tur namunalarida voqelik keng ko‘lamli, obyektiv syujetli-
hikoyaviy shakllarda tasvirlansa, lirik turda subyektiv
holda insonning
voqelikdan olgan taassurotlari, ichki his-
hayajonlari aks etadi. Dramada esa personajlarning nutqi va
harakatlari orqali voqelik tasvirlari beriladi. Epik tur – doston,
ertak, afsona, rivoyat, naql, latifa va boshqa janrlardan, lirik
tur – marosim lirikasi, mehnat qo‘shiqlari, tarixiy qo‘shiqlar,
lirik qo‘shiqlar, alla, bolalar qo‘shiqlari, dramatik tur esa
og‘zaki drama, qo‘g‘irchoq o‘yin,
askiya kabi namunalarni
o‘zida qamraydi.
Folklorshunoslikda tur deyilganda voqelikni ifodalash
yo‘li, usuli tushunilsa (epik, lirik, dramatik), janr deganda
badiiy shakl tiplari (doston, ertak, qo‘shiq, maqol...)
tushuniladi. Ammo har bir janr ham ichki xilma-xilliklarga
ega, bu uning mavzu mohiyatidan kelib chiqadi. Masalan,
ertaklarning ichki ko‘rinishlari sifatida hayvonlar haqidagi
ertaklar, sehrli ertaklar, maishiy ertaklar kabi xillari mavjud.
Bir qator mutaxassislar maqol va topishmoqlarni maxsus tur
sifatida tilga olib o‘tishadi.
Folklor janrlarini ijro xususiyatlari va funksiyalariga
ko‘ra ikki yirik guruhga ajratib tasnif etish keng tarqalgan:
1. Marosim folklori janrlari. 2. Marosim bilan bog‘liq
bo‘lmagan folklor janrlari. Folklor
asarlarining kimga
mo‘ljallanganligini hisobga olib ham ayrim guruhlarga bo‘lish
mumkin. Bolalar folklorini alohida olib ajratish shundan kelib
chiqqan.
Folklorshunoslikda gohi-gohida turlar aro qorishiq
holatda uchrovchi namunalarga nisbatan liro-epik qo‘shiq
yoki ertak afsona singari atamalar qo‘llanilsa-da, bu holat
umumiy holat emas.
Xalq badiiy tafakkurining tarixiy taraqqiyot darajasi
folklor namunalarining tadrijida aks etgani kabi u yoki
16
bu janrning yuzaga kelishi, turg‘unlashuvida muhim
o‘rin egallaydi. Insoniyat mifologik tafakkur bosqichidan
mifopoetik, so‘ngra badiiy estetik tafakkur tadrijiga erishdi.
O‘zbek folkloridagi aksariyat janr namunalari aynan badiiy
estetik tafakkur darajasida mumtoz holatga kelganligi bilan
ajralib turadi. Shu sababli ham o‘zbek
mifologiyasi xususida
so‘z ketsa, xalq dostonlari, ertaklari mag‘zida turuvchi
mifologik tasavvurlarni, ularning bu asarlar syujeti, yetakchi
motivlari va obrazlar qatidan ajratib, tiklab qarash lozim
bo‘ladi.
O‘zbek folklori janrlar tarkibi boyligi, xilma-xilligi bilan
alohida ajralib turadi. Bu o‘rinda
dunyoning barcha xalqlari
uchun umumiy bo‘lgan – ertak, maqol, topishmoq kabi janrlar
qatorida askiya, lof kabi faqat o‘zbek xalq ijodiga xos janrlar
mavjudligiga ham alohida e’tibor qaratish lozim.
O‘zbek folklori janrlari xilma-xilligi ijodkorlarning
faoliyati va ularning professionallashuvi bilan ham chambar-
chas bog‘liq. Xususan, doston, ertak, og‘zaki drama,
askiya kabi janrlar ijrosi maxsus tayyorgarlikni, muayyan
ustozdan ta’lim olishni talab etadi. Bu
janrlar ijrosi maxsus
maktablarning paydo bo‘lishini, ularning o‘z an’analari
doirasida shakllanib rivojlanishini ta’minlaydi.
O‘zbek folklori janrlari ijro usullari, ya’ni yakka ijro,
jamoaviy ijro, sozli va sozsiz ijroga ko‘ra ham farqlanadi.
Ertak, afsona va rivoyat aytilsa, doston ham kuylash, ham
ijro etishga mo‘ljallangan. Lapar kuylab
va raqsga tushib ijro
etilsa, og‘zaki drama namunalari so‘z (ba’zan kuylab, kuy
jo‘rligida) va harakat omuxtaligida ko‘rsatishga, namoyish
qilishga mo‘ljallangan. O‘lanlar tarafma-taraf kuylangan.
Latifa va loflar yakka ijro etilgan.
O‘zbek folklorining janrlar tizimi g‘oyaviy-badiiy
prinsiplarining umumiyligi, tarixan taraqqiy etgan o‘zaro
17
mushtarak munosabatga egaligi bilan yaxlit tizimni tashkil
etadi. Ularning barchasida xalq hayoti, uning o‘zligini
namoyon etuvchi xususiyatlar, ruhiyat, orzu-intilishlar
aks etadi. Folklorning barcha janrlari uchun badiiy-
estetik prinsiplar ham umumiy ko‘rinishga kelgan. Sodda
shakl, donishmandlik, badiiy-tasviriy vositalar tizimidagi
umumiylik, ramziylik, shartlilik, qahramonlarning yuksak
axloqiy mezonlar asosida aniq bahoga egaligi, syujet va
kompozitsion qurilishdagi an’anaviylik ustuvor ko‘rinish
oladi.
Xalq bilan birga tug‘ilgan bu
xususiyatlar xalqning tarixi,
madaniyati, turmushi, e’tiqodi va tiliga xos xususiyatlarni,
milliy o‘ziga xoslikni yorqin ifoda etadi.
Dostları ilə paylaş: