, Bibi shoira, Suyav baxshi
Amin shoir, Yo‘ldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Xidir 
shoir, Yo‘ldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi, Mulla 
Xolnazar, Haybat soqi, Qunduz soqi, Ergash Jumanbulbul 
o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan Jonmurod o‘g‘li, Islom 
Nazar o‘g‘li, Nurmon Abdivoy o‘g‘li, Saidmurod Panoh 
o‘g‘li, Abdulla shoir, Umir shoir, Xolyor Abdukarim o‘g‘li, 
Bola baxshi, Rahmatulla Yusuf o‘g‘li, Qodir Rahim o‘g‘li va 
boshqa namoyandalar yetishib chiqdi. Bu xil ijodkorlarning 
iste’dodi, iqtidori, mehnatlari tufayli kollektiv dahosi bilan 
yaratilgan asarlar avloddan avlodga o‘tdi, sayqallandi, yuksak 
badiiy darajaga yetdi, folklorning mumtoz namunalari bizga 
meros bo‘ldi.

Yüklə 272,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə