Dam bu damdir o‘zga damni dam dema,
Qoldim deb Qorajon, sira g‘am yema,
– so‘zlari «Otning
aytayotgan so‘zi» tarzda berilgan edi.
Folklorni tadqiq etish borasida mafkuraviy tazyiq va
chegaralanishlar ta’siri yaqqol sezilib turadi. Shuning uchun
mustaqillik davri folklorshunosligi tamomila bir yangi
folklorshunoslikdir. Bugungi kunda ham faol ijod qilib
kelayotgan T.Mirzayev, O.Safarov, O.Madayev, M.Jo‘rayev,
Sh.Turdimov, J. Eshonqulov kabi folklorshunos olimlarning
izlanishlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaro-
ri bilan «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari»ning 100 jildligi
nashr etish yo‘lga qo‘yildi. Bu loyihaning amalga oshishi,
shubhasiz, mamlakatimiz ma’naviy hayotida ulkan voqea
bo‘ladi.
Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
kitobxonlikka, umuman ma’naviyat masalalariga alohida
e’tibor qaratmoqdalar. Zero, ma’naviyat masalalari hamma
davrda eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelgan. XX asr
boshida ma’rifatparvar jadidchilar til, adabiyot va tarbiya
masalasi o‘z davri uchun muhimligini urg‘ulashgan. Bu bejizga
emas, millatning mavjudligi, erkinligi, ozodligi, taraqqiyoti
uning tilidan, tafakkuri – ma’naviyatidan boshlanadi.
Biz bugun global jamiyatda yashayapmiz. Tilimizga,
madaniyatimizga, o‘zligimizga bo‘layotgan ma’naviy tahdid
ko‘lami ham globaldir.
Biz har qancha ma’naviyat to‘g‘risida qayg‘urmaylik,
jon koyitmaylik, bizni qurshab turgan muhit ommaviy
madaniyat ta’siri ostida ekan, bolalarimiz tili va tafakkuri shu
madaniyat ostida shakllanayotgan ekan bizning qilayotgan
4
barcha urinishlarimiz o‘z samarasini bermaydi. Shu ma’noda
bugungi folklorni o‘rganish masalalari alohida ahamiyat kasb
etadi.
Inson ma’naviyatini yuksaltirishda folklorning o‘rni
haqida gap ketar ekan, aslida bu jarayon bolaning tug‘ilishidan
boshlanadi. Momolarimiz, onalarimiz aytgan allalar,
erkalamalar, aytimlar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertak va
qo‘shiqlar bolaning tili, dunyoqarashining shakllanishiga
xizmat qiladi. Xalq o‘yinlari esa bolaning ham aqlan, ham
jismonan ulg‘ayishi uchun muhim omillardan biridir. Bola
ana shu qadim an’ana va qadriyatlar ichida voyaga yetadi,
biroq bugungi global jamiyatda ulg‘aygani sari go‘yo bu
muhitga begona bo‘la boshlaydi. Bu begonalik, eng avvalo,
har qadamda o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatayotgan ommaviy
madaniyat ta’siridan boshlanadi. Bularning barchasi
ma’naviyat ravnaqiga emas, aksiga xizmat qiladi. Bu
muammolarni bartaraf etish uchun esa, ta’lim jarayonining
barcha bo‘g‘inlarida, maktabgacha ta’limdan to oliy o‘quv
yurtida til o‘qitishda, o‘rganishda folklorga va yana folklorga
qaytib ish ko‘rish lozim bo‘ladi.
Xalqning til boyligi birinchi galda uning folkorida
namoyon bo‘ladi. Biror bir xalqning qanday xalqligini bilish
uchun uning folklorini o‘rganish zarur. Folklorda xalqning
til imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan
bo‘ladi.
Og‘zakilik, variantlilik folklorning o‘ziga xos xususiyati
bo‘lib, u xalq ijodi namunalari bevosita jonli ijro jarayoni
bilan bog‘liq ekanligini namoyon etadi, ya’ni folklor
asarlariga turg‘unlik xos emas, u har galgi ijroda o‘zgaradi,
yangilanadi, bu esa badiiy til imkoniyatlarining yuksak
namoyishi demakdir. Shuning uchun aytish mumkinki, folklor
– shunchaki so‘z san’ati namunasigina emas, balki xalqning
5
til zaxirasi, tushuncha va tafakkur tarzini bor bo‘y basti bilan
o‘zida aks ettirgan, olis o‘tmishdan to bugungi kungacha jonli
holatda xalqning o‘zi bilan birga yashab kelayotgan doimiy
harakatdagi tarixi va madaniyati hamdir.
Folklor asarlarida birinchi navbatda mifologik tafakkurdan
poetik tafakkurga o‘tish jarayoni aks etgan ekan, demak
til tarixini o‘rganishda xalq ijodi namunlariga suyanib ish
ko‘rish lozim bo‘ladi. Tildagi hech bir so‘z o‘z-o‘zidan paydo
bo‘lmaydi, u zarurat tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida
yuzaga keladi va yoki o‘zlashadi. Qachonlardir mifologik
tasavvurni ifodalagan so‘z keyinchalik o‘zining asl ma’nosini
unutib yoki dastlabki ma’no qatlami xiralashib, keyingi ma’no
qatlamini yuzaga keltiradi. Bizdagi mavjud ertak, doston,
qo‘shiq va boshqa janrlar tahlilidan kelib chiqib shuni aytish
mumkinki, folklor asarlarida ko‘proq xalqimizning samoviy
jismlar, o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan bog‘liq
eng qadimgi tasavvurlari o‘z ifodasini topgan. Bu tasavvurlar
tilimizdagi ko‘plab so‘zlarning kirib kelishiga, obrazli badiiy
tafakkur tarzining shakllanishiga zamin yaratgan.
O‘zbek tilidagi «Bo‘ri» so‘zi bugun qaysidir o‘rinda salbiy
ma’nodagi so‘z sifatida, ko‘chma ma’nosida ishlatiladi. Biroq
dostonlarimizda doimiy ravishda keladigan «Chopinganda
bo‘riday» misralari, jonli tildagi «Bo‘rimi, tulki» iborasi
«Bo‘ri» so‘zining yuzaga kelish ildizlari qadimiy, totemistik
tasavvurlar bilan bog‘liq ekanini urg‘ulaydi.
Alloma Hodi Zarifov: «Folklor asarlarining ilmiy va badiiy
qiymati ularning lug‘at boyligi bilan belgilanadi», – degan
edi. Xalq dostonlari o‘zbek tili tarixining serqatlamliligini
va bo‘yoqdorligini o‘zida to‘la mujassam etadi. Shuning
uchun xalq dostonlarning tilini tadqiq etish bir tomondan
til tarixining qadimiy ildizlari haqida kengroq ma’lumot
bersa, ikkinchi tomondan hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilini
6
to‘laqonli o‘rganishda, uni boyitishda asosiy omillardan biri
bo‘lib xizmat qiladi.
Baxshilarimizning xalq tili imkoniyatlaridan unumli
foydalanishi, har galgi ijroda bu badiiy til tovlanishi, uning
yangicha mazmun va mohiyat kasb etishi epik ijodning
o‘ziga xos xususiyatidir. Chunki, xalq og‘zaki ijodi og‘zaki
ijro etilgani uchun emas, balki og‘zaki ijro jarayonida
yuzaga keladigan san’at asari bo‘lgani uchun ham dolzarb
ahamiyat kasb etadi. Bu esa jonli ijro jarayonini, ya’ni epik
ijod tilini bilmasdan turib uning badiiyati haqida so‘z yuritib
bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
O‘zbek tili ijod namunalarida tilimizning dialektologiyasi,
leksikologiyasiga oid juda ko‘p qimmatli so‘z va iboralar
mavjud. Bu so‘z va iboralarni, ayniqsa xalq ijodining gultoji
hisoblangan dostonlarimiz tilini o‘rganish nafaqat o‘zbek
tili, balki umumturkiy til uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Shunday ekan, dostonlarimiz tili nafaqat folklorshunoslarimiz
uchun, balki tilshunoslarimiz, barcha til o‘rganuvchilar uchun
ulkan manba va tadqiqot obyekti bo‘la oladi.
Folklor asarlari leksikasini tadqiq qilar ekanmiz, biz
unda hozirda iste’molda bo‘lgan sheva va arxaik so‘zlar
bilan bir qatorda bugungi kunda qadimiy ma’nosi o‘zgargan
yoki unutilgan so‘zlarni ham ko‘plab uchratamiz. Demak,
adabiy til leksikasining shakllanishi, rivojlanish va o‘zgarish
bosqichlarining xususiyatlarini aniqlashda epik ijod namu-
nalari alohida o‘rin tutadi. Ulardagi qadimiy so‘z va
birikmalarning lug‘atini o‘rganish nafaqat folklorshunoslik,
balki tilshunoslik oldidagi eng dolzarb vazifalardan biridir.
Tilni o‘rgatishda folklor asarlarining janriy xususiyat-
laridan kelib chiqib yondashish talab etiladi. Doston, ertak
kabi yirik epik janrlar til taraqqiyotida qanchalik muhim o‘rin
tutsa, qo‘shiqlar, maqol, matallar kabi eng kichik janrlar ham
birdek qimmatli va ahamiyatlidir.
7
Folklorning yozma adabiyotga ta’siri, umuman so‘z san’ati
haqida gap ketar ekan, folklor ko‘plab san’atlarning ibtidosi
ekanini, badiiy ijod, musiqa, raqs va tasviriy san’at ildizlari
folklor bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tish
joiz. Qaysiki ijodkor folklor an’analari ichida yashagan, uni
o‘ziga singdirgan bo‘lsa, o‘sha ijodkorning asari til jihatdan
ham, badiiylik nuqtai nazaridan ham ancha mukammal
ekanligi kuzatiladi. Zero, milliy ong va tafakkurning shakl-
lanishida badiiy asarning o‘rni beqiyosdir. Yuksak saviyada
ijro etilgan yoxud yozilgan har qanday badiiy asar bu, eng
avvalo, til hodisasidir. Ona tilning eng go‘zal jihatlarini,
nozik tovlanishlarini namoyish eta olgan asargina mukammal
asar hisoblanadi. Har bir tilning o‘ziga xos milliy fazilatlari
va go‘zalliklari bo‘ladi. Ana shu fazilatlar va go‘zalliklarni
faqat yuksak saviyadagi asarlargina namoyish eta oladi.
Bunday asarda til yana bir bor yangilanadi, u yana bir yuksak
pog‘onaga ko‘tariladi. Bunday asar tafakkurni yangilaydi,
tilga mehr uyg‘otadi, tilimizni har xil buzilishlardan asraydi.
Xulosa qilib, aytganda, bugungi yoshlarni komil inson
qilib tarbiyalashda, ma’naviyatini yuksaltirishda ko‘plab
usullar, vositalar, metodlar mavjud. Biroq bu usul va metodlar,
birinchi navbatda, so‘z san’atining ibtidosi sanalgan folklor
namunalariga suyanilgan holda amalga oshirilsa, yanada
samarali va ta’sirchan bo‘ladi.
Xalqimizning milliy taraqqiyotida, ijtimoiy, iqtisodiy va
ma’naviy yuksalishida folklor, umuman badiiy so‘z san’ati
hamisha tayanch nuqta bo‘lib kelgan. Zero, folklor bu
millatning quvvati, tirikligi va buyukligidir.
Bugungi global jamiyatda davlat chegaralari qo‘riqlangani,
muhofaza etilgani kabi millat tili va tafakkuri, estetik didi
ham xuddi shunday asrab avaylanishga, qattiq himoyaga
muhtojdir.
8
|